Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

MirArabmadrasasi.
Shayx Abdulloh yoki Sayyid Abdulloh nomi bilan 
bog‘liq bo‘lib, u Masjidi Kalon qarshisida joylashgan. XVI asrda Naqshbandiya 
tariqatining ko‘zga ko‘ringan yirik vakillaridan biri hisoblangan Sayyid Abdulloh 
22 yoshida Samarqandga kelgan va Xo‘ja Ahror Valiyga shogird tushgan. U umri 
davomida Turkistonda, Sayramda ikki koriz (yer osti arig‘i) qazdirgan, suv 
chiqartirgan va qal’a bunyod ettirgan. Shofirkon, Vobkent va Gijduvonning ko‘p 
joylarida obodonchilik va xayrli ishlarni amalga oshirgan. Xususan u Buxoro xoni 
Ubaydulloxon in’om etgan mablag‘ hisobiga 1530-yilda madrasa qurishni boshlab 
yuboradi. Ammo, shayx qurilish ishlari nihoyasiga yetmasdan 1536-yilning 
boshida vafot etadi. O‘sha yilning o‘zida Shayx Abdulloh vasiyatiga ko‘ra, uning 
kuyovi Zakariya masjid qurilishini nihoyasiga yetkazadi.
Madrasa peshtoqiga hattot Mirali Fayzobodiy Buxoriy tomonidan quyidagi 
forsiy qit’a bitilgan: 


183 
MirArabfaxriajamonkikard, 
Madrasaioliybasbulajab 
Bulajabonastkitarixiu: 
MadrasasioliyMirArab
Madrasa o‘lkan peshtoq, besh gumbazli miyonsaroy, ikkita darsxona, masjid 
va go‘rxonadan iborat. Go‘rxonada Ubaydulloxonning yog‘ochdan ishlangan 
sag‘anasi, shuningdek, Mir Arab va uning qarindoshlari qabrlari bor.
Rivoyatlarga ko‘ra madrasaning asosi chuqur kovlanib, tog‘ toshlari bilan 
mustahkamlangan. Qor va yomg‘ir suvini qochirish uchun tazaralar ishlangan, ular 
orqali esa suvlar shahar tashqarisiga chiqarilib tashlangan.
Mir Arab madrasasi hozirda ham o‘zining vazifasini bajarib kelmoqda. 
Madrasa diniy o‘quv yurti hisoblanib, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi 
tasarrufida. Madrasa faoliyatiga nazar tashlasak, sho‘rolar davrida madrasaning 
faoliyati to‘xtatiladi. Madrasada ta’lim muddati to‘rt yil bo‘lib, o‘qishga 15 
yoshdan 36 yoshgacha bo‘lgan o‘rta va to‘liqsiz ma’lumotli kishilar qabul qilinadi. 
Bu yerda diniy fanlar bilan bir qatorda, umumta’lim fanlari ham o‘qitilgan. Darslar 
o‘zbek va arab tillarida olib borilib, ingliz, rus hamda fors tillari ham o‘rgatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin