Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Nutning tempi(tezligi).
Hikoyaning mazmunidan kelib chiqib ekskursiya 
jarayonida nutq tempi tezlashadi yoki sekinlashadi. Nutqning tez, o‘rta, sekin, 
muloyim templari mavjud. Nutq mazmuni samarali qabul qilinishi uchun uning 
tempisokin, bir maromda bo‘lishi kerak. 
Ekskursiya mavzularini tayyorlash jarayonida, hikoyani tuzishda gid qo‘lida 
soat bilan mustaqil mashg‘ulotlar o‘tkazishi maqsadlidir. Nutqning tezligi 
daqiqasiga 75 ta so‘z, o‘rtachasi – 60 ta so‘z, sekini - 45 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. 
Hikoya qilish jarayonida tez gapirish (daqiqasida 80 va undan ziyod so‘z) 
noto‘g‘ridir, bu tinglovchilarni zeriktiradi, ekskursiya ma’lumotlarini tahlil qilishga 
halaqit beradi. Tanaffussiz tez tempdagi nutqlarni ekskursantlar qabul qilmaydi. 
Shu bilan birga butun ekskursiya jarayonida bir xil tempni saqlab turish ham 
noto‘g‘ridir. Gid nutqida asosiy holatlar boshqa ma’lumotlardan ko‘ra sekinroq 
hikoya qilinadi. Asosiy holatlarni rivojlantiruvchi materiallar tez bayon etiladi. 
Nutqning kamchiligi sifatida maxsus atamalarni, so‘zli shtamplarni, uzun 
iboralarni haddan ziyod ishlatilishini ko‘rsatish mumkin. Bular eshituvchilar 
asabiga tegishi va diqqatning pasayishiga olib keladi. 
Yaxshi diksiyaga ega bo‘lish gid uchun muhimdir. 
Diksiya 
–bo‘g‘inlar, 
so‘zlar va butun bir iboralarni aniq, tushunarli talaffuz etishdir. Duduqlanish, 
so‘zlarning qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘ymaslik yoki «yutib yuborish» nutqning 
kamchiliklariga kiradi. 


57 
Gid o‘z tili ustida ishlashni nutq texnikasini (nafas olish, ovoz, diksiya) 
egallashdan boshlaydi. Diksiya aniq va tushunarli bo‘lishi muhimdir. Eng avvalo 
noaniqliklarni, tushunarsiz nutqni bartaraf etib, ekskursantlar tushunishi mushkul 
bo‘lgan so‘zlar talaffuzini takrorlab olish kerak. Keyin talaffuzning tezligiga e’tibor 
beriladi. Har bir so‘z shu jumladan, xorijiy so‘zlar, ism va familiyalar aniq aytilishi, 
ekskursantlarga tushunarli bo‘lishi lozim. Gid o‘z nutqining ifodasi (intonatsiya) 
ya’ni so‘z va gaplarni talaffuz etishda ovozning past va balandligini kuzatishi zarur. 
Nutq ifodasi mantiqiy isbotli bo‘lishi kerak, chunki hikoyaning negizida nafaqat 
fikr balki hissiyot ham turadi. U hikoyaga «jon» bag‘ishlaydi, gidning ma’lumot 
mazmuniga munosabatini ko‘rsatadi. 
Hikoya ifodasining yana bir vazifasi – biror fikrni mantiqiy yakuniga 
yetkazishdir. Ifodali o‘qish muhim faktlarga urg‘u berish imkonini, hikoyaga 
tantanaviylik, kutilmaganlik, so‘rovlilik tusini beradi. Ifodaning o‘zgarishi hikoya 
mazmunidan kelib chiqadi, shuning uchun gidning alohida so‘zlar va butun bir 
iboralarni har xil ohang jilosida talaffuz eta olishi katta ahamiyatga ega.
Ba’zi gaplar ifodasi so‘rov, darak, undov, tasdiqlovchi, hikoyaning ohangi 
quvonchli, qayg‘uli, tantanali bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi gidning hikoya 
mazmuniga nisbatan munosabatiga bog‘liq. Hikoyaning hissiyotli jilosi haqiqiy 
chiqishi uchun ekskursiya xizmatini o‘tkazishda tayyorgarlik ko‘rishda hikoyaning 
ohangi va ifodasini aniqlab olishi kerak. 
Gid so‘zli, iboraviy, mantiqiy urg‘ularni to‘g‘ri ishlatishi lozim. Urg‘u bu 
so‘z yoki so‘zlar guruhini ovoz kuchi yoki ohangni ko‘tarish bilan ajratishdir. Gid 
o‘z nutqi ustida uzluksiz ishlashi lug‘aviy zahirasini boyitadi, hikoyada to‘g‘ri 
so‘zlarni saralab va tanlab ishlatish imkonini beradi, keraksiz so‘zlardan, standart 
iboralardan nutqni «tozalash» shuningdek, o‘z nutqining individual uslubini 
yaratish imkonini beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin