O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Induvidual loyiha
Bajardi:830-20-guruh
Talabasi:Umirov Ulugbek
Tekshirdi: Fayzullayeva Barno.
Aqilli chiroq
Reja:
1.Kirish.
2.Loyiha haqida qisqacha.
3.Qurilmalarni ishlash prinsipi.
4.Xulosa.
O’zbekistondagi energiya tanqisligi haqida ma’lumot berishga harakat qilaman. Energiya tanqisligi O’zbekistonda ko’p yillardan beri yechimini kutayotgan muammo bo’lib, bu muammoning sababi sifatida suv tanqisligi va gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning kamayishi ko’rsatilmoqda ,2021 yilda suv tanqisligi tufayli O’zbekistondagi gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 23 foizga kamaydi1. Bu esa iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, deb ma’lum qildi Energetika vazirligi1. Shuningdek, Qirg’izistondagi yirik “Toqtogul” suv omborida suv sathi “o‘lik chegara”gacha tushishi mumkinligi ma’lum bo’lgan, bu ham O’zbekistonga ham ta’sir qiladi. Energiya tanqisligini bartaraf etish uchun O’zbekiston Rossiya bilan gaz importini oshirishni va AES loyihasini amalga oshirishni nazarda tutmoqda.
Elektr energiya hajmini oshirish uchun nimalar qilish kerak,Elektr energiya hajmini oshirish uchun elektr energetika tizimini modernizatsiya qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish zarur. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yilda “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni chiqargan. Bu farmon asosida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash qoidalarini tasdiqlash, elektr tarmoqlarini yangilash, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, elektr energiyasidan oqilona foydalanishni rag’batlantirish va boshqa ishlar amalga oshirilmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh, shamol, biogaz) ham O’zbekistonda rivojlanayotgan sohalardan biri bo’lib, ularning iste’moli elektr energetikasining ekologik tozaligini va mustaqilligini oshiradi.Bundan tashqari eng ko’p elektr energiya sarf qiladigon qurilmalarni topib bu qurilmalarni modernizatsiya qilishimiz kerak bo’ladi.Aniqlashimiz bo’yicha davlatimiz hududida ko’plab stalbali lampalar joylashga va bu loyihalar o’z navbatida ko’plab energiya hajmini o’z ichiga oladi bu holatda energiyani maksimal tejashimiz uchun biz o’z loyihamizi tavfsiya qilamiz.Bizning loyiha shundan iboratki biz Aqilliy yo’l loyihasini qildik bu loyiha orqali biz ko’p elektr energiyasini tejab qolamiz.
Bizning loyihamizni ishlash prinsipi shundan iboratki bu qurilma tun kirgan vaqtida o’zi yonadi va yorug’likni payqaganida o’zi o’chadi va bu loyihada biz elektr energiya to’plashi uchun quyosh panellaridan foydalanishimiz yaxshi samara beradi bu qayta tiklanadigon elektr energiyasi hisoblanadi.
Bizning qurilmamiz ishlashi uchun kerak bo’ladigon qqurilmalar : elektr lampalar, mantaj uchun kabellar,akumlyator,transistor turi(N2222A),resistor(1K) qrshilikga ega, yorug’likni sezish uchun foto diod,..va hokazolar har bir qurilmani ishlash qrinsipiga to’xtalib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: |