DIFFUZIYA USLUBIDAGI LIBOS MADELLARI KOLLIKSIYASINING DIZAYN LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH. Reja: Kirish I-BOB. USLUB HAQIDA TUSHUNCHA 1.1. uslublarning turlari va kelib chiqish
1.2. uslublarning inson hayotidagi o'rni va vazifasi
1.3Diffuziya uslubi turlari va dizayn-loyiha ishlanmasi.
II.BOB ASOSIY QISM 2.1. Diffuziya uslubining turlari va zamonaviylashuvi.
2.2.Diffuziya uslubining takomillashib borishi.
Umumiy xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. uslublarning turlari va kelib chiqish
Uslub” tushuncha bilan “uslublash” tushunchasi chambarchas bog‘liq. Yangi san’at asarlari yaratilganda uslublash badiiy usul sifatida qo‘llanadi, Uslublash - ma’lum uslubning siym osi va formal belgilarini yangi, unga monand emas badiiy kontekstda g‘arazli maqsad bilan qo‘llash. Bu usul timsol bilan erkin foydalanishni, transformatsiya etishni ko‘zda tutadi, asos qilib olingan uslub bilan aloqani uzmasdan. Bu holda ijodiy manba doimo tanish bo‘ladi. Badiiy vosita sifatida uslublash klassitsizmda, neoklassitsizmda va b. qo'llangan.
Zamonaviy dizaynda ommabop iste’molchiga moijallangan mahsulot ishlab chiqarishda bu usul o‘z ahamiyatini saqlab qolgan, ayniqsa, kommersiyachilik dizaynida (“korporativ” dizaynda), Uslublashni quyidagi 3 usulda amalga oshirish mumkin:
- birinchidan buyumni loyihalashda muayyan uslub xossalarini ongli qo'llash (bu ma’noda ko‘pincha “stayling” tushunchasi qo‘llanadi);
- ikkinchidan - madaniy namunani ko'rinarli xossalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyihalayotgan buyumga ko‘chirmoq, ko‘pincha bezakda;
- uchinchidan - tabiiy shakllar yoki muayyan buyumlarga taqlid etib, shartli dekorativ shakl yaratish formal belgilarini yangi, unga monand emas badiiy kontekstda g‘arazli maqsad bilan qo‘llash. Bu usul timsol bilan erkin foydalanishni, transformatsiya etishni ko‘zda tutadi, asos qilib olingan uslub bilan aloqani uzmasdan. Bu holda ijodiy manba doimo tanish bo‘ladi. Badiiy vosita sifatida uslublash klassitsizmda, neoklassitsizmda va b. qo'llangan.