Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Hovlidagi 
haykallar.
E’tiboringizni 
mana 
shu 
yerdagi 
haykalga 
qaratmoqchiman! Ko‘rib turganingizdek, o‘tirgan holatda ko‘rsatilgan Mirzo 
Ulug‘bek hamda uning atrofidagi madrasa mudarrislari, uning zamondoshlari 
to‘planishgan.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt 
beriladi. Savollarga javob beriladi). 
SHERDOR MADRASASI (1619-1636
-
yillar) 
 
Sherdor madrasasi peshtoqi.
Hurmatli ekskursantlar!Qqarshingizda Sherdor 
madrasasi. Sherdor madrasasi 1619-yili Mirzo Ulug‘bek xonaqosining 
vayronalarga aylangan joyida, Bahodir Yalangtush amri bilan boshlanib, 1636-
yilida qurib bitkazildi. Qurilish 17 yil davom etgan. «
Ushbu inshoot me’mor Abdul 
Jabbor san’ati bilan barpo etildi»
degan so‘zlar peshtoqning ichki arkida qora 
ustidan oq harflar bilan yozilgan. 
Me’mor Abdul Jabbor Sherdor madrasasini O‘rta Osiyo me’morchiligiga xos 
uslubda yaratdi. Bu binoning rejasi Ulug‘bek madrasasiga o‘xshash bo‘lib, lekin 
undagi katta darshona va masjid bu binoda mavjud emas. Sherdor madrasasidagi 
naqshdor ohanglar Ulug‘bek madrasasidagidek bo‘lib, boshqa uslubda, ayrim 
joylarida esa yangi mavzuda qo‘llanilgan. 


164 
E’tiboringizni madrasa peshtoqiga qarating! Bosh peshtoqgulobasi 
tillasimon sariqohangda bo‘lib, unda g‘aroyib binafsha rang, qora yo‘l-yo‘l 
yo‘lbarslar, kulrang - ko‘k dog‘li oqkiyiklarni quvib yetishi, yo‘lbarslar ortida esa 
nurli quyosh tasvirlangan. Bu tasvirni ikki xil tarzda ta’riflash mumkin. 
Birinchisiga ko‘ra, qora yo‘l - yo‘l yo‘lbarslar bu Bahodir Yalangtushbiy, oq 
kiyiklar uning dushmanlari, quyosh esa doimo uning yo‘lini ochib berguvchidir. 
Ikkinchi ta’rifga ko‘ra esa, yo‘lbarslar bu - talabalar, oq kiyiklar bu - bilim, quyosh 
esa ularning bu yo‘llarini doimo nurafshon etuvchidir.
Hurmatli ekskursantlar mana shu qabr oldiga yo‘l olsak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin