Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti fan: biokimyo va molekulyar biologiya mustaqil ish



Yüklə 474,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix23.01.2023
ölçüsü474,79 Kb.
#80318
1   2   3   4
Suvning zichligi deb, hajm birligidagi suv massasiga aytiladi. Suv Q40 S 
haroratda eng katta zichlikka ega bo’ladi, undan katta va kichik haroratlarda esa 
zichlik kamayadi. Muzning zichligi suvnikidan kamdir. Shu tufayli muz parchasi 
suv yuzasida cho’kmay turadi. Suv betidagi muz qoplami issiq-sovuqni yomon 
o’tkazadi. Natijada pastki qatlamlardagi suv muzlamaydi. Bu esa suv havzasidagi 
tirik organizmlarni qirilib ketishdan saqlaydi. 
Suv ko’pgina xossalari bilan boshqa qattiq va suyuq moddalardan farq qiladi. 
U yengil, harakatchan suyuqlik bo’lib, o’zi quyilgan jism shaklini erkin qabul qiladi. 
Suv qisilish ta’siriga katta qarshilik ko’rsatib, yuqori bosimga chidab, o’z hajmini 
deyarli kam o’zgartiradi. 


Тabiiy suv, unda boshqa eritmalar kam bo’lsa, yupqa qatlamlarda rangsiz 
tusda, qalin qatlamlarda esa havorang­ko’k tusda bo’ladi. Тoza, eritmasiz suv elektr 
tokini deyarli o’tkazmaydi. 
Distillangan suvning muzlash harorati 00 S, qaynash harorati esa Q1000 S 
(normal atmosfera bosimida) deb qabul qilingan. Suvning muzlash va qaynash 
harorati uning sho’rligiga va atmosfera bosimiga bog’liq. Suvning sho’rligi ortishi 
bilan uning muzlash harorati pasayib, qaynash harorati esa ortadi. Masalan, okean 
va dengizlar suvi-20 gradusda muzlaydi. 
Suvning solishtirma issiqlik sig’imi deb, 1 gramm massali suvni 1 gradus 
isitish uchun talab qilinadigan is-siqlik miqdoriga aytiladi. Suvning solishtirma 
issiqlik sig’imi 1,0 kall grad ga teng bo’lib, boshqa suyuq moddalar va qattiq 
jismlarnikidan yuqoridir. Masalan, muzning so-lishtirma issiqlik sig’imi o’rtacha 
0,505 kall grad, havoniki-0,237 kall grad va tuproqniki-0,40 kall grad ga teng. 
Suvning harorati o’zgarishi bilan uning solishtirma issiqlik sig’imi kam o’zgaradi. 
Suv issiqlik sig’imining kattaligi quruqlikdagi suvlarning sovishi va isishi jarayon-
larida, shuningdek, butun Yer kurrasi iqlimining hosil bo’lishida muhim rol 
o’ynaydi. 
Suvning yaxshi erituvchilik xususiyati sababli uning tarkibida doimo ko’p 
yoki oz miqdorda erigan moddalar bo’ladi. Erigan moddalar konsentratsiyasi 
ko’pincha mgҒl larda ifodalanadi. Suvda erigan magniy va kalsiy birikmalarining 
bo’lishi uning qattiqligini ta’minlaydi. Qattiqlik darajasi graduslarda o’lchanadi: 1 l 
suvda 10 mg kalsiy oksidi va 14 mg magniy oksidi bo’lsa, u 1 gradus qattiqlikka 
teng bo’ladi. 8 gradusdan kam qattiqlikka ega bo’lgan suv yumshoq, 8 gradusdan 16 
gradusgacha o’rtacha qattiq va 16 gradusdan katta bo’lsa, qattiq suv deb hisoblanadi. 
Qattiqligi 12 gradusdan kam bo’lgan suvlar ichish uchun yaroqlidir. Qattiq suv 
texnik maqsadlar uchun yaroqsiz, chunki ular metallar sirtida korroziyani 
tezlashtiradigan zararli qatlamlar hosil qiladi.Suvda vodorod ionlari juda kam 
miqdorda bo’ladi. Хimiyaviy toza suvda vodorod ionlari uning qisman 
dissotsiatsiyasi natijasida paydo bo’ladi. 
Тabiiy suvlarda vodorod ionlari konsentratsiyasi asosan ko’mir kislotasi 
dissotsiatsiyasiga bog’liq bo’ladi (N2SO3 NSO3). Vodorod ioni (N') eritmada 
kislota xususiyatlarini ifodalovchi bo’lsa, gidroksid ioni (ON') esa ishqoriy 
xususiyatlarni namoyon etadi. Kimyoviy toza suvda ikkala ion bir xil miqdorda 
bo’ladi, shu sababli u neytraldir. Bu neytral reaksiyada vodorod ionlari kon-
sentratsiyasi 10-7 gҒl ga teng bo’ladi. 
Odatda, suvdagi vodorod ionlari konsentratsiyasi manfiy belgili o’nli 
logarifm daraja ko’rsatkichi bilan va konsentratsiya miqdori pH belgi bilan 
ifodalanadi. Shunday qilib, neytral reaksiyali suvda pH q 7 bo’ladi. Agar pH < 7 
bo’lsa, reaksiya kislotali (achchiq), pH > 7 bo’lsa, ishqorli (nordon) bo’ladi. 
Тabiatdagi suvlarda pH 6,5 dan 8,5 gacha oraliqdagi qiymatlarda kuzatiladi. 
Тabiiy suvlardagi asosiy ionlarga quyidagilar kirib, ularning 4 tasi musbat 
zaryadlangan (kationlar), 4 tasi manfiy zaryadlangan (anionlar) dir: 
anionlar: kationlar: 
xlor ioni Cl' natriy ioni Na' 
sulfat ioni SO4'' kalsiy ioni Ca'' 


gidrokarbonat ioni HCO3' magniy ioni Mg'' 
karbonat ioni CO3'' kaliy ioni K' 
Quruqlikdagi suvlarning ximiyaviy tarkibi Dunyo okeani suvidan keskin 
farq qiladi. Bu farq quruqlik suvlarida karbonatlarning, okeanlar va dengizlar suvla-
rida esa xloridlarning ko’pligida o’z aksini topgan. 
Suvning uchta agregat holati bor:
1. 
suyuq holati 
2. 
qattiq (muz) holati 
3. 
gaz (bugʻ) holati.
Suv (Vodorod oksidi) — hidsiz, rangsiz, ta'msiz, shaffof, suyuqlik 
shaklidagi kimyoviy moddadir (normal holatda). Kimyoviy formulasi: H2O. Yer 
sirtining 71%'ini egallaydi (~1.460 × 1015 kg); Yerdagi suv asosan okean, dengiz, 
ko'l, daryo (95,6%) kabi suv havzalarida, shuningdek muzlar, yer osti suvlari (1.6%) 
va atmosferadagi suv bugʻlari, bulutlarda (0.001%) yigʻilgan. Bundan tashqari suv 
organizmlar tarkibida ham mavjud.Suv - kuchli eritgich hisoblanadi. Tabiatda uning 
tarkibida odatda eritilgan holdagi moddalar (tuzlar, gazlar) mavjuddir.Bug’simon 
ko’rinishdagi suv asosan N2O ifodasiga ega bo’lgan oddiy molekulalardan iborat 
bo’ladi. Oddiy, boshqa molekulalar bilan birlashmagan N2O molekula gidrol deb 
ataladi. Ikki oddiy molekulalar birlashgan birikma (N2O)2-digidrol deb, uch 
molekulalisi (N2O)3 esa trigidrol deyiladi.Suyuq holatdagi suv gidrol, digidrol va 
trigidrol¬larning aralashmasidan iborat bo’ladi. Suvning harorati o’zgarishi bilan 
oddiy va birikmalarga birlashgan mole-kulalar nisbati ham o’zgarib turadi. Masalan, 
muz asosan trigidrol molekulalaridan iborat bo’ladi. Suvning xossa¬sidagi ba’zi 
anomal o’zgarishlar muzning shunday struktu¬rasi bilan bog’liqdir. 



Yüklə 474,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin