Standartlashtirishning asosiy vazifalari:
iste’molchi va davlatning manfaati yo‘lida mahsulotning sifati va nomlariga
nisbatan eng maqbul talablarni qo‘yish;
davlat, respublika fuqarolari va chetel ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga
kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish
qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo‘llash, shuningdek hujjatlarda unumli
foydalanishni nazorat qilish;
standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro,
mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli,
informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning o‘zaro
almashuvchanligini ta’minlash;
parametrik va turlar o‘lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni,
buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy
qismlarini aniqlash va qo‘llash asosida birxillashtirish;
mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, xomashyo va materiallar
ko‘rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi;
material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi
texnologiyalarni qo‘llash;
metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi;
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish,
mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini
kuchaytirish;
Dostları ilə paylaş: |