20
Tayyor mahsulotlar qiymatini baholash xuddi ishlab chiqarish zahiralari kabi
korxona hisob siyosatida belgilangan FIFO yoki AVEKO usullardan birida
amalga oshirilishi mukin.
Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va tannarxni
kalkulyatsiya qilish yo‘li bilan topiladi. Kalkulyatsiya, odatda bir xil nomdagi
mahsulotga (ish yoki xizmat turiga) tuziladi. Amaliyotda normativ (rejali )
kalkulyatsiya, haqiqiy tannarx kalkulyatsiyasi kabi kalkulyatsiyaning turlari keng
ishlatiladi.
Normativ (rejali) kalkulyatsiyada qabul qilingan mahsulot (ish, xizmat)
birligining tannarxi maxsus tasdiqlangan resepturalar asosida sarflanadigan
harajatlar summasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulot(ish, xizmat)ning
soniga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. Masalan, 100 porsiya palov (250 grammlik)
tayyorlash uchun resepturada quyidagi harajatlar ko‘zda tutilgan deylik: go‘sht –6
kg, guruch –25 kg, yog‘ –8 kg, sabzi –20 kg, piyoz –3 kg, tuz va zirovarlar - 1
porsiyaga 5 so‘m miqdorida. Ishlatiladigan masalliqlar bozordan sotib olinadi.
Ushbu shartli ma’lumotlarga ko‘ra 1 porsiya palovning normativ(rejali)
tannarxini kalkulyatsiyasi quyidagicha bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: