Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Arkning Chorsu qismi.
Arkning g‘arb tomonidagi hovlilarda mirzalar va 
boshqa xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Yo’lakning o’rta qismida 
salomxona, mehmonxona hamda otxona joylashgan. Janubiy tomonda hammom, 
hammomning sharq tomonida kichkina masjid joylashgan. Arkning sharqiy devori 
bo‘ylab soqchilar kazarmasi, janubiy - sharqiy burchagida dorixona joylashgan. 
Afsuski bizgacha arkning 3/1 qismigina saqlanib qolgan. Ark ichidagi oqova 
suvlar maxsus katta sopol quvurlar orqali tashqariga chiqarilgan. Arkning g‘arbiy 
devoridan boshqa hamma devorlari burchaklaridagi minoralar buzilib ketgan.
Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt 
joylashgan hovli ta’mirlanib, asl holatiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi va bu 
jarayon davom etmoqda. 
 
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt 
beriladi. Savollarga javob beriladi). 


180 
10.7-rasm.
Arkning old ko’rinishi.


181 
10.8-rasm.
Arkni ko’rsatish tartibi.






182 
2-ob’ekt. POYIKALONANSAMBLI 
 
MasjidiKalon.
(forschada «Katta masjid») Hurmatli ekskursantlar! Siz ko’rib 
turgan bu ob’ekt XIV-XV asrlarga oid inshoot bo‘lib,ushbu masjid XII asrda 
mavjud bo‘lgan va keyinchalik vayron bo‘lgan qadimgi imorat qoldiqlari ustiga 
bunyod etilgan. 
Masjid 127x78 metr hajmda bo‘lib, keng hovli atrofini gumbazli bostirma 
ayvon egallagan. Ular 288 ta qubba (gumbazcha) 208 ta ustunga tayangan. 
Masjidning sharq tomonida tashqi o‘lkan peshtoq mahobati bilan ajralib turadi. 
Masjidi Kalonning 7 ta tashqi eshiklari bo‘lib, asosiy sharqiy darvoza oldida va 
ichida keng ayvonlar joylashgan. 
Masjidi Kalon hovlisi to’rida xonaqoh - mansura joylashib, u baland moviy 
gumbazga ega. Ichki gumbaz osti qismigaqolibkori uslubida qator mayda 
ravoqchalar (16 ta) ishlangan. Mehrob bezaklari nafis koshinkorlik namunasi 
bo‘lib, unga usta Bayazid Puroniy nomi va 1514-yil sanasi ko‘rsatilgan. Peshtoq 
oldida kichik ko‘shk XX asrda bunyod etilib, uni bunyod etishda Usta Shirin 
Murodov ishtirok etgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin