Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Observatoriyatarixi.
1908-
yildaV.L.Vyatkinarxeologikqazuvishlarigakirishadi,buarxeologikqazuvishlari 
1908, 
1914 
va 
1946-1948-yillardahamolibborilgan. 
Tekshiruvlarda 
observatoriyaning binosi aylana shaklda (radiusi 40 metrdan ortiq bo‘lganligi 
aniqlanadi. 1908-yilda observatoriya asbobining yer osti qismi sekstant (kvadrant) 
topiladi, 1914-yilda uning ustiga g‘ishtli bino qurilib, uning vayron bo‘lishidan 
saqlab qolish chorasi ko‘rildi.Sekstant(kvadrant)dan tashqari katta zal, bir necha 
yo‘laklar, katta bo‘lmagan kabinetlarjoylashgan rasadxona binosi ssilindrik 
shaklda bo‘lib, Boburning ma’lumoticha balandligi 30 metr, binoning devorlari 
sirli koshinlar bilan qoplangan.
Observatoriyahaqidato‘laroqma’lumotlarniXVasrtarixchisiAbdurazzoqSama
rqandiyberadi. U Hirotda yashab, Ulug‘bek hayot paytida Samarqandda bir necha 
marta bo‘lgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, observatoriyaning 
devorlarida osmon jismlari (sfera) gradus, daqiqa, soniyalar bilan tasvirlangan. 
Rasadxona astronomik sxema va xaritalar, dunyo geografiyasining iqlimlar tasviri: 
tog‘lar, cho‘l va dengizlar, to‘qqizsayyoralarning modellari, yulduz
turkumlariningxaritalari, yer sharining tasviri tushirilgan globusi bo‘lgan. 
Observatoriyada aniq vaqtni belgilaydigan soat bo‘lgan. Shuningdek, rasadxonada
qimmatli ilmiy qo‘lyozmalar bo‘lib, ularning taqdiri hozirgacha ma’lum emas. 
Observatoriya qurilishining muddatlari haqida 2 xil ma’lumot bo‘lib, biri 
XIX 
asrning 
«Samariya» tarixiy asariga asoslangan 1424-1428-yillar 
beriladi.Mirzo Ulug‘bek davri tarixchisining ma’lumoticha 1417-1420-yillar 
beriladi. Shu davrda Ulug‘bekning farmoniga binoan Samarqand va Buxoroda 
madrasalar qurilgan. 
Observatoriyaichida.
Samarqanddama’lumbo‘lganastronomlarningilmiyken
gashito‘planib, 
undaUlug‘bekastronomikjadvaltuzishzarurligini,observatoriyaqurilishiishlaribilanb


172 
og‘liqbo‘lganmasalalarniko‘taradi 
(1417-y.) 
vao‘shayilningo‘zidaSamarqanddaastronomikkuzatuvlarboshlaydi. 
Kuzatuvlar 
30yildavometadi, ya’nibarchasayyoralarningquyoshatrofidaaylanishikuzatiladi va 
1447-yildatugatiladi.Bu davrga kelib (1447-y.) «Ziji Ko‘ragoniy» asari 
tugatiladi.Observatoriyadagi kuzatuvlar oddiy ko‘z bilan, ya’ni optik asboblarsiz 
o‘tkazilgan. Teleskop XVIII asrning boshida ixtiro etilgan. 
Observatoriyaning asosiy asbobi sekstantning (kvadrant) radiusi 40 metr, 
yoyning uzunligi 63 metrga yetgan. Bu Sharqdagi ma’lum asboblardan eng yirigi 
bo‘lib, Marog‘adagi (Ozarbayjon) sekstantning radiusi 3 metrga yaqin edi. Beruniy 
o‘lkan radiusli sekstant haqida (15 tirsak) ma’lumot beradi. 
Quruvchilar bundayo‘lkan asbobni joylashtirishning qulay usulini 
qo‘llaganlar. Uningyarmini (45
0
) transheyaga o‘rnatib, zilzilalar kuchli zonada 
uning mustahkamligini ta’minladilar. Sekstant (kvadrant)ikkita parallel joylashgan 
yarim aylanadan iborat bo‘lib, janubdan shimolga to‘g‘irlangan. Sekstant marmar 
bilan ishlangan bo‘lib, unda graduslar belgilangan. Unda yuqoridagi gradus 
raqamlaridan 57
0
, pastroqda 80
0
,undan ham pastda 10
0
saqlanib qolgan. 
Observatoriyao‘rtaasrlardaasbob-uskunasijihatidanhambeqiyosbo‘lgan. Asbob 
astronomiyaning asosiy doimiyliklari-ekvator va ekliptika orasidagi burchakni 
o‘lchash, yillik jarayoni doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa 
fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan.Unda sayyoralar 
va oy harakati tekshirilgan. 
Observatoriyada kichik o‘lchamli asboblar: armilyar sfera, 2,4 va 7 xalqadan 
iborat o‘lchash asboblari, tropik, quyosh va yulduz soatlari, astrolyabiya va 
boshqalar bo‘lgan. Jahon astronomiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan «Ziji 
Ko‘ragoniy» asari shu yerda yaratilgan. Qurilishga zamonasining mashhur
olimlari - astronom, matematik, me’morlar (masalan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin 
Jamshid, Ali Qushchi va boshqalar) jalb qilingan. 
1908-yilda arxeolog V.L.Vyatkin xaroba bo‘lgan observatoriya qoldiqlarini 
tarixiy hujjatlar asosida topdi. Uzoq va sinchiklab tekshirish natijasida binosilindr 


173 
shaklida bo‘lganligi aniqlandi. Uning katta zallari, turli katta-kichik xonalari 
bo‘lgan. 
Mirzo Boburning yozishicha, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi sirti koshin va 
sirli parchinlar bilan bezatilgan. Observatoriyaichiga o‘rnatilgan juda katta asbob 
yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan o‘rganilgan. 
Observatoriyada kutubxona ham bo‘lgan. Ichki devorda osmon tasviri, yulduzlar 
xaritasi, tog‘, dengiz, mamlakatlar belgilangan. Yer shari tasviri ishlangan. Hozirda 
Ulug‘bek observatoriyasidagi katta asbob - sektantning yer ostida saqlangan qismi 
bilan balandligi 11 metr keladi. 
Mirzo Ulug‘bek vafotidan so‘ng rasadxona bir necha o‘n yillar davomida 
faoliyat ko‘rsatgan. Ilmiy ishlarga Muhammad Ali Qushchi va Miram Chalabiy 
rahbarlik qilganlar. 
1964-yilda observatoriya poydevori yonida Ulug‘bek muzeyi ochilgan. 1994-
yil Ulug‘bekning 600 yilligi munosabati bilan rasadxonada katta obodonchilik 
ishlari amalga oshirildi, muzeyning yangi ekspozitsiyalari yaratildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin