Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Ulug‘bek observatoriyasi muzeyi .
Ulug‘bek yodgorlik muzeyi 1964 yilda 
tashkil topgan. Ekspozitsiyani bezashda O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz 
Axmarov ishtirok etgan. Mualliflari A.O. Buryakov F., Upfal E.Ya., Davidyan 
Yu.S.-muzeyning yetakchi mutaxassislari. Ekspozitsiya Amir Temurning nabirasi, 
1409-1449 yillarda Mavoraunnaxrning hukmdori, astronomi va davlat arbobi 
Ulug‘bekning hayoti va ilmiy faoliyati bilan tanishtiradi. Ekskursantlar muzey 
eksponatlri bilan tanishib chiqishlari mumkin. 
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt 
beriladi. Savollarga javob beriladi). 


174 
 
10.5-rasm.
Ulug‘bek observatoriyasi.


175 
10.6-rasm.
Ulug‘bek observatoriyasini ko’rsatish tartibi.








176 
10.2.Buxoroviloyatiningtarixiy-arxitekturayodgorliklari 
ekskursiyaob’ektlarisifatida 
 
«Buxoro» so‘zi sanskrit tilida «Ibodatxona», sug‘d tilida «Tangri jamoli» 
ma’nolarni anglatadi. Buxoro «Buyuk Ipak Yo‘li»ning yirik tijorat markazi bo‘lib 
hisoblangan. Buxoro O‘rta asrlarga mansub 140 dan ortiq arxitektura 
yodgorliklariga ega bo‘lgan «muzey-shahardir». Poyi Kalon, Qo‘shmadrasa, 
Minorai Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi kabi ko‘plab yodgorliklar bundan ming 
yillar oldin qurilgan bo‘lib, hozirgi kunda ham mehmonlarni o‘ziga jalb etmoqda. 
Buxoroning mashhurligini al-Buxoriy, Narshaxiy, Rudakiy, Daqiqiy, Abu Ali ibn 
Sino va Bahouddin Naqshband kabi siymolar yanada sharaflashgan.
Islom dunyosida Buxoroning ismiga «Sharif», ya’ni «Muqaddas» 
qo‘shimchasi qo‘shib ishlatilgan.X asrda Buxoro eng yirik ilmiy va madaniy 
markaz bo‘lgan. Mag‘oqi Attori, Namozgoh masjidi, Chashmai Ayub kabilar 
ushbu davrdan yodgor bo‘lib qolgan. Buxoro qorako‘li xalqaro bozorda e’tirof 
etilgan.
Buxoro viloyatiningasosiytarixiy-arxitekturayodgorliklari: 
1.
Ark (XI asr); 
2.
Bolo-Hovuz majmuasi (XVIII asr); 
3.
Ismoil Somoniy maqbarasi (IX asr); 
4.
Chashmai-Ayub (1380 y.); 
5.
Abdullaxon madrasasi (1596 y.); 
6.
Modari-Xon madrasasi (1556 y.); 
7.
Masjidi Baland (XVI asr); 
8.
Gavkushon majmuasi (XVI asr); 
9.
Zayniddin Xoji xonaqosi (1555 y.); 
10.
PoyiKalon majmuasi (XII asr); 
11.
Labi Hovuz majmuasi (XVI asr); 
12.
Ko‘kaldosh madrasasi (1568 y.); 
13.
NodirDevonbegixonaqosi (1622-1623y.); 


177 
14.
Ulug‘bek madrasasi (1417 y.); 
15.
Abdulazizxon madrasasi (1652 y.); 
16.
Bolohovuz masjidi (1712 y.); 
17.
Sayfiddin Boharziy maqbarasi (XIII asr); 
18.
Bayonqulixon maqbarasi (XIV asr); 
19.
Namozgoh masjidi (XII asr); 
20.
Fayzobod xonaqosi (1598 y.); 
21.
Chorminormadrasasi (1807 y.); 
22.
Buxoro Amirining Sitorai Mohi Xosa yozgi saroyi (XIX asr);

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin