Mavzu:Salmonelyoz kasalligidan o’lgan hayvon va cho’chqa gavdasini yorib ko’rish
Bajardi: _____________ Tekshirdi:
TOSHKENT: 2022-2023-YIL Kirish
Veterinariya amaliyotida patanatomik tashhis qo‘yish gavdani yorib ko‘rish natijasida amalga oshiriladi. Bunda gavdaning tashqi va ichki o‘zgarishlari batafsil o‘rganiladi. Kerak bo‘lganda bunga qo‘shimcha ravishda gavda organlaridan patologik materiallar kesib olinib, laboratoriyalarda gistologik tekshirishlar o‘tkaziladi. Shuningdek gavdadan qon olinib, bakterioskopiya o‘tkaziladi. Yuqoridagi tekshirish natijalariga asoslanib patanatomik tashhis qo‘yiladi. Buning natijasida hayvon o‘limining sabablari aniqlanadi. Hayvon go‘shtini sotishga ruxsat beriladi. Podada mavjud boshqa kasal hayvonlar ajratilib davolanadi. Qolgan qismi esa kasallikdan profilaktika qilinadi.
Hayvon va parranda gavdasini yorib ko‘rishning quyidagi maqsadlari mavjud:
1.O‘lim sababini aniqlash.
2.Patanotomik tashhis quyish.
3.Klinik tashhisni tasdiqlash.
4.Kasalliklarni patogenezini o‘rganish.
5.Kasalliklarni oldini olish.
6.Kasalliklarni davolash.
7.Hayvon va parrandalardan olinadigan mahsulotlarining sifatini aniqlash.
8.Sud-veterinariya ekspertizasinio‘tkazish.
9. Veterinariya pereparatlarining ta’sir etish mexanizmini o‘rganish.
Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi tartibida gavda yorib ko‘riladi. Dastlab anamnez malumotlari bilan tanishib chiqiladi. Bu gavda egasidan savol javob orqali yoki yo‘llanmada mavjud malumotlardan aniqlanadi. Keyin gavda to‘g‘risidagi malumotlar bilan tanishiladi. Bunda gavdaning turi, zoti, jinsi, yoshi, kimga qarashli ekanligi, manzili, oziqlanishi, yashash sharoiti, kasal bo‘lgan vaqti, klinik belgilari, davolash usullari, davolashda foydalanilgan dori – darmonlar yoki emlash turlari, hayvonning o‘lgan kuni va vaqti kabilar aniqlanadi.
Gavdani patanatomik yorib ko‘rish maxsus xonalarda -prozektoriyalarda olib boriladi. Ushbu xonada kerakli jixozlar, asboblar bo‘lishi kerak. Gavdani yorib ko‘rish vaqtida turli xil pichoqlar, qaychilar, arralar, qisqichlar, sekatorlar ishlatiladi. Gavdani yorib ko‘rishda prozektorlar maxsus kiyimlar bilan gavda yorish xonasiga kirishlari talab etiladi. Har bir gavdani yorib ko‘rishda gavdani yorish vaqti va joyi aniq yoziladi.
Hayvon va parranda gavdalari quyidagi usullar bilan yorib ko‘riladi.
1.Eviseratsiya usuli – qo‘y, echki, cho‘chqa va parranda gavdalari yorib ko‘riladi. Bunda ko‘krak va qorin bushliqlari ochilgandan keyin, hamma ichki organlar birdaniga gavdadan ajratib olinadi va keyin o‘rganiladi.
2.Eviseksiya usuli – yirik shoxli hayvonlar, ot, eshak gavdalari yorib ko‘riladi. Bunda ichki organlar alohida-alohida gavdadan kesib olinadi va ulardagi o‘zgarishlar o‘rganiladi.
3.Vsevolodov usuli – faqat parranda gavdalari yorib ko‘riladi. Bunda dastlab, gavdaning yelka suyaklari qisman ajratilib keyin tortiladi. Natijada ko‘rak va qorin bo‘shliqlari birdaniga ochiladi.
4.Sistemali usul – anamnestik ma’lumotlarga asoslanib, kerakli sistema organlari dastlab o‘rganiladi.
Yuqoridagi usullar hayvon va parranda misolida namoyish etiladi. Yorib ko‘rish tartibi ham, usullarni namoyish etilayotganda o‘rganiladi. Dastlab ananestik ma’lumotlar aniqlanadi. Gavda yorib ko‘rish, joyi, vaqti belgilanadi. Asbob-uskunalar, kiymlar tayyorlanadi. Keyin gavdaning tashqi ko‘rinishi aniqlanadi, bunda terining butunligiga, tabiiy teshiklarga e’tibor beriladi.
Gavdaning terisi archiladi, va teri osti kletchatkasi o‘rganiladi. Ko‘krak va qorin bo‘shliqlari ochilib, evitseratsiya va eviseksiya o‘tkaziladi.
Ichki organlar beshta ko‘rsatgichga (hajmi, shakli, rangi, konsistensiyasi, kesilgan yuza) asoslanib o‘rganiladi.
O‘zgarishi bor organlarga patanatomik diagnozlar qo‘yiladi.
Talabalar gavda yorish xonasida olib boriladi va ulargaxonadagi maxsus stolchada terib qo‘yilgan asbob-uskunalar alohida ko‘rsatilib, ularni ishlatish usullari tushuntiriladi. Kafedradagi asbob-uskunalar to‘plami ham tanishtiriladi.
Pichoqlar – terini archishda, organlarni kesishda, evitseratsiya, eviseksiya o‘tkazishda ishlatiladi. ularni ishlatganda, albatta o‘tkir qismi pastga qarab harakatlantiriladi.
Qaychilar – eviseksiyada, oshqozon-ichaklarni, qizilo‘ngachni, kekirdakni kesishda ishlatiladi.
Sekator – qovurg‘alarni, to‘shni kesishda ishlatiladi.
Arra – bosh miyani ochishda, suyaklarni kesishda ishlatiladi.
Qisqichlar – organ, to‘qimalarni ushlash uchun ishlatiladi. Yuqoridagi asbob-uskunalar gavda misolida yoki muzey preparatlari misolida ishlatib ko‘rsatiladi.
Har bir talaba o‘z qo‘li bilan asbob-uskunalarni ishlatib ko‘radi.
Patanatomik tashhis qo‘yish uchun gavdani tekshirish quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Gavdani tashqi ko‘rinishini o‘rganish. Bunda gavda tashqi tomondan o‘rganilib, uning tashqi ko‘rinishiga e’tibor beriladi. Dastlab gavdaning butunligiga qaraladi. Pat yoki junlarni yulinishiga, tabiiy teshiklarning (og‘iz, quloq, ko‘z, orqa chiqaruv teshigi) ko‘rinishiga va holatiga e’tibor beriladi. O‘limdan keyingi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar (sovish, qotish, dog‘larning paydo bo‘lishi, chirish) aniqlanadi.
2. Gavdani ichki ko‘rinishini o‘rganish. Gavdani ichki ko‘rinishini o‘rganishda hayvon turiga qarab yorib ko‘rish usullari belgilab olinadi. Bunda tartib bilan gavdaning ichki organlariga yo‘l ochilib kirib boriladi. Dastlab gavdaning terisi kesilib teri osti klechatka qavatlariga e’tibor beriladi. Muskullar va suyaklarning holatiga ham qaraladi. So‘ngra qonning ivish darajasi va rangiga ahamiyat beriladi. Shundan so‘ng gavdaning ichki bo‘shliqlari ochiladi. Dastlab ko‘krak bo‘shlig‘i ochiladi. Bunda kesim to‘sh suyagi yoki qovurg‘alar bo‘ylab olib boriladi. Qorin bo‘shlig‘i esa qorinning oq chizig‘i bo‘ylab yoki qovurg‘aning oxirigi uchlari bo‘ylab ochiladi. Barcha bo‘shliqlar ochilgach, ularda organlarning anatomik joylashishiga e’tibor beriladi hamda ularning umumiy holati o‘rganiladi. Gavdaning ichki organlari gavdaning turiga qarab ajratib olinadi. Har bir ajratib olingan organ alohida holatda o‘rganib tekshiriladi. Ushbu organlarni o‘rganishda ularning 5 ta ko‘rsatkichlariga e’tibor beriladi.
1.Hajmi.
2.Shakli.
3.Konsistensiyasi.
4.Rangi.
5.Kesilgan yuzasining ko‘rinishi.
3. Patanatomik tashhis qo‘yish. Bunda gavdaning har bir organida aniqlangan o‘zgarishlar bo‘yicha tashhislar qo‘yiladi. Bu tashhislar organlardagi o‘zgarishlarga qarab 2 tadan 10 tagacha bo‘lishi mumkin.
4. Xulosaviy tashhis. Bunda yuqoridagi barcha punktlar bo‘yicha olingan ma’lumotlar jamlanadi. Ya’ni anamnez ma’lumotlariga, gavdaning tashqi va ichki organlaridagi o‘zgarishlar va patanatomik tashhislarga asoslanib yakuniy tashhis qo‘yiladi. Bu tashhis hayvonning o‘limi sababini aniqlaydi va birlamchi va ikkilamchi tashhislardan iborat bo‘ladi.
Gavdani yorib, aniq patanatomik tashhis qo‘yilgandan keyin hayvon va parrandalar gavdasi, ichki organlari albatta zararsizlantiriladi. Bunda quyidagi usullardan foydalaniladi.
1. Bekker quduqlarda zararsizlantirish.
2. Maxsus pechlarda yoqish.
3. Maxsus hayvon qabristonlariga ko‘mish.
4. Util zavodlarida zararsizlantirish.