Samarqand tuman 37-umumta`lim maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Aminova Dilshoda Shavkatovnaning 2-sinf o`quvchilar uchun ona tili va o`qish savodxonligi fanidan “Mustahkamlash” mavzusida tayyorlangan ochiq dars taqdimoti
Qo'qon Universiteti sirtqi shakl Iqtisodiyot fakulteti EKS-6-22-guruh 1- bosqich talabasi Uzoqov Azizbekning Iqtisodiyo ta'limotlar tarixi fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI
Mavzu:Angliya va Fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakllanishi.
Reja:Anliya va Fransiyada klassik maktabning vujudga kelishi
2.Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va
uning xarakteristikasi
3.Klassik maktabning IQTISODIY talimotlari
XVII-XVIII asrlarda Farbiy Evropada sanoatning tez rivojlanishi manufaktura davrasidagi (tashqi
savdo rivojiga to'siq) proteksionizm siyosati va (tadbirkorlik tashabbusini bo'g'uvchi) davlatning
iqtisodiy homiyligiga muhtojlik yo'qoldi. Angliyadagi XVIII asr o'rtalaridagi sanoat inqilobi
jamoatchilik dikqatini savdodan industriyaga jalb etdi. Ishlab chiqarish tadbirkorlarni daromad
olishning asosiy manbai sifatida yanada ko'proq qiziqtira boshladi
Avvaldan ma'lum inqilobiy
Avvaldan ma'lum inqilobiy
g'oyalar amaliy talablarga javob bermay qoldi. Iqtisodiy erkinlashtirish konsepsiyasi yangi
g'oyaning asosi edi.
Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab paydo bo'lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning xarakteristikasi
Merkantilizm o'rniga klassik (lot. namunali, haqiqiy) iqtisodiy maktab vujudga keldi. Chunki
avvalgi ta'limot sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay qo'ydi
Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usulishakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm ayrimmamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal munosabatlarning saqlanganlik
Klassik maktab ishlab chiqarishning yangi usulishakllanayotgan va mustahkamlanayotgan davrda vujudga keldi. Kapitalizm ayrimmamlakatlarda tarixiy shart-sharoitlarga mos ravishda feodal munosabatlarning saqlanganlik
darajasiga qarab turlicha rivojlandi. Bu jarayonlar dastlab XVI asrda Angliyada ro'y bera
boshladi.
Feodalizm emirilib, uning zaminida kapitalistik, ya'ni bozor munosabatlar shakllana
Feodalizm emirilib, uning zaminida kapitalistik, ya'ni bozor munosabatlar shakllana
bordi. Uy hunarmandchiligi o'rniga manufakturaning kirib kelishi katta ijobiy voqea bo'ldi. Tarix,
xalq xo'jaligi tarixi va boshqa ijtimoiy fanlarni o'qiganda hunarmandchilik, sex va manufaktura
nima ekanligi bayon etiladi, uy hunarmandchiligida hamma asosiy ishlar bir odam yoki oila
tomonidan bajarilgan (xomashyoni tayyorlash, qayta ishlash, sotish...), unda aniq mehnat
taqsimoti yo'q, manufakturada esa (manu - qo'l, facture - tayyorlash) mehnat taqsimoti,
kooperasiya, yollanma ishchi kuchi, demak, kapitalistik ishlab chiqarishning kurtaklari paydo bo'ldi
KLASSIK MAKTABNING IQTISODIY TA'LIMOTLARI
Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat muomala sohasinigina tahlil
etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm o'rniga kelgan nisbatan progressiv
kapitalistik munosabatlarning ichki iqtisodiy aloqalarini o'rgandilar va o'z tadqiqotlarini asosan
ishlab chiqarish sohasiga ko'chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan
boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta'limot ishlab chiqarishdagi bozor
munosabatlarining ichki aloqadorligini o'rganadi va tahlil etadi. V.Petti klassik maktab otasi va
statistikaning kashfiyotchisidir. Angliyada V.Petti, Fransiyada P.Buagilber shu maktabning
boshlovchilari bo'lsa, Fransiyada shu maktabning bir yo'nalishi bo'lgan fiziokratlar vujudga keldi
Vilyam Petti (1623-1687yy.)
Romsi shahrida tug'ilgan, Angliya klassik iqtisodiy maktabining
asoschisidir. Ko'pchilik bu olimning iqtisodiyot fani sohasidagi faoliyatiga yuksak baho berib, uni
buyuk va takrorlanmas iqtisodchi-tadqiqotchi deb baholagan edi. V.Petti favqulodda har
tomonlama va yuksak bilimli inson bo'lgan. U mayda hunarmand-matochi oilasida tug'ildi.
Leyden, Parij va Oksford universitetlarida medisina sohasida tahsil ko'rdi. U juda keng qobiliyatli
talaba bo'lgan, 1647 yilda nusxa ko'chiradigan mashinani (kseroks) ixtiro qildi, 1649 yilda fizika
doktori ilmiy darajasiga ega bo'ldi. U dengizchi, vrach sifatida ham ishladi.
1652 yilda Kromvel
hukumatining topshirigiga ko'ra Irlandiyaning «er obzori» (kadastri)ni
o'tkazdi.
U XVII asrdagi Angliya burjuaziya inqiloblaridan keyin kuchaygan ingliz tadbirkorlar mafkurachisi
sifatida tanildi. U tadbirkorlar mulkini, ya'ni xususiy mulkni «muqaddas» va «dahlsiz» deb bildi
va uni turlicha yo'llar bilan himoya qildi. Ish haqini cheklash tarafdori sifatida ishchilarga fizik
jihatdan minimum haq to'lash va shu bilan birga yangi sinfning boyishiga yordam berishni