Samarqand veterinariya meditsina



Yüklə 28,53 Kb.
səhifə2/4
tarix26.01.2023
ölçüsü28,53 Kb.
#81015
1   2   3   4
Kurs ishini bajarish bo\'yicha namuna

BAYONNOMA

Cho‘chqa bolasi, oq zotli, erkak, semizligi o’rtadan yuqori 8 oylik oq rangda. Botir Ota fermer Xo’jaligiga qarashli.


Farg’ona viloyati, Buvayda Tumanida Mo`minov D va fermir xo`jaligi veterinar vrachi Asqarov B boshchiligida gavda yorish 04.04.2020 da, soat 15:00da Botir Ota fermer xo’jaligidagi “Maxsus Xonada”da o‘tkazildi.
Anamnestik ma’lumotlar. Vetvarchning so‘ziga qaraganda, 2020 yil aprel oyida cho‘chqa bolalari o‘rtasida oshqozon – ichak kasalliklari uchragan. Cho‘chqa bolalari rejaga asosan kolibakterioz va salmonellyozga emlangan. Cho‘chqa bolalari oziqa yemay qo‘ygan, ko‘p yotadi, tana harorati 39-40.5 C keyin ichi ketadi, ba’zilarida yutal, og‘ir nafas olish, ozib ketish sodir bo‘ldi. Kasallikning oxirida umumiy kuchsizlik, ich ketish, terida ko‘karish dog‘lari (quloq, qo‘ltiq osti, qorin soxasida).
Klinik diagnoz – salmonellyoz.
Tashqi ko‘rinishi. Gavda sovigan, qotish rivojlanmagan. Kuz, og‘iz va qin shilliq qavatlari och-qizil rangda, orqa chiqaruv teshigining shilimshiq qavati to‘q-qizil rangda, shishgan va shilimshiq qoplama.
Teri elastik, quloq, jag‘lararo, ko‘krak, qorin va oyoq terilarida qizil – ko‘kimtir rangdagi dog‘lar ko‘rindi, orqa chiqaruv teshigi atrofi suyuq, sariq rangdagi tezak bilan ifloslangan.
Teri osti kletchatkasi qalinlashgan, dirildoqsimon, kam yog‘ qoplamasi.
Skelet muskullari ko‘ng‘ir rangda, yuza limfa tugunlari (jag‘, osti, bo‘yin) qisman kattalashgan, qizil-kul rangda, kesilgan yuza hul suyaklar, bo‘g‘inlar haraktersiz.

Ichki ko‘rinish.


Qorin bo‘shlig‘ida 15 ml.ga yaqin qizil, yaltiroq suyuqlik, organlar joylashishi anatomik to‘g‘ri qorin pardasi ho‘l, silliq, yaltiroq qizil rangda, diafragma 7 qovurg‘a to‘g‘risida.
Ko‘krak bo‘shlig‘ida ham 10 ml.ga yaqin qizg‘ish suyuqlik, organlar joylashishi anatomik to‘g‘ri plevra silliq, ho‘l, yaltiroq-och qizil rangda.
Til – shilliq qavati och-qizil rangda, kesilgan yuza yaltiroq-qizilda, muskullar rivojlangan.
Taloq va qizilungach – shilliq qavati oqimtir-qizg‘ishda, yo‘li bo‘sh.
Kekirdak yo‘lida ko‘p miqdorda ko‘piksimon oqimtir-kul rangdagi suyuqlik, shilliq qavati oqimtir rangda.
O‘pka – kattalashgan, to‘q-qizil rangda, hamirsimon qonsistensiyali, kesilgan yuza ho‘l, yaltiroq, o‘pka blagi og‘ir suvda, bronx shilimshiq pardalari kul rang-qizg‘ishda, yo‘lida ko‘piksimon suyuqlik.
Yurak – yumaloq-ovalsimon shaklda, epikard silliq, yaltiroq, yurak muskullari to‘q-qizil rangda, yurak bo‘lmalarida to‘q-qizil rangdagi qon lahtalari bor. Endokard silliq, yaltiroq, yurak klapanlari elastik.
Taloq – qisman kattalashgan, qirralari o‘tmaslashgan, konsistensiyasi qattiq, kesilgan yuzada trabekulalar yaxshi ko‘riladi, surtma ko‘p.
Jigar – kattalashgan, konsistensiyasi zichlashgan, to‘q-qizil rangda, kesilgan yuzadan ko‘p qon oqadi, o‘t pufagi to‘lgan, o‘t yashil-qo‘ng‘ir rangda, shilliq qavati sarg‘ish-yashil rangda, o‘t-yo‘llarida utkazuvchanlik saqlangan.
Buyrak qisman kattalashgan, qizil-qo‘ng‘ir rangda, qobig‘i yengil ajraladi. Kesilgan yuzada po‘stloq va mag‘z qavatlari farqlanmaydi.
Oshqazon suyuq, sarg‘ish-yashil rangdagi kombikorm bilan to‘lgan, shilliq qavatlari shishigan, qizargan, burmalar hosil bo‘lgan va ko‘k rangdagi cho‘ziluvchan, yarim yaltiroq shillimshiq modda bilan qoplangan.
Ingichka ichaklar. oziqasi suyuq, bo‘tqasimon, yashil rangda, bo‘lib, o‘tkir xidli, shilliq qavati shishgan qizargan, shilimshiq, modda bilan qoplangan. 12-barmoq ichak shilliq qavatida qizil nuqtalar, ichakning alohida qismlari gaz bilan to‘lgan.
Yo‘g‘on ichaklar – suyuq, kulrang-yashil rangdagi, o‘tkir xidli tezak. Ichakning alohida qismlari shishgan, gaz to‘plangan. Ko‘r va chambar ichak shilliq qavatlari shishgan, burmalar hosil bo‘lgan kulrang qumsimon qoplamalar ko‘rinadi.
Siydik pufagi – yaltiroq-sarg‘ish rangdagi ko‘p miqdordagi siydik bilan to‘lgan, shilimshiq qavati och-qizil rangda, silliq, ho‘l, yaltiroq.
Patanatomik diagnozlar:

  1. Difteritik kolit.

  2. O‘tkir kataral gastroenterit

  3. Jigar va bo‘yrakning o‘tkir turg‘unlik giperemiyasi

  4. Yurak o‘ng bo‘lmachasining kengayishi.

Hulosaviy diagnoz: Anamnestik ma’lumotlar va patanatomik o‘zgarishlarga asoslanib, cho‘chqa bolasini salmonellyozdan o‘lganligini tasdiqlaydi.


Yüklə 28,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin