Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti fan: biokimyo va molekulyar biologiya mustaqil ish



Yüklə 474,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix23.01.2023
ölçüsü474,79 Kb.
#80318
1   2   3   4
3.Suv muammosi. 
Maʼlumki sayyoramizning 70 % suv bilan qoplangan, bu suvning katta qismi 
butunlay muzlab qolgan yoki isteʼmol uchun yaroqsizdir. Yerdagi chuchuk suvning 
deyarli uchdan ikki qismini Antarktida muzliklari tashkil etadi. Yerdagi koʻllar va 
daryolarda taxminan 85 ming kilometr kub suv oqadi, bu suvlarga u yoki bu 
jihatdan inson taʼsir koʻrsatadi. Ayrim bashoratlarga koʻra, 2025 yilga kelib 52 ta 
mamlakat aholisi chuchuk suv tanqisligi muammosiga duch keladilar. 
Sayyoramizning turli nuqtalarida daryolarni qoʻriqlash faoliyati bilan 
shugʻullanuvchi koʻpgina tashkilotlar mavjud. Yerdagi eng azim daryolar va 
ularning ekologik xolatini koʻrib chiqamiz. Amazonka Amazonkaning maydonini 
AQsh xududi bilan solishtirish mumkin.
Bu xudud turli xil ajoyib biologik turlarga boy. Bu erda sayyoramizdagi 
tropik oʻrmonlarning yarmidan koʻpi (deyarli 60 %) oʻsadi hamda Janubiy va 
Shimoliy Amerika iqlim sharoitlari tartibga solib turishda muhim ahamiyatga ega. 
Amazonkaning uzunligi 6400 kilometr. Oʻzining joylashishiga koʻra, Amazonka 
uzoq vaqt davomida inson taʼsiridan himoyalangan edi, lekin endilikda vaziyat 
oʻzgarmoqda. Braziliya xukumati taxminan 60 ta damba qurishni rejalashtirmoqda. 
Shu kabi loyihalar erli aholi va milliy bogʻlarga salbiy taʼsir etishi mumkin. 
Missisipi Amerikaning eng katta daryosi Missisipi AQshning Minnesota shtatidan 
boshlanadi va 4 ming kilometrga oqib borib Meksika koʻrfaziga quyiladi. Inson 
taʼsiri tufayli u xozirda yordamga muxtoj.
Xar yili Missisipi deltasining 30 kilometri yoʻqolib bormoqda: koʻpgina 
damba, shlyuz, bir necha kilometrlarga choʻzilgan toʻgʻonlar tufayli daryoga avvalgi 
qayirning 10 % kelib tushadi xalos. Missisipini himoya qilish va suv muammosini 
echishda har yili yangi loyihalar ishlab chiquvchi koʻplab tashkilotlar mavjud. 
Dunay Dunay daryosi Gʻarbiy Germaniyadan boshlanib 2800 kilometr masofani 
Avstriya, Mojariston, Xorvatiya, Serbiya, Ruminiya, Ukraina xududlari orqali oqib 
oʻtib Qora daryoga quyiladi. Daryo 19 ta mamlakat xududini kesib oʻtadi va shuning 
uchun dunyodagi eng „koʻp millatli“ daryo hisoblanadi. Dunay 150 yildan ortiq vaqt 
mobaynida insonlar tomonidan ishlatilib kelayotgan rang-barang ekologik va 
biologik tizimga ega. Bugungi kunda Dunayning 80 % botqoq erlari dambalar 
qurish, koʻmib yuborish tufayli yoʻqolib ketgan. Butun jahon yovvoyi tabiat 
federatsiyasi va shunga oʻxshash tashkilotlar mazkur xududlarni qayta tiklash va 
qoʻllab-quvvatlash ustida toʻxtovsiz ish olib bormoqdalar. Mekong Mekong daryosi 
Janubiy-Sharqiy Osiyoning ekologik tizimining muhim qismi hisoblanadi. 
U Xitoydan boshlanib 4900 kilometr masofani Birma, Laos, Tayland, 
Kambodja va Vyetnam xududi orqali bosib oʻtadi. Mekong baliq xoʻjaligi 


riojlanishini taʼminlaydi, dunyodagi bioxilma-xillik darajasi boʻyicha ikkinchi 
oʻrinda turadi, 60 milliondan ortiq inson oziq-ovqat, suv va transport bilan 
taʼminlanadi. Mekong oʻzani boʻylab qurilgan xitoy dambalari ekotizimga salbiy 
taʼsir koʻrsatmoqda. Bunday dambalarning qurilishiga qarshi va daryoning ekologik 
tizimini saqlab qolishga „Mekongni saqlab qolish“ kabi tashkilotlar harakat 
qilmoqdalar. Yanszi Uzunligi boʻyicha dunyoda uchinchi, Xitoyda eng uzun 
hisoblangan daryo Yanszi daryosidir. Uning uzunligi 64000 kilometrdir. Yanszi — 
gidroeletroenergiya manbaidir.
Daryo xududida „Uch dara“ toʻgʻoni joylashgan. Toʻgʻonning qurilishi 1992 
yilda boshlagan boʻlib, 1,2 million odam boshqa xududga koʻchib oʻtishga majbur 
boʻlgan, yuzlab fabrikalar, shaxtalar va chiqindixonalar suv ostida qoldi. Natijada 
daryo ifloslandi va Xitoyning baliqchiligiga tahdid soluvchi koʻpgina koʻchkilar 
sodir boʻldi. 2011 yilga kelibgina Xitoy xukumati mavjud muammoni rasman 
tasdiqladi. Nil Dunyodagi eng uzun daryo Nil daryosi boʻlib, uning uzunligi 6,5 
ming kilometr. Nil shimoliy-sharqiy Afrika boʻylab oqib oʻtib Misr xududidagi 
Oʻrtaer dengiziga quyiladi.
Daryo resurslaridan ekologik jihatdan oqilona foydalanish ustida „Nil 
havzasi“ tashkiloti ish olib boradi. Kongo Kongo daryosida soniyasiga 500 ming 
kub metr suv oqib oʻtadi, bu dunyodagi eng boy daryodir. Daryoning ifloslanishi 
tuproq eroziyasi, shahar chiqindilari, chiqindilar, koʻp xollarda daryo boʻylab 
insonlarning sayohatlari sababdir. Kongo Afrikaning harakatlanish tizimidir. Yaqin 
kelajakda Kongo Demokratik Respublikasida erdagi eng katta gidroelektrostansiya 
qurish rejalashtirilgan.Suv jahondagi eng tanqis va hisobli manbaga aylandi. Hozir 
er yuzidagi har bir kimsa qay yoʻl bilan boʻlsada bu boylikdan tejamkorlik bilan 
foydalanish ustida bosh qotirmoqda, bu hol ayniqsa qishloq xoʻjaligida koʻzga 
tashlanmoqda.
Bunda sugʻorish polietilen plenka tushalgan egatlar boʻylab amalga 
oshiriladi. Paxtani anʼanaviy sugʻorishda joʻyaklar boʻylab ochilgan suvning 25-30 
foizi yuzalab va chuqur singish hamda bugʻlanish natijasida yoʻqotiladi. Bundan 
tashqari sizot suvining erga yaqin boʻlganida bugʻlanish miqdori ortadi va 
tuproqning ildiz rivojlanadigan qismida zaharli tuzlarning yigʻilishi roʻy beradi. Bu 
hol paxtaning normal rivojlanishi va oʻsishiga taʼsir koʻrsatadi. Institut tomonidan 
taklif etilayotgan qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini sugʻorishning yangi uslubi suvni 
tejash va yuqori hosil olishda qoʻl keladi. Paxtaning oʻgʻitlangan egatlarini 
polietilen plenkalar bilan sugʻorish texnologiyasining foydasi boʻyicha tajriba 
institutning Jizzax filialida oʻtkazildi. Ilmiy tekshirish instituti xodimlarining 
taʼkidlashicha, tejamkorlik bilan sugʻorilganda paxta hosilining ortishi yaqqol 


koʻzga tashlangan. Besh yillik tajriba natijasida hosildorlik gektariga 10 sentnerdan 
qoʻshilib gektariga 47 sentnerni tashkil etgan, 27 foizga oshgan. Bunda tagʻin suv 
35 va undan koʻp miqdorda tejalgan.
Oʻtgan yilda resursni tejashning yangi texnologiyasini keng sinovdan 
oʻtkazish Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Andijon va Toshkent kabi viloyatlarida 
amalga oshirildi. Polietilen plenkalar bilan ekranlashtirilgan egatlarda sugʻorish 
texnologiyasini tekshirish natijalari asosida Sirdaryo viloyatidagi sinov maydonida 
hosildorlik 50,2 foizga oshib, sugʻoradigan suv miqdori 52,7 foizga qisqardi, bu 
koʻrsatkich Qashqadaryo viloyatida 20,9x48,5 foiz, Andijon viloyatida 21,9x40 foiz, 
Toshkent viloyatida 19,5x10,8 foizni tashkil qildi. Mutaxassislarning fikriga koʻra 
shu beshta obʼekt boʻylab koʻrsatkichlar umumlashtirilganda hosildorlik 27,5 foizga 
oshgan holda suv 35,6 foizga tejalgan. Shu bilan birga bu texnologiyani qoʻllash bir 
qator qulayliklarni tugʻdiradi. Bu usul yana koʻchat boʻylab bir tekisda namlanishga 
asos yaratadi, qator oralab ishlov berish tadbirlari kamayadi, shunga yarasha 
yoqilgʻi ashyolari tejaladi, namlikning bugʻlanish va bugʻlanishning emissiyasi 
miqdori qisqaradi, oʻsimlikning ozuqlanish tartibi yaxshilanadi, hosilning pishishi 
tezlashadi, sifati koʻtariladi. 
Kelgusida sugʻorishning bu texnologiyasini mamlakat qishloq xoʻjaligida 
keng tadbiq etish rejalashtirilmoqda.Hisob-kitoblar shuni kỹrsatmoqdaki, 2020—
2025 yillarga keliboq, barcha chuchuk suv resurslari inson faoliyati uchun egallab 
boʻlinadi, yaʼni suv ham investitsiya manbaiga aylanishi va sotilishi ehtimoli bor. 
Dunyo miqyosida soʻnggi 100 yilda suv sarflanishi olti marotaba oshgan. Bu 
ketishda 2050 yilga kelib insoniyatga hozirgiga nisbatan ikki barobar koʻproq suv 
zarur bỹladi. Suv esa kamaygandan kamayib boraveradi. Hozirning oʻzida dunyo 
miqyosida 1.1 milliard inson doimiy ravishda suv tanqisligi bilan kurashmoqda. 2 
milliard odam bu muammoga vaqti-vaqti bilan duch kelib turibdi. Bu sayyoramiz 
aholisining yarmi chuchuk suvga zoriqqanligidan dalolat beradi. Har kuni 6000 
nafarga yaqin odam (asosan bolalar) bu muammoning u yoki bu oqibatlari tufayli 
nobud boʻlmoqda. 2030 yilga kelib 500 ml ga yaqin odam suv izlab qitʼadan qitʼaga 
koʻchib yuradi. Bu muammo butun insoniyatni oʻylantirib, 22 mart kuni Butun 
jahon suv kuni deb eʼlon qilingani bejizga emas.
Umuman olganda, dunyo miqyosida ichimlik suvi taʼminoti kelajakda 
qanday boʻlishi boʻyicha mutaxassislar quyidagi ikki taxminni bildirmoqdalar (eng 
qizigʻi, har ikkala taxminda Xitoy bilan Hindiston omili bor. Aynan shu ikki davlat 
aholisi eng koʻp boʻlishi bilan birga, rivojlanish surʼati boʻyicha ham etakchilik 
qilishmoqda). Yirik shaharlardagi qashshoqlik va suv tanqisligi, Afrikadagi 
qurgʻoqchilik. Hozirdanoq dunyodagi aholisi 10 mln. kishidan ortiq 22 megapolisli 


ichimlik suvi tanqisligi va oqava tizimlar etishmasligidan aziyat chekmoqda. Eng 
murakkab vaziyat Xitoyda yuz berayapti. Mamlakatdagi 600 shahardan 550 tasi 
yuqoridagi muammoga ozmi-koʻpmi duch kelgan. Hindistonda ham bu boradagi 
ahvol havas qilgudek emas. Kelajakda suvga boʻlgan talabning oshib borishi, 
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yaʼni oziq-ovqat muammosini keltirib chiqaradi. Bu 
muammo insonlarning yanada kuchli tabaqalanishiga olib keladi. Shundoq ham 
qashshoqlik hukm surayotgani kamlik qilayotgandek, yildan-yilga qurgʻoqchilik avj 
olayotgan Afrika qitʼsidan millionlab muhojirlar Evropa va Osiyoga qarab yoʻl 
olishadi. Bu esa oʻz navbatida ijtimoiy muammolarni, irqiy ziddiyatlarni keltirib 
chiqaradi. Xitoy suvni qayta ishlash borasida etakchilikni qoʻlga oladi.
Shundan 0,5 foizidan insoniyat oʻz manfaati yoʻlida foydalanmoqda. 
Ichimlik suvidan foydalanish darajasi aholi miqdorining koʻpayish darajasi bilan 
bevosita bogʻliq jarayon. Lekin, shu bilan birga, aholining miqdori sarf qilinadigan 
suvning miqdoriga doimo mutanosib boʻlavermaydi. Masalan, rivojlangan Yevropa 
mamlakatlarida aholi miqdorining kamayishi kuzatilayotgan bir paytda, ichimlik 
suvidan foydalanish koeffitsienti doimo yuqorilab boryapti. Bundan 40—50 yillar 
muqaddam Toshkent shahrida suv isteʼmol qilish miqdori qariyb 5 barobar kam 
boʻlib, aholining ehtiyojini toʻla qondira olgan. XX asrning 60-yillari oʻrtalarida 
Toshkent shahrining aholisi 1 mln. atrofida edi. Lekin ishlatiladigan suv miqdori 
yuqorida taʼkidlanganidek, 5 barobar kam sarflanar edi. Hozir esa Toshkentning 
aholisi 3 mln. kishidan ziyod boʻlib, kuniga 2,5 mln. m. kub toza ichimlik suvi 
sarflanayotir. BMT bayonotiga koʻra, har bir kishining toza ichimlik suvga boʻlgan 
kundalik ehtiyojini 50 litr miqdorda belgilash maqsadga muvofiq ekan. BMT bergan 
maʼlumotlarga koʻra, er yuzida 2000 yilda umumiy aholisi 2,1 mlrd. kishini tashkil 
etadigan 61 ta davlatda suv isteʼmoli bu meʼyordan kam boʻlgan. 2050 yilga kelib, 
jahon aholisining 45 foizi (yaʼni, 4,2 mlrd kishi) oʻz aholisini kuniga 50 litr suv 
bilan taʼminlay olmaydigan mamlakatda yashashiga toʻgʻri kelar ekan. Toshkent 
shahrida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojning tobora ortib borish tendensiyasi 
aslida aholi sonining koʻpayishidan emas, balki, birinchidan, kishilarda tozalik va 
ozodalikning, shuningdek, sanoatda toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojning 
kuchayib borishi bilan oʻlchansa, ikkinchidan, toza ichimlik suvidan oqilona 
foydalanish darajasining susayishi natijasida roʻy bermoqda. Agar biz rivojlangan 
mamlakatlardagi yirik shaharlaridagi suv isteʼmolini hisobga oladigan boʻlsak, 
qarama-qarshi manzarani koʻrishimiz mumkin. Masalan, Yaponiya poytaxti 
Tokioda oʻtgan asrning 50-yillarida toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoj har bir 
kishiga bir kunga qariyb 400 litrga toʻgʻri kelgan boʻlsa, bu koʻrsatkichni 2000 yilda 
160 litrga tushira olganlar. Suvdan oqilona foydalanish hayot zaruratidir. Toshkent 
shahri aholisining jon boshiga suv sarfi yildan yilga oshmoqda.


Agar XX asrning oʻrtalarida Toshkent shahri aholisining jon boshiga kuniga 
oʻrtacha 550—600 litr toza ichimlik suv sarflangan boʻlsa, shu bugungi kunda bu 
koʻrsatkich 1136 litrga koʻtariladi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, 
mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot darajasi toza ichimlik suviga boʻlgan 
ehtiyojni belgilab beruvchi omilga aylanadi, yani mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy 
rivojlanish darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, suvdan oqilona foydalanish usullari 
darajasi ham yuksaladi. Suvdan foydalanishning ilgʻor texnologiyalari ishlab 
chiqiladi va uni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari ham ochila boradi. Toza ichimlik 
suvidan foydalanish madaniyatining susayishi sanoat ishlab chiqarish taraqqiyotiga 
ham toʻsiq boʻlib qolmoqda, shu bilan birga, dehqonchilik madaniyati vujudga 
kelgan davrdan boshlab, ekin ekilgan hosildor erlarning ham yaroqsiz holga 
kelishiga sabab boʻlmoqda. Ayniqsa, bu achinarli holat Orol boʻyi mintaqasida 
oʻzining salbiy natijasini koʻrsatmoqda. Chuchuk suvning etishmasligi oqibatida bir 
necha oʻn ming gektarlab er maydonlari shoʻrlangan, ekin maydonlarining ancha 
qismi zaharli kimyoviy moddalarga toʻyinishi oqibatida hosildorlik bir necha 
barobarga kamayib ketgan. Toza ichimlik suvidan, ayniqsa Toshkentdek shahri 
azimda oqilona foydalanishning usullaridan biri — tomorqa erlarini, istirohat 
bogʻlarini, koʻcha boʻyidagi dov — daraxtlar va koʻkatlarni sugʻorish 
shaxobchalarini kengaytirish va bunga sarf qilinadigan toza ichimlik suvni tejashdan 
manfaatdorlikni oshirishdir. 
Markaziy Osiyo mintaqasining tabiati va hattoki ijtimoiy muhiti qadimdan 
tabiat tomonidan inʼom etilgan suv zahiralaridan qay darajada samarali 
foydalanishga qoʻproq bogʻliq boʻlib kelganligi hech kimga sir emas. Suv oʻrnini 
boshqa hech bir neʼmat bosa olmaydi. Ammo insoniyatning bu boradagi ehtiyojlari 
va mavjud boʻlgan zahiralar oʻrtasidagi mutanosiblik allaqachon dolzarb muammo 
darajasiga etganligini ham unutib boʻlmaydi. Mutaxassislarning fikricha, 
sayyoramizdagi suv zahiralaridan faqatgina 2,5 foizigina ichish uchun yaroqli ekan.


Xulosa 
Dunyo suv isteʼmoli boʻyicha yangi tizimni ishlab chiqadi Ichimlik suvining 
tanqisligi butun dunyo olimlarining diqqat markazida boʻladi. Shỹr suvni 
chuchuklashtirishga milliardlab investitsiya ajratiladi. Neft hozirda qanchalik koʻp 
sohalarni qamrab olgan boʻlsa, kelajakda suv taʼminoti ham katta industriyaga 
aylanadi. Suvni chuchuklashtirish tannarxi kamaya boradi. Suvni chuchuklashtirish 
uchun sarf qilingan 1 dollar 5 dollardan 30 dollargacha foyda keltira boshlaydi. Bu 
borada ham Xitoyliklar oldinga oʻtib ketishadi. Suvni tejab ishlatish bỹyicha yangi 
gʻoyalar egalariga olamshumul shuhrat va mablagʻ keltiradi. Suv taʼminotini nazorat 
qilish davlatlarning asosiy ishlaridan biriga aylanadi. Bu hozircha ayrim olimlarning 
taxminlari boʻlib tuyulgani bilan kelajakda ana shunday muammoga duch kelishimiz 
mumkin. Shu bois suvning, yaʼni erdagi obi hayotning bir qatrasini ham uvol 
qilmaslik, uni behuda narsalarga sarflamaslik barchamizning zimmamizdagi ulkan 
masʼuliyatdir. Barchamiz suvning hatto bir tomchisini ham isrof qilmaylik. Uni 
kelgusi avlodlarga ham yetishini taʼminlaylik.
Oʻz farzandlaringiz uchun suvni tejang.Tabiatga kishilarning zugʻumi 
kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida ularning yashash tarzi, 
sogʻligi, ijtimoiy muhitga boʻlgan aks taʼsiri tobora halokatli tus olmoqda. Shu 
sababli insoniyat har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa nizo, 
kelishmovchiklarni unutib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida 
jipslashuvi hozirgi eng olamshumul zaruriyatdir. Jahonshumul muammolarning 
shunday bir guruhlari mavjudki, ularning u yoki bu darajada hal qilinishining 
oʻziyoq butun sayyoramizdagi ijtimoiy hayotning kelajak davrlaridagi aniq 
manzaralarini tasavvur qilish uchun imkon beradi. Ulardan biri „Inson — 
tabiat“ munosabatlari sirasiga kiradigan, xususan, xom ashyo resurslarini tejash, 
energiya tanqisligini bartaraf etish, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan 
taʼminlash va tabiatni muhofaza qilishdir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 
 
1. Egamberdiyev R.
S.Aminov., Inson va suv, T., 1971,
2. Rahimov H. R., Anorganik ximiya, T., 1984.
3. Axmetov N. S, Obshaya i neorganicheskaya ximiya, M, 1998;
4. Yegorov A. S.,Aminova G. X., Ekspress kurs neorganicheskoy i 
organicheskoy ximii, Rostov na-Donu, 2002. 
5. To’raqulova. Y., “Bioximiya”, T., 2012 
6. Valixonov M., “Bioximiya”, T., 2000. 
7. 
www.google.uz
 
8. 
www.search.com
 

Yüklə 474,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin