34
nazariy va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqeylikning o'zgarib
turishi mumkin
bo'lmagan mazmuni sifatida qayt qilinadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, pedagogika ilmining tadqiqot obyekti
sifatida, aniq fanlarni o'qitish uslubi bo'libgina qolmay, balki ijtimoiy-iqtisodiy
fanlarni o'qitishga ham yangicha yondashuv sifatida qayd qilinishi kerak.
Hozirgi
kunga kelib, jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib,
iqtisodiy va
siyosiy mavqei kundan kunga ortib bormoqda. Biroq, ijtimoiy sohada va ayniqsa,
ta'lim-tarbiya jarayonida umumiy taroqqiyotdan biroz orqada qolish sezilmoqda.
Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo'llaridan biri ta'lim-tarbiya
jarayonini
qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashdir.
Iqtisodiy fanlarni o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash
orqali uzluksiz ta'lim samaradorligini oshirishga alohida e'tibor beriliyapti.