Oriental Renaissance: Innovative,
|
(E)ISSN:2181-1784
|
educational, natural and social sciences
|
www.oriens.uz
|
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
|
3(3), March, 2023
|
QATTIQ JISMLARNING KRISTALL PANJARALARI
Muminov Islomjon Arabboyevich
Farg’ona davlat universiteti, Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD);
ima220790@mail.com
Muminova Madina
Farg’ona davlat universiteti, Fizika yo’nalishi 4-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Qattiq jismni tashkil etgan atomlarning tartibli va davriy joylashganini va ularning strukturaviy tuzilishi haqida qisqacha tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: kristall panjara, Brave panjarasi, monoklin panjara, triklin panjara, koordinatsion son.
ABSTRACT
The orderly and periodic arrangement of the atoms that make up the solid body and their structural structure are briefly analyzed.
Keywords: crystal lattice, Brave lattice, monoclinic lattice, triclinic lattice, coordination number.
KIRISH
Kristall deganda, qattiq jismni tashkil etgan atomlarning tartibli va davriy joylashganini tushunamiz. Bunda atomlar fazoda bir-birlari bilan har xil burchaklardagi 3 ta yo‘nalish bo‘ylab davriy joylashgan bo‘ladi. Kristallardagi xohlagan atomni olib eng yaqin qo‘shni atomlar asosida tuzilgan (a,b,c) hajmga ega bo‘lgan geometrik shakl bu berilgan kristallning elementar yacheykasi deb ataladi. Demak, bu elementar yacheykani a,b,c yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘chirish hisobiga xohlagan o‘lchovdagi kristall hosil qilish mumkin. Elementar yacheyka asosini tashkil etgan (a,b,c) yo‘nalish bo‘yicha vektorlar kattaligi kristall panjara doimiysi deb ataladi. Demak, kristallning eng kichik bo‘linmaydigan xolati bu elementar yacheyka bo‘lib xizmat qiladi.
MUHOKAMA
Kristall panjaraning atomlarining a,b,c yo‘nalishlari orasidagi burchaklar ( ) va a,b,c yo‘nalishlar qiymatiga qarab kristall panjaralar tuzilishini 14 xilga bo‘lish mumkin. Bulani Bravi elementar yacheykalar deb ataladi. Bu 14 xil kristall yacheykalarni 7 ta guruhga ajratiladi.
1314
Dostları ilə paylaş: |