Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev


Muhammad Qotong‘uning qabri oldida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Muhammad Qotong‘uning qabri oldida.
Sizko‘rib turgan qabr Muhammad 
Qotong‘uning qabrlari hisoblanib, bu insonqassoblik bilan shug‘ullanganlar, 
ma’lumotlarga qaraganda aynan Sherdor madrasasining qurilishida ustalarga 
go‘sht ta’minotiga homiylik qilganlar. Aynan shu ishlari sharafiga vasiyatlariga 
ko‘ra shu joyda ko‘milganlar. Rivoyatlarga ko‘ra bu inson barcha qassoblarning 
piri hisoblanib, mahalliy aholi bu insonning qabrlari oldiga kasalmand uy 
hayvonlarini olib kelib qo‘yishar, uy hayvonlari esa sog‘ayishar ekan. 
E’tiboringizni mana bu archasimon tarzda terilgan g‘ishtli yo‘lakchaga 
qaratmoqchiman. XV asrda aynan shu maydondagi barcha yo‘lakchalar shu 
ko‘rinishda bo‘lgan. Hozir esa siz ko‘rib turgan yo‘lakchaning bir bo‘lagi bizgacha 
XV asrdan yetib kelgan.
Endi esa hurmatli ekskursantlar Sherdor madrasasining ichiga yo‘l olsak! 
Marhamat!
Sherdor madrasasi hovlisi.
Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan Sherdor 
madrasasining ichki qismidamiz. Hovli o‘lchovi katta bo‘lib, sathi 37x37 metrni 
tashkil etadi. Hovlining peshayvonidagi moviy sirsopol naqshlari foniga Sherdor 
madrasasi haqidagi she’r oq harflar bilan yozilgan. Uning tarjimasi quyidagicha: 
«Lashkarboshi, qo‘mondon, odil Yalangto‘sh! Garchi kamon o‘qidek balandlarga 
ko‘tarilgan uning kamoloti bo‘lsa bu durlardan terilgan so‘zdir. U shunday 
madrasa yaratadiki, yer bilan osmon qo‘shilishi birla ularning bo‘ysunish 
timsolidir. Aql burgutining shiddatli va mohir qanotlarining parvozi, uning 


165 
cho‘qqilariga yillar ichra yeta olmas. Uning mamnun minoralar cho‘qqisiga 
g‘aroyib fikrlar arqonida mohir darboz ham asrlar ichra chiqa olmas. 
Peshtoqning kamonsimon arkini me’mor yaratganda, falaklar uni yangi oyga 
o‘xshatib lol qoldirar. Garchi Yalangtush Bahodir uning asoschisi ekan, uning 
asos sanalari Yalangtush Bahodir so‘zlaridan boshlanur». 
Haqiqatanham, 
Yalangtush Bahodir ismidagi harflarni o‘rniga to‘g‘ri keladigan raqamlarni 
qo‘ysak, Sherdor madrasasi asos solingan hijriy 1028, melodiy 1619-yilni 
ko‘ramiz. 
Ulugbek 
madrasasi 
bilan 
taqqoslaganda 
Sherdor 
madrasasining 
hovlisidagig‘arb devorlari sirsopol qoplamalaridagi bezaklarida umuman yangicha 
mavzu qo‘llanilgan. 200 yil davomidagi aynan Samarqand naqshinkor 
bezaklaridagi o‘zgarishlarni farqlash oson. Naqshlarda ochiq sariq rang ko‘p 
ishlatilgan. Ulug‘bek madrasasida ochiq sariq rang deyarli ishlatilmagan. Sherdor 
madrasasining ichki hovlisi katta - katta bo‘laklardan iborat marmar toshlar bilan 
qoplangan. E’tibor qaratgan bo‘lsangiz tashqaridagi shovqin ichkariga ya’ni, 
madrasaga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Ko‘rib turganingizdek, bino panjara 
bilan to‘silgan bo‘lib, o‘sha paytlarda hamma madrasalarda dars davomida hamma 
eshiklar berkitilib, tashqarida shovqin -so‘ron bo‘lib turgan bo‘lsada, ichkarida 
faqat tinchlik muhiti saqlanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt 
beriladi. Savollarga javob beriladi). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin