Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti fan: biokimyo va molekulyar biologiya mustaqil ish



Yüklə 474,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.01.2023
ölçüsü474,79 Kb.
#80318
  1   2   3   4


 
 
 
 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI 
 
BIOLOGIYA FAKULTETI 
FAN: BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA 
 
Mustaqil ish 
 
F.I.SH. Egamova Dilshoda Tolibovna 
Guruh: S-BBU-203 
 
 
O’qituvchi: M.M.Abdullayeva 
Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani 
Tel.: +99 890 9020533 
 
 
Toshkent-2020 


Suvning xussusiyatlari va biologik funksiyasi. 
 
Reja: 
 
1.Suv va uning tabaitdagi o’rni. 
2.Suvning fizik-kimyoviy xussusiyatlari. 
3.Suv muommosi. 
4. Xulosa 
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 


1. Suv va uning tabiatdagi o’rni
Suvning Yerdagi hayot uchun ahamiyati beqiyosdir. O’zining uzluksiz 
harakati tufayli suv Yer kurrasida kuzatiladigan barcha tabiiy jarayonlarda ishtirok 
etadi. Akademik V.I.Vernadskiyning ta’biri bilan aytganda suvning geografik 
qobiqdagi ishini miqdor jihatdan Quyosh radiatsiyasi bilan taqqoslasa bo’ladi, sifat 
jihatdan esa uning o’rnini hech narsa bosa olmaydi. 
Inson qadim zamonlardan boshlab suvdan turmush ehtiyojlarini qondirishda 
eng sodda usullarni qo’llab foydalanib kelgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib suv 
maxsus inshoot va qurilmalar yordamida tinitilib, tabiiy yoki sun’iy ravishda 
tozalanib, kerak bo’lgan hollarda zararsizlantirilib ishlatilmoqda. 
Qishloq xo’jaligi va sanoatda suvning o’rnini hech narsa bosa olmaydi. 
Masalan, bug’doydan olinadigan hosilning har bir tonnasi uchun 1500 tonna, 1 t 
sholi uchun 4000 t, 1 t paxta tolasini yetishtirish uchun 10000 tonnagacha suv talab 
etiladi. Sanoatda 1 t g’isht tayyorlash uchun 1­2 t, 1 t ko’mir qazib chiqarish uchun 
3 t, 1 t po’lat yoki qog’oz ishlab chiqarish uchun esa 250-300 t suv zarur bo’ladi. 1 t 
sintetik tola ishlab chiqarish vaqtida esa 4000 t gacha suv talab etiladi. 1 t ip 
gazlama tayyorlash uchun 10 t suv sarflansa, ba’zi bir sintetik tolalardan 1 t gazlama 
tayyorlash uchun 3000 t suv talab etiladi. 
Suv havzalarining eng arzon transport vositasi ekanligi ham hammaga 
ma’lum. Suv transportining xalq xo’jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati beqiyosdir. 
Shu maqsadda dunyodagi ko’p daryolar kanallar orqali bir-biri bilan va dengizlar 
bilan tutashtirilgan. 
Daryolar juda katta energiya manbaidir. Shu sababli ko’pgina daryolarda eng arzon 
elektr energiyasi beruvchi GES lar qurilgan va qurilmoqda. 
Suv ob’ektlarining mudofaa maqsadlari uchun ham ahamiyati kattadir. 
Chunki mamlakatlar chegaralarining ko’p qismi daryolar va dengizlar orqali o’tadi. 
Ularni sergaklik bilan qo’riqlash uchun shu ob’ektlarning gidrografiyasini va suv 
rejimini yaxshi o’rganish talab qilinadi 
Suv keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi 
tufayli qadimdan hayot manbai xisoblanadi. Qadimgi dunyo faylasuflari fikricha, 
suv hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu 
bilan birga suv sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham qaralgan. XVIII asrning 
oxirigacha suvni individual kimyoviy element deb kelindi. 1781-1782 yillarda ingliz 
olimi G. Kavendish suvni ilk bor vodorod va kislorod aralashmasini elektr uchquni 
bilan portlatib sintez qilgan. 1783 yilda francuz olimi A. Lavuazye bu tajribani 
takrorlab, suvning vodorod va kisloroddan tarkib topganligini tasdiqladi. 1772 yilda 
fransuz fizigi Delyuk suvning maksimal zichligi 4°da boʻlishini aniqladi.
Suv- vodorod oksidi bo’lib, H2O — vodorod (11,19%) va kislorod 
(88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. Suv rangsiz, hidsiz suyuqlik. 
Molyar massa 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo 
boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob xavoning shakllanishida suv muhim 
ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv 
qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir. 


Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. 
Gidrosfera — okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, 
tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil 
etadi. Atmosferada suv bugʻ, tuman, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10% 
ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferada gidrosferadagiga yaqin miqdorda, 
yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ suv bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. 
km³) suv bor. Barcha tirik organizmlardagi suv Yer yuzidagi daryolar suvining 
yarmiga teng . Yerdagi hamma suv bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, 
biosferadagi suv bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi .
Tabiiy sharoitda suv tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik 
moddalar boʻladi. Ular miqdori suvning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. 
suvdagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha boʻlsa — chuchuk, 25 g/kg gachasi — 
tuzli, undan yuqorisi — sho’r suv deyiladi. Yogʻin suv, chuchuk, koʻl va daryo 
suvlari kam mineralli boʻladi. Okean suvining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin, dengizniki 
kamroq, chuchuk suvda kimyoviy modda ionlari koʻproq. Suvning mineralligi 
oshgan sari ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi. 
Tabiiy suvda erigan gazlar — azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, 
baʼzan, vodorod sulfid, uglevodlar boʻlishi mumkin. Suvda organik moddalar 
konsentratsiyasi oz — darelarda oʻrtacha 20 mg/l, Yer osti suvida yanada oz, okean 
suvida esa 4 mg/l. 
Vodorodning 2 ta barqaror izotopi (‘H va 2H) va kislorodning 3 ta izotopi 
(16O, O17, 18O) borligi tufayli 9 ta turlicha izotopli suv maʼlum. Yerdagi barcha 
suvda tarkibida vodorodning izotopi — tritiy (3H) boʻlgan 13 — 20 kg "oʻta ogʻir" 
suv bor.
Suv universal erituvchi. Unda gazlar yaxshi eriydi. Suv elektrolit 
boʻlganligidan koʻpgina kislota, asos va tuzlarni eritadi. Suvning oʻzi ham yaxshi 
eruvchan modda. Vodorod bilan kislorod qoʻshilib suv hosil boʻlishida issiqlik 
ajralib chiqadi. 2H2+O2=2H3O reakciyasi 300° temperaturagacha juda sekin boradi. 
550° da portlash yuz beradi. Suv nihoyatda barqaror birikma. Suv molekulalari 
1000°dan yuqori temperaturada nihoyatda oz darajada vodorod va kislorodga 
ajraladi (termik dissotsiatsiya). 2000°da Suvning termik parchalanishi 1,8%ga, 
3092°da 
13%ga, 
5000°da 
100% 
ga 
yetadi. 
Suv 
ultrabinafsha 
nurlar 
(fotodissotsiatsiya) yoki radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. Suv 
radioaktiv parchalanganda H2 va O2 dan tashkari vodorod peroksid hamda bir qator 
erkin radikallar hosil boʻladi. Suv birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, 
kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Suv oʻziga xos gʻayrioddiy (anomal) 
xossalarga ega: sirt tarangligi yuqori, qovushoqligi kichik, suyuqlanish va qaynash 
temperaturasi yuqori, suyuq holatdagi zichligi qattiq holatidagidan katta. Q4°dan 
yuqori temperaturada ham, undan pastda ham S.ning zichligi 1000 kg/m³ dan past 
boʻladi. Bu hodisa suvning zichlik anomaliyasi deb ataladi. Toza suvning 
solishtirma issiqlik sigʻimi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan katta (4,18 J) 
demak, 1 g suvni G isitish uchun boshqa moddalarni isitishga sarflanadigan 
issiqlikka nisbatan koʻproq issiklik talab qilinadi. Bu suvning issiqlik sigʻimi 
anomaliyasi deb ataladi. Toza suvni ehtiyotkorlik bilan astasekin sovitib borilsa, u 
suvdan past trada ham (—33°ga qadar) muzlamasligi mumkin, Bunday "oʻta 


sovigan" suv barqaror boʻlmaydi, uni silkitilsa yoki ichiga biror kristall tashlansa, 
darxol muzlab kiladi. Shuningdek, toza suvni asta sekin "oʻta isitish" (Q27°ga qadar) 
ham mumkinligi aniqlangan. Oʻta isitilgan suv ham barqaror boʻlmaydi, bir oz 
chayqatilsa, bunday suv juda koʻp miqdorda bugʻ hosil qilib qaynaydi. Suv 
molekulasi 2 ta vodorod va 1 ta kislorod atomidan tarkib topib, bogʻlar orasidagi 
burchak 
104,5°. 
Kislorod 
atomi 
atrofidagi 
elektronlarning 
nosimmetrik 
taqsimlanishi natijasida elektron buluti manfiy elektr zaryadining markazi kislorod 
atomining musbat zaryadi markaziga mos kelmaydi. Natijada suv molekulasidagi 
katta elektrik dipol momenti vujudga keladi. Bu esa suvning qutblanish xossasini 
namoyon qiladi. 
Qutblangan suv molekulasi qutblangan moddalarni yaxshi, qutblanmagan 
moddalarni esa oz eritadi. Suvga boʻlgan moyilligiga qarab, funksional guruxlar: 
gidrofil (suvga tortiluvchi), suv bilan yaxshi solvatlanadigan, gidrofob (suv bilan 
yaxshi tasirlashadigan) va difil tuzilishlarga ega boʻladi. 
Suv keng ishlatiladigan modda. Suv kislorod, vodorod, ishqor, nitrat kislota, 
spirt, aldegid, soʻndirilgan ohak va boshqa koʻpgina kimyoviy mahsulotlar ishlab 
chiqarishda ishtirok etadigan kimyoviy reagentdir. Suv bogʻlovchi materiallar uchun 
zarur komponent. Qaynatish, eritish, suyultirish, kristallash uchun texnologik 
komponent sifatida koʻpgina ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladi. Texnikada 
elektr va issiqlik eltuvchi, bugʻ mashinalarida ish jismi, bosim uzatuvchi sifatida 
qoʻllanadi. 
Organizmdagi 
suv 
barcha 
oʻsimliklar, 
tirik 
organizmlar 
va 
mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek
bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi. 
Fotosintez jarayonida suv karbonat angidrid bilan birgalikda organik 
moddalar hosil boʻlishida qatnashadi va shu bilan birga Yerda tirik organizmlar 
hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi. Suv toʻqimalar faoliyatini, oziq moddalar va 
almashinuv mahsulotlari qon, limfa, oʻsimliklar sharbatining singishini, fizik 
termoregulyasiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni taʼminlaydi. 
Organizmlarda juda kup miqdorda suv boʻladi. Odam tanasidagi barcha suyuklik va 
toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65% chamasida suv boʻladi. Odam ochlikka 
bir oydan ortiqroq chidashi mumkin, lekin suvsizlikka bir necha kundan ortiq chiday 
olmaydi. suvda organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anorganik 
moddalar eriydi.Odamning suvga boʻlgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, 
sutkasiga 36 l ni tashkil etadi.Sanitariya va xoʻjalik roʻzgʻor ehtiyojlari uchun kup 
miqdorda suv talab kilinadi. Suv markazlashgan sistemadan yetarli miqdorda 
berilgan takdirdagina yuvindi va chiqindilarni suv kanalizatsiyasi yordamida oqizib 
yuborish mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati suv bilan 
taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi (kishi.boshiga sutkasiga l hisobida). 
Aholining sogʻligʻi va sanitariya yashash sharoitlariga bevosita yoki bilvosita salbiy 
taʼsir etishi xavfining oldini olishda suvdagi kimyoviy moddalarning eng katta 
belgilangan miqdorda boʻlishi, ilmiy asoslangan gigiyena normativlari muhim 
ahamiyatga ega.Aholi isteʼmol qiladigan suv epidemiologik jihatdan xavfsiz boʻlishi 
kerak.Suvda kasallik qoʻzgʻatadigan bakteriyalar va viruslar boʻlmasligi lozim. 




Yüklə 474,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin