Baktariyalar turini aniqlash (identifikasiya) uchun ularning biokimyoviy (farmentativ) faoliyatini o’rganish muhim ahamiyatga egadir.
Bakteriyalarning quyidagi farmentativ xususiyatlari ko’proq o’rganiladi: 1) uglevodlarni bijg’itib kislota yoki kislota bilan gaz hosil qila olishi;
2) oqsillarni va ularning parchalanish mahsulotlarini parchalay olishi;
3) katalaza fermentini hosil qila olishi va bo’yoqlarni qaytara olishi
(reduksiya xossasi).
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Bu xossalarni aniqlamoq uchun mikroblarni zich (qattiq) yoki suyuq oziqli
muhitlarga ekiladi, mikroblar shu muhitlardagi tegishli moddalarga nisbatan
muayyan xususiyatlarini namoyon qilishi mumkin.
Uglevodlarni bijg’itish xususiyatini aniklash uchun 1% uglevod (glyukoza,
laktoza, mannit, malьtoza, saxaroza) eritmalari va indikator (bromtimolblau,
lakmus nastoykasi, Andrede indikatori va hokazo) qo’shib tayyorlangan suyuq
yoki yarim suyuq (0,5 agarli) muhitlar qo’llaniladi. Suyuq uglevodli muhitlar
quyilgan probirkalarni sterillashdan oldin ularning ichiga kichkina qalqovuch-
probirkachalar to’ntarib tushiriladi. Bu muhitlarni Gis muhitlari yoki «ola-bula qator» deb ataladi.
Indikatorlar rangining o’zgarishi kislotali yoki ishqoriy mahsulotlar hosil
bo’lganini ko’rsatadi, yarim suyuq agarning yorilishi yoki gaz pufakchalarining
hosil bo’lishi yoxud qalqovuchning qalqib chiqishi esa gaz borligining belgisidir.
Ivigan zardob yoki jelatinaning suyulishi (va shundan keyin qotmasligi),
shuningdek vodorod sulьfid, indol, ammiak hosil bo’lishi oqsillarni va ularning
parchalanish mahsulotlarini mikroblar parchalaganligining natijasidir.
Vodorod sulьfid hosil bo’lganini aniqlamaq uchun go’sht-pepton bulьoni
quyilgan probirkaga paxta tiqin bilai probirka devori orasidan filьtr qog’ozi
tushiriladi, probirkada vodorod sulьfid bo’lsa, qo’rg’oshin asetat eritmasi
shimdirilgan filьtr qog’ozi qorayadi.
Indol borligi ham shu usulda aniqlanadi, ammo filьtr kog’oziga oksalat
kislotaning suvdagi to’yingan ermasi shimdiriladi, filьtr qog’ozining pushti tusga
kirishi indol borligini ko’rsatadi. Mikroblarning mochevinani parchalay olishi 1 %
mochevina va indikator qo’shilgan go’sht-pepton bulьoni yoki go’sht-pepton
agarida aniqlanadi. Bu muhitlarda mikrob 3-4 sutka undiriladi. Mikroblarda
mochevinani parchalab ammiak hosil qiladigan ureaza fermenti borligi ishqoriy
reaksiya ro’y bergani sababli muhit rangining o’zgarishidan bilinadi.
Qizil lakmus qog’ozining ko’karishi ammiak borligini ko’rsatadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Patogen mikrob toza kulьturasining turini uzil-kesil aniqlash uchun
ko’pincha mikrob immun zardob bilan tekshirib ko’riladi.
Bu hossalarning yig’indisiga qarab mikroblarning qaysi turga mansub
ekanligi aniqlanadi.