Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti fan: biokimyo va molekulyar biologiya mustaqil ish


 Suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari



Yüklə 474,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix23.01.2023
ölçüsü474,79 Kb.
#80318
1   2   3   4
2. Suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari. 
Тabiatda kimyoviy toza suv deyarli uchramaydi, uni faqat laboratoriya 
sharoitida hosil qilish mumkin. Bunday suv rangsiz va hidsiz bo’lib, mazasiz bo’ladi. 
Тabiatdagi suv tarkibida doimo ma’lum miqdorda erigan moddalar bo’ladi. 
Suv vodorod bilan kislorodning eng oddiy birikmasidan (N2O) iborat bo’lib, 
o’ziga xos bir qancha xossalarga egadir. Bu xossalar suvning tuzilish xususiyatlari 
bilan aniqlanib, u esa o’z navbatida suv molekulasining qanday birikkanligiga 
bog’liqdir. Suv molekulasida og’irlik bo’yicha 11,11 foizi vodorod va 88,89 foizi 
kislorod bo’lib, u 2 atom vodorod va 1 atom kisloroddan iborat bo’ladi. Molekula 
teng tomonli uchburchak ko’rinishida bo’lib, uning 105 gradusli cho’qqisida 
kislorod atomi, asosida esa 1 ta dan vodorod atomi joylashgandir. 
Suvdagi barcha molekulalar ham bir xil atom og’irligiga ega bo’lmaydi. 
Odatdagi suv molekulalarining atom og’irligi 18 ga teng bo’lsa, ba’zilariniki 19; 20; 
21 va hatto 22 ga teng bo’ladi. Bunga sabab atom og’irligi 16 ga teng bo’lgan 
kisloroddan tashqari atom birligi 18 va 19 li kislorod va atom og’irligi 1 bo’lgan 
vodoroddan tashqari atom birligi 2 va 3 li vodorod atomlari ham bo’ladi. Shunday 
bir xil elementning og’irroq atomlari izotoplar deyiladi. 
Murakkab tajribalar natijasida, laboratoriya sharoitida, tarkibida vodorod va 
kislorod izotoplari bo’lgan suv yaratilgan, bunday suv og’ir suv deyiladi. Bu suv 
oddiy suvdan farqliroq tabiiy xususiyatlarga ega bo’ladi. Тoza holdagi, tarkibi
bo’lgan og’ir suv Q200 suv haroratda 1,1056 zichlikka(odatdagisi 0,9982), muzlash 
harorati-3,8 gradus, qaynash harorati Q101,42 gradus bo’ladi. Bunday og’ir suvda 
baliq qisqa vaqt ham yashay olmaydi.Bug’simon ko’rinishdagi suv asosan N2O 
ifodasiga ega bo’lgan oddiy molekulalardan iborat bo’ladi. Oddiy, boshqa 
molekulalar bilan birlashmagan N2O molekula gidrol deb ataladi. Ikki oddiy 
molekulalar birlashgan birikma (N2O)2-digidrol deb, uch molekulalisi (N2O)3 esa 
trigidrol deyiladi. 
Suyuq holatdagi suv gidrol, digidrol va trigidrollarning aralashmasidan 
iborat bo’ladi. Suvning harorati o’zgarishi bilan oddiy va birikmalarga birlashgan 
molekulalar nisbati ham o’zgarib turadi. Masalan, muz asosan trigidrol 
molekulalaridan iborat bo’ladi. Suvning xossasidagi ba’zi anomal o’zgarishlar 
muzning shunday strukturasi bilan bog’liqdir. 

Yüklə 474,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin