178
turganingizdek, ko‘hna tepalik Ark qad ko‘tarib turibdi. Ark 20 mertgacha qurilgan
tepalik ustiga barpo etilgan bo‘lib, uning maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Tarixan
ark shaharning markazi, hokim qal’asi hisoblangan. Shahriston Ark o‘rnida
eramizdan avvalgi IV asrlarda ham mavjud bo‘lgan. Yillar davomida bu yerda
sun’iy tepalik paydo bo‘lgan. To‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan ark devorlari turli
davrlarda tosh, pishiq g‘isht, xom g‘ishtva paxsalar bilan mustahkamlangan.
So‘nggi yillarda amir arki qurilishida ko‘p miqdorda yog‘och ishlatilganligi
tufayli, 1920-yilda Frunze boshchiligidagi «Qizil armiya» tomonidan shaharga o‘t
qo‘yilganda vayron bo‘lgan va keyinchalik tarixiy hujjatlar asosida qayta
tiklangan. Ark davlat tashkilotlari, saroy bilan birgalikda amir, uning oila a’zolari
hamda amaldorlari uylaridan iborat bo‘lgan. Arkning ichida salomxona (amirning
yashash joyi), ko‘rinishxona (taxtxona), mirshabxona, otxona, qurol-yaroq ombori,
ustaxona, zarbxona, masjid va boshqa maishiy xonalardan iborat bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: