Masjid ichi. Hurmatli ekskursantlar! Ko‘rib turganingizdek, biz mahobatli
hamda juda ham chiroyli tarzda bezatilgan Tillakori masjididamiz. E’tiboringizni
masjidning ichki bezaklariga qaratmoqchiman. Masjid gumbaziga e’tibor qiling,
ko‘rib turganingizdek, masjidning gumbazi ustma- ust joylashgan ikkita
gumbazdan iborat, Siz hozir ko‘rib turgan gumbaz pastki gumbaz hisoblanib,
e’tibor qiling pastdan gumbazga qaraganda uning sirti dumaloq bo‘lib ko‘rinsada,
aslida gumbazning sirti tekis hisoblanadi. Masjid gumbazining dumaloq bo‘lib
ko‘rinishiga esa bezaklarning markazga qarab kichrayib borishi natijasida
erishilgan. Yon devorlarda ko‘rib turganingizdek yulduzsimon muqarnaslar bilan
bezatilgan bo‘lib, qubba tomoni bezaklari ham o‘z tuzilishi jihatidan bir
kompazitsiyani tashkil etadi. Siz ko‘rib turgan qo‘sh uslubidagi bezak «qubba» deb
nomlanib, Makka va Madina tomoniga qaratilgan. Siz ko‘rib turgan zina esa, juma
namozi kunlari ishlatilgan. Umuman olganda aynan shu joyga 2 kilogrammga
yaqin miqdorda maxsus tilla ishlatilgan.
Masjid ichidagi ko‘rgazma. Hozir esa hurmatli ekskursantlar Tillakori
majmuasidagi
«Registon» maydoniga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi bilan
tanishishingiz mumkin.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt
beriladi. Savollarga javob beriladi).
168
10.3.- rasm. «Registon» maydonining umumiy ko’rinishi.