166
ediki, unda nomoz o‘qish xavfsiz emas edi. Shuning uchun Tillakori madrasasi va
hovliningg‘arb tarafida masjid qurilishihaqidaqarorqabulqilindi. Tillakori
masjidining qurilishi o‘n yilga yaqinlashganida
Yalangtush Bahodir olamdan
o‘tadi. Boshlangan qurilishning nihoyasiga yetkazish e’tiborsiz qoldi. Masjid
qurilishi oxirigacha yetkazilmasdan, ikkinchi qavat
bilan gumbaz berkitilmay
qoldi. Registonning qolgan ikki madrasasidan bu madrasa yoni old tomoni
yo‘llanmasi, ikki qator peshayvon mavjudligi, burchaklarda minoralar yo‘qligi
bilan ajralib turadi. Minoralar o‘rnini moviy gumbazchalar bilan
yopilgan chiroq
o‘rinli kichik bo‘yli burjlar egallagan. Old tomonida peshayvonlar o‘rnatish uslubi
ikki tomondan yopiqo‘lkan devor va arkli peshtoqlar orasida mavjud binoning
maydon muhitidagi ma’nosini yanada kuchaytiradi.
O‘ng tomonda Shayboniylar dahmasi, keyin esa Chorsu «Toqi
telpakfurushon» ya’ni bosh kiyimlar sotiladigan rastani ko‘rishingiz mumkin.
Hurmatli ekskursantlar keling Tillakori majmuasiga kirsak!
Tillakori majmuasi hovlisi.
Hurmatli ekskursantlar! Tillakori majmuasining
qurilish va bezak uslublari O‘zbekiston me’morchilik
obidalaridagi boy
an’analarning biridir. Tillakori masjid-madrasa qurilishining asosiy sababi
Bibixonim jom’e masjidining xaroba holatiga aylanganligi va shaharda namoz
o‘qish uchun
katta masjid kerakligi sababli, aynan shu masjid-madrasa qurilishi
Samarqand hokimi Bahodir Yalangtush tashabbusi bilan boshlanadi. Noto‘g‘ri
shakldagi to‘rtburchak reja Registon maydoni tarafidan kirish peshtoqi va uchta
eshiklardan iborat. Hujralarhovlining uch tarafida va maydon tomonda joylashgan.
Masjidning boy naqshlarida tilla suvi yuritilgan va katta o‘rta
xonadan iborat
(Tillakori so‘zi
«tilla bilan qoplangan»
degan ma’noga ega) bo‘lib, yana ikkita
yonbosh xonalardan tuzilgan, ularning tepasi ark va g‘isht ustunlaridagi gumbazlar
bilan yopilgan.
Aytib o‘tganimizdek, masjid-madrasa Samarqand hokimi Bahodir Yalangtush
farmoniga binoan quriladi. Ammo, Bahodir Yalangtush vafoti tufayli,
Tillakorining qurilishi oxirigacha yetkazilmaydi. Natijada yillar o‘tgan
sayin
masjid-madrasaning umumiy ko‘rinishida nuqsonlar ko‘payib boradi. Ammo
167
shunga
qaramasdan,
Tillakori
masjid-madrasasi
Registon
maydonining
shakllanishiga bugungi kundagi takrorlanmas ansambl tashkil etilishiga olib keladi.
Hurmatli ekskursantlar! Marhamat endi Tillakori masjid-madrasasining
«Tilla
bilan qoplangan»
deb nom olgan masjidi tomon yo‘l olsak.
Dostları ilə paylaş: