Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilida sifat tarixan maxsus morfologik
ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan. Mutaxassislarning fikricha, sifat dastavval mustaqil so‘z turkumi sifatida mavjud bo‘lmagan, keyinroq ot turkumidan o‘sib chiqqan va rivojlangan. E.V.Sevortyanning ta'kidlashicha, sifatning otdan differensiatsiyalanishi ancha ilgarigi davrlarda boshlangan. V – VIII asrlarga kelib, bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bo‘lgan xilma -xil shakllar hisobiga yuz bergan. Ushbu leksemalarning ba'zilari qadimdayoq kammahsul bo‘lgan, ayrimlari esa o‘z sermahsulligini hozirgi kungacha saqlab qolgan va hatto kengaytirgan. Muayyan shakllar ot va sifat uchun mushtarak hisoblangan, yana boshqa birlari faqat sifatgagina tegishli bo‘lib, keyingi davrlarda taraqqiy etmagan
Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning
otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo‘lib, bu jarayon davom etmoqda. Bundan
hamma sifat otdan ajralib chiqqan, degan fikrga kelmaslik kerak. Chunki sifat mustaqil
kategoriya sifatida shakllanganidan so‘ng bu turkum tarkibida yangidan qo‘shilgan
narsa-predmetdagi belgidan ortiqligini bildiradi va bunda sifat oldidan aŋ, äŋ, anyïğ
kabi so‘zlar qo‘llangan. Bu so‘zlar hozirgi o‘zbek tilidagi juda, hech kabi so‘zlarga
to‘g‘ri keladi: ayïğ ädgu “juda yaxshi”, äŋ ilki “eng birinchi”
SON
Til sistemasida ma'lum guruh so‘zlar borki, ular mavhum son, miqdor, sanoq,
to‘g‘rirog‘i, narsa-predmetning sanash, joylashish, bajarilish tartibini bildiradi. Shuni qayd qilish joizki, turkiy tillarda son sistemasi, har qaysi xalq tilida bo‘lgani kabi birdaniga emas, asta-sekin shakllanib, o‘zgarib kelgan Bunga ko‘hna manbalar tilini tadqiq etish jarayonida amin bo‘lish mumkin. Zero, yozma obidalarda sonlarning bir necha turlari qo‘llanilgan. Bu esa, birinchidan, sonlarni imlo va talaffuz me'yorlarini aniqlash, ikkinchidan, ularning etimologiyasini yoritishda qo‘l keladi.
Qadimgi turkiy tilda “nol” yoq. Sanoq “bir”dan boshlanadi. Inson tugʻilgan
chogʻda bir yosh sanalgan, ona qornidagi davri qoʻshib hisoblangan. Bir yil oʻtgach,
bola ikkiga toʻlgan.VI-X asrlardagi yozma yodgorliklarda songa oid xususiyatlrdan biri, bunda kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin keladi: yäti otuz - 27, bir qirq - 31, bir otuz – 21, säkiz yetmiš – 68, yüz bäš älig – 145, toquz on bäš - 95. Sanashning bu tartibi XI asrgacha amal qilgan, XI asrdan keyin esa hozirgidek qo‘llangan. Qadimgi turkiy manbalarda qayd etilgan sanash tizimi bilan birga, boshqa
sanash usuli ham amal qilgan. Ya’ni katta son oldin, kichik son keyin keladi. Bunda
tarkibli sanoq son qismlari III shaxs egalik shaklidagi artuqï soʻzi yordamida
Bogʻlanadi 21: otuz artuqï tort – 34, qïrq artuqï bäš – 45, bir tümän artuqï yeti biŋ – 17 ming.
Sanoq son. Bu turdagi sonlar morfologik ko‘rsatkichlarga ega emas.Sanoq sonlar konkret miqdorni bildiradi: bir, iki, uč, tört, yigirmi, otuz, yüz, miŋ va h. Shuni ta’kidlash kerakki, dona son ma’nosi ko‘pincha sanoq son bilan ham ifodalangan: Süsi üč biŋ ärmiš “lashkari uch mingta askardan iborat ekan” (To‘n).
Tartib son. Tartib sonlar sanoq son negiziga – nč, –ïnč, inč, -unč, -nti kabi
affikslarni qo‘shish orqali hosil bo‘lgan: ikinč “ikkinchi”, altïnč “oltinchi”, üčünč
Chama sonlar sintaktik usul bilan beriladi, ya’ni quyi tartibdagi birlik son yuqori miqdordagi son bilan keladi: bir iki, iki üč, tört beš.
Hisob soʻzlar: yolï “marta”, bağ “bogʻ”, sürük “suruv”, qata “marta”.
OLMOSH
Olmoshlar semantik va grammatik xususiyatlari bilan boshqa so‘z turkumlaridan farq qiladi. Olmosh ot, sifat, son va ba'zan boshqa so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanib, predmet va unga xos bo‘lgan belgining mavjudligini ko‘rsatadi.
Olmosh predmetlikni yoki uning belgisini doimiy emas, balki muayyan o‘rinlarda ifoda qiladi. Shu jihatdan olmosh mustaqil so‘z turkumi hisoblansa-da, aniq ma'noga ega bo‘lmaydi. Olmoshning asosiy ma'nosi va qaysi so‘z turkumlari o‘rnida ishlatilishi matn ichida oydinlashadi.
Olmoshlar semantik xususityati va vazifasiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi.
1. Kishilik olmoshi. Kishilik olmoshlari qadimgi turkiy tilda quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan: I shaxs birligi – män, bän, II shaxs birligi – sän, III shaxs birligi –ol; I shaxs ko‘plik - biz, bizlär, II shaxs ko‘plik – siz. Bu forma ba’zan II shaxs birlik
ma’nosida qo‘llanib tinglovchiga nisbatan hurmat bildiradi. III shaxs ko‘pligi - olar,
anlar. XII-XIV asrlarda ham, asosan, olar, anlar formalari qo‘llangan. XV asrdan
e’tiboran alar shakli qo‘llanishga kirgan.
2. O‘zlik olmoshi. Qadimgi turkiy tilda öz dan tashqari, käntü (kändü) so‘zi ham ishlatilgan. Öz aslida ot bo‘lib, «nafs» va «jon» ma’nolarida ishlatilgan. O‘zlik olmoshi ma’nosi va grammatik xususiyatlari jihatidan hozirgi turkiy, jumladan, o‘zbek adabiy tilidagi o‘zlik olmoshidan farq qilmaydi.
Öz olmoshi aniqlovchi vazifasida kelib, aniqlanayotgan narsa-predmetning
ma’lum shaxsga qarashliligi, xosligini ta’kidlaydi: Özüm qarï boltïm “ozim qaridim”
(Toʻn).
3. Ko‘rsatish olmoshlari. VI-X asrlarda ko‘proq ol, bu, anta, bol, anï kabi
ko‘rsatish olmoshlari ishlatilgan. Bu olmoshlarning vazifasi turlicha bo‘lgan.
Misollar: …bu sabïmïn ešid! “bu sozimni eshit” (KT). Bu yerdä olurup… “bu yerda oʻtirib” (KT). Anta ko‘rsatish olmoshi oša, ošanda, ošanday, šu kabi olmoshlar o‘rnida qo‘llanilgan.