Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Ark qal’asi ichki kirish yo‘lagi. 
Hurmatli ekskursantlar! XVI asrda 
Arkning g‘arbiy tomonidan ko‘tarilib boruvchi yo‘l-dalon bo‘ylab harakatlanib 
bormoqdamiz. Bu yerda o‘lkan darvozani ko‘rishimiz mumkin. Avvallari uning 
kirish qismi sharqiy tomonda joylashgan. Darvozaxona peshtoqining ikki qismida 
«guldasta» (burj) va ular oralig‘idagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Dalon 
yo‘lakning chap devorida 12ta, o‘ng devorida 13ta taxmontokchalar qurilgan. Chap 
tomondagi tokchalarning ba’zilarida omborxonaga kiriladigan eshiklar mavjud. 
Dalonning o‘ng tomonidagi o‘rta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga 
Navro‘z bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir otxonasi dalonning yuqori qismida 
joylashgan bo‘lib, unga olib boruvchi yo‘lak ham shu yerda joylashgan.
Jome’ masjidi.
Dalon bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilar ekanmiz, bu yerda XVIII 
asr oxirida g‘arbiy devor burchagida peshayvonli Jome’ masjidini ko‘rishimiz 
mumkin. Masjidning darvozalari, panjaralari, devorlarining ichki tomonidagi 
naqshlar orasiga Qur’on oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girixlar bilan 
bezatilgan. Masjidning sharq tomonida oshxona, orqa tarafida zarbxona joylashgan 
bo‘lib, zarbxonaning shimoliy-sharqida zargarxona, janubida devonbegining 
mahkamasi va amirlik kushbegisiga qarashli binolar joylashgan. Arkdagi 


179 
binolarning aksariyati bir-biriga yaqin qilib loyihalashtirilgan. Jome’ masjididan 
boshlangan tor yo‘lak qushbegi hovlisi orqali Chorsuga tutashgan. Chorsuning 
chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovlida ko‘rinishxona o‘rnashgan. Bu yerda 
amir tashrif buyurgan elchilarni qabul qilgan va amirlarning taxtga o‘tirish 
marosimlari o‘tkazilgan. 1605-yilda hovliga kirayverishda peshtoq bunyod etilgan. 
Hovlining uch tomoni ayvon bilan o‘ralib, oldingi peshayvondagi ikki qator 
naqshli ustunlarning tanasi muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan 
yasalgan taxt shu ayvondagi taxtiravonda turgan. XVIII asrda hovlining janubiy 
tomonida «Raximxon» mehmonxonasi va qorixona qurilgan. Ularning tagida esa 
amir xazina xonasi bo‘lgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin