O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI SERVIS FAKULTETI MARKETING KAFEDRASI
KURS ISHI Mavzu: Korxonalarda marketing faoliyatini strategik rejalashtirish Bajardi: MR-322 guruh talabasi Xo'jamov Dilshod
Rahbar: “Marketing” kafedrasi dotsent v.b., PhD Yahyoxonov N.B
Kurs ishi himoyaga qabul qilinadi (qabul qilinmaydi). Sana: "____" _______ 2023 yil Kurs ishini baholash: ___. Kurs ishini himoya qilish sanasi “____” ______ 2023 yil
Samarqand - 2023
Reja Kirish
1.Korxonalarda marketing strategik rejalashtirishning oʻrni va ahamiyati
2.Marketing faoliyatini tahlil qilsh yoʻllari
3.Korxonalarda marketing faoliyatini strategik rejalashtirishning asosiy yoʻnalishlari
4. “ALIEXPRESS” kompaniyasi faoliyatini strategik rejalashtirish
Xulosa
Adabiyotlar ro'yxati
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda olib borilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat tufayli jadal rivojlanish sur’atlari saqlanib qolmoqda. Jahonning qo’plab mamlakatlarida iqtisodiy tanazzul davom etib kelayotgan bugungi sharoitda, jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2012 yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamladi.
Shu o’rinda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g‘risida”gi Farmonida “…yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha kiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish...” 1 ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa sohani yanada rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarni, zamonaviy ilmiy-fan yutuqlarini sanoat tarmoqlariga jadal joriy qilish orqali jahon xo’jaligi tizimida milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuvini kengaytirish va sanoat ishlab chiqarishi tarkibini diversifikatsiya qilish imkonini beradigan yangi raqobat ustunliklarini yaratish, yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholi daromadlarni oshirish zaruriyatini keltirib chiqarish mavzuning dolzarbligi bo’lib hisoblanadi.
Darxaqiqat, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining barcha ko’rsatkichlari bo’yicha belglangan prognoz ko’rsatkichlar bajarildi. Iqtisodiyotning rivojlanishida yangi bosqichga chiqildi. Jahon mamlakatlarining iqtisodiyoti nisbatan past sur’atlarda rivojlanib turgan paytda mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar xalqimizning va mamlakatimiz rahbariyatining tinimsiz mehnati va sa’y-harakatlari evaziga erishildi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning boshqa sohalari qatori sanoat sohasi ham jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omillardan hisoblangan hamda mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalari va tarmoqlarining rivojlanishiga katta turtki beradigan sanoatning rivojlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Boshqa sohalar va tarmoqlarda bo’lgani kabi, sanoat sohasida ham, uning turli tarmoqlari va korxonalarida ham modernizatsiyalashga, texnik-texnologik yangilanishga e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz bu tarmoqlar va korxonalarda amalga oshirilayotgan modernizatsiyalash, texnik-texnologik yangilanishning ahamiyati nihoyatda kattaligini quyidagicha ta’rifladilar:
Sanoat korxonalarida modernizatsiyalashni amalga oshirish, texnik-texnologik yangilash masalalari va ularda marketing faoliyati samaradorligini oshirish masalalari bugungi kundagi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida dolzarb masalalardan bo’lganligi sababli, uni bitiruv-malakaviy ishiga mavzu sifatida qabul qilindi.
Strategik rejalashtirish-bu korxonaning missiyasi va maqsadlarini aniqlash,kelajakda korxona faoliyatini samarali tashkil etishni ta'minlash uchun zarur bo'ladigan resurslarni aniqlash va ularga ega bo'lishda mahsulot strategiyalarini tanlash jarayonlaridir.
Strategik rejalashtirish jarayoni boshqarish yechimlarini qabul qilishda yordam beruvchi vosita bo'lib hisoblanadi. Uning vazifasi tashqi muhitda sodir bo'ladigan o'zgarishlarga tegishli javob qaytarish uchun zarur bo'ladigan yangiliklarni va o'zgarishlarni ta'minlashdir.Strategiyani rejalashtirish u yoki bu holdagi tezkor harakat bilan yakunlanmaydi.U korxona pozitsiyasining o'sishi va mustahkamlanishini ta'minlashga qaratilgan umumiy yo'nalishlarni belgilash bilan tugaydi.
Korxonadagi hamma bo'linmalar,ularning birga faoliyat ko'rsatishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish va baholash uchun rejalar tizimini tashkil etish zarurdir.
Strategik rejalashtirish jarayoni uni o'zlashtirish davomida bir qator qiyinchiliklarga duch keladi.Asosiy qiyinchilik shundaki,dastlabki yechimlarni qabul qilish jarayoni tashkilotdagi vakolatlarning tarkibi bilan bog'liqdir.Yangi strategiya odatda korxonadagi mavjud o'zaro munosabatlarni o'zgartiradi va korxona rahbariyati siyosatiga zid bo'lishi mumkin.Bunga tabiiy javob-odatiy o'zaro munosabatlarni va vakolatlar tarkibini o'zgartiruvchi har qanday yangiliklarga qarshi kurashdir.Yana bir sezilarli muammo shundaki,strategik rejalashtirishning joriy qilinishi foyda olinishini ta'minlovchi oldingi turli faoliyat bilan yangisi o'rtasida ziddiyatga olib kelishi mumkin,ya'ni tezkor rejalashtirish bilan korxonalarda dastlabki paytda strategik rejalashtirishning joriy qilinishiga tegishli na tamoyillik,na strategik fikrlashga qiziqish bo'ladi.