Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Sifat menejmenti tizimini joriy etish bosqichlari



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/82
tarix02.01.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#38068
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Sifat menejmenti tizimini joriy etish bosqichlari. Hozirda O‘zbekistonda ISO 

9000:2000 seriyasidagi standartlar qo‘llanilishi boshlangan. 1-rasmda ISO 

9001:2000 afzalligining strukturaviy elementlari. 2-rasmda ISO 9001:2000 

Standartlarining joriy etilishi sabablari va shu standartlar talablariga muvofiq Sifat 

menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etish bosqichlari keltirilgan. 

Sifat to‘garaklari. Mahsulot sifatini yaxshilashda zarur va muhim 

omillardan biri sifat to‘garaklari (guruhlarining) faoliyatidir.  

Sifat  to‘garaklari  ishchilar,  muxandislar  va  xizmatchilardan  tashkil  topgan 

ixtiyoriy  jamoa  yig‘ilmalaridir.  Ularning  soni  va  tarkibi  ishlab  chiqarishning 

ehtiyojidan va aniq ish sharoitlaridan kelib chiqadi. 

Sifat  to‘garaklarining  asosiy  maqsadi  sifatni  yaxshilashning  tub  mohiyatini 

anglash,  texnologik  jarayonlarni  takomillashtirish,  mehnatni  va  ishlab  chiqarishni 

tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan takliflarni joriy qilishdan iborat. Buning uchun 

ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishonchliligini, chidamliligini oshirish, yuqori 

navli  buyumlarni  ishlab  chiqarishni  ko‘paytirish,  yaroqsiz  (brak)  likni  va 

reklamasiyalarni  kamaytirish,  mehnat  unumdorligini  oshirish,  ishlab  chiqarish 

sur’atini yaxshilash, resurslarni tejamkorlik va iqtisod qilib sarflash lozim. Ko‘pgina 

mamlakatlar  o‘z  mahsulotlarining  sifatini  oshirish  uchun  ma’lum  tadbirlar, 

tajribalarga  suyanib  ozmi  ko‘pmi  yutuqlarga  erishgan.  Quyida  biz  dunyodagi 

rivojlangan mamlakatlarning bu sohadagi tajribalaridan misol keltiramiz. 

Yaponiya davlati dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ichida ajralib turadi. Bu 



69 

 

erda  sifat  to‘garagiga  alohida  e’tibor  bilan  qaraydi.  60-yillar  boshida  Yaponiyada 



birinchi marta sifat to‘garagi vujudga keldi. Buning sababi bor, albatta. Yaponiya 

joylashishiga qarab aholisi zich yashaydigan geografik ob’ekt bo‘lib, o‘zining er osti 

boyliklariga  deyarli  ega  emas.  Territoriyasining  taxminan  70  foizi  tog‘liklarni 

tashkil  etgan  bo‘lib,  sanoatning  rivojlanishida  o‘zining  hom  ashyosiga  umid 

bog‘lashi  o‘rinsiz  bo‘lar  edi.  Bu  holda  Yaponiya  o‘z  xalqini  oziq-ovqat  bilan 

ta’minlay  olmas,  sanoatni  esa  etarli  darajada  rivojlantira  olmasdi.  Sanoat  va 

energetika uchun tashqaridan keltiriladigan hom ashyo tilla, qimmatbaho toshlar va 

eksport mahsulotlari bilan to‘lanishi mumkin edi. 

 

 

AQShda  sifat  to‘garaklaridagi  tashkiliy  guruhlarga  qo‘yiladigan 



talablar: 

 

1.  To‘garakda  qatnashish  ihtiyoriy  bo‘lishi  lozim.  To‘garak  a’zolari  va 



ularning rahbarlari hal qilinuvchi muammolarni o‘zlari tanlaydilar. To‘garakda faqat 

ma’muriyatga  tegishli  muammolar  ko‘rilmaydi.  To‘garakni  tuzilishida 

muammolarni  hal  qilish  prinsiplarini  o‘rganadilar,  bu  o‘z  navbatida  to‘garakning 

kelgusidagi ishlarini muvaffaqiyatli bo‘lishiga asos bo‘ladi.  

2.  To‘garak  qatnashchilari  ish  vaqtida  yig‘ilishadi  (haftasiga  1  soat). 

Yig‘ilishning umumlashgan tartibi: 

 

- ochish, yangi a’zolarni qabul qilish, umumiy tavsifga ega bo‘lgan yangiliklar 



va tashkiliy masalalar - 5 minut, 

 

- to‘garak ishining xaftalik yakuni - 5 minut 



 

-  mahorat  oshirishda  yangiliklar  va  yangi  materiallarni  o‘rganish  haqida  -5 

minut, 

 

- amaliy masalalarga qo‘llanuvchi yangi o‘zlashtirilgan bilimlar 40 minut, 



 

- yakun yasash, natijalarni baholash - 5 minut. 

To‘garak rahbarlari etarli malakaga ega bo‘lmog‘i, ishonch qozonmoqligi va 

to‘garakni  boshqarishga  ihtiyoriy  roziliklarini  bermog‘i  lozim.  Ular  firma 

boshliqlari va kasaba uyushmalari bilan aloqada bo‘lishlari shart. 

3. Hamma darajadagi mutaxassislar texnikaviy maslahatchilar sifat to‘garagi 

ishiga  yordam  berishga  majburdirlar,  ularning  iltimosiga  binoan  majlislarga 

qatnashishi ham mumkin. 

4.  Kichik  va  o‘rta  holdagi  firmalar  o‘zlarining  sifat  to‘garagi  ishlarini 

muvofiqlashtiruvchi xodimiga ega bo‘ladi, katta firmalarda esa bunday shaxslar bir 

va undan ortiqni tashkil etishi mumkin. Muvofiqlashtiruvchi xodim sifat to‘garagi 

va to‘garaklar orasida hamda rahbariyat o‘rtasidagi aloqa o‘rnatuvchi shaxsdir. 

5.  Firma  tarkibidagi  o‘rta  rahbarlar  ustalar,  texnologlar  tomonidan  doimiy 

himoya qilinadi. 

6. Firmaning eng yuqori rahbariyati tomonidan sifat to‘garaklarining rejalarini 

himoya qilish kafolatlanadi. 

Sifat to‘garaklarining samaradorligi haqidagi fikr juda e’tiborga sazovordir, 

so‘ralganlardan 30 foizi har bir sarflangan dollar evaziga 1 dan 3 dollargacha oylik 

tariqasida,  20  foizi  esa  4  dan  12  dollargacha  olganliklarini  aytdilar.  48  foizi  esa 

o‘zlarining bu masalada aniq ma’lumotlari yo‘qligini ko‘rsatdi, faqatgina 2 foizi esa 

bu harakatlar o‘zini o‘zi oqlayolmaydi deb javob berdi. 



70 

 

So‘rov natijalaridan  ko‘rinib  turibdiki, hamma  tekshirilgan  to‘garaklar-ning 



faqatgina  37  foizi  samarali  ishlagan.  Buning  natijasida  xulosalar  qilinib, 

to‘garakning  tayyorlov  ishlariga  yanada  e’tibor  berildi.  Maxsus  rejalar  tuzildi, 

rejalarni  bajarish  uchun  maxsus  muvofiqlashtiruvchi  xodim  tayinlandi.  To‘garak 

rahbarlariga  bo‘lgan  talablar  qayta  ishlab  chiqildi.  O‘qish  dasturlari  kuchaytirildi, 

birinchi navbatda to‘garak rahbarlarining malakasiga e’tibor oshirildi. Ular statistik 

nazorat usullarining asoslarini o‘rgandi, mavjud muammolarni hal qilish usullari va 

boshqa  o‘quv  uslubiy  taraflariga  e’tibor  berildi.  Bundan  tashqari  baxs  o‘tkazish 

qoidalari,  tortishuv  va  janjallarni  hal  qilish  usullari,  eshitishga  o‘rgatish,  janjalli 

sharoitlarni  keltirmaslik  kabilar  to‘garak  rahbarlariga  maxsus  kurs  tariqasida 

o‘rgatildi. Natijada to‘garak rahbarlari to‘garak a’zolarini o‘qitishni boshladi, hamda 

to‘garaklar faoliyatini tashkil qilishda katta e’tiborni uslubiy ta’minlashga qaratdilar. 

Bu  maqsadlarda  ko‘pgina  kompaniyalar,  universitetlardagi  mutaxassislar  yoki 

maslahatchi firmalar yordamiga murojaat qiladi. 

 

Sifat  to‘garaklaridan  foydalanishda,  amerikalik  korxona  egalari  ularning 



ishlarini  mahalliy  sharoitlarga  moslashgan  holda  olib  boradilar  va  shuning  uchun 

aksariyat  hollarda  Amerikadagi  to‘garaklarning  faoliyati  Yaponiyadagidan 

farqlanadi. Xususan, agar Yaponiyada faqat 50-60 to‘garaklar o‘zlarining darslarini 

ish  soatlarida  bajarsa,  Amerikadagi  to‘garaklar  esa  o‘z  rejalariga  ko‘ra,  deyarli 

ishchi  soatlarda  o‘tkaziladi.  Amerikadagi  korxona  egalari  sifat  nazorati 

to‘garaklarini  joriy  qilishda  ishchilarni  to‘garaklarda  qatnashishini  har  taraflama 

rag‘batlantiradi.  Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  to‘garaklarning  "insonga"  bo‘lgan 

yo‘nalishi,  alohida  o‘rin  egallaydi.  Masalan,  "Ford"  kompaniyasi  o‘zining 

to‘garaklarini  yaratilishining  asosiy  maqsadini  "insonning  fikr  almashuvini 

yaxshilash, uning ishdagi sifatini, ijodiy potensialini oshirish" deb e’lon qilgan. 

 

Ayrim  G‘arbiy  Evropa  kompaniyalari  boshqarishning  Yaponiya  usuli  deb 



ataluvchi  usulini  o‘rganishda  ishlarining  oqilona  elementlarni  joriy  qilish  bilan 

boshladilar. Eng ko‘p tarqalgani Sifat to‘garaklari bo‘ldi. Birinchilardan bo‘lib, bu 

usulni  qo‘llagan  davlat  Buyuk  Britaniyadir.  Biroz  keyinroq  Fransiyada, 

Germaniyada,  Italiyada,  Ispaniyada,  Niderlandiyada  shunga  o‘xshash  to‘garaklar 

tarqala boshladi. Hozirgi vaqtda shunday to‘garaklar deyarli hamma mamlakatlarda 

mavjuddir.  G‘arbiy  Evropa  korxonalarida  to‘garaklarning  natijalarini  joriy  qilish 

deyarli yuqori samaradorlik bilan amalga oshirilmoqda. 

 

Sifat to‘garaklarining faoliyati faqatgina korxona ishlarini yaxshilash bilan bir 



qatorda  boshqarish  apparatining  ishlarini  yaxshilash,  ish  yuritishni  osonlashtirish, 

hujjatlar  sonini  kamaytirish,  kelishib  olish  va  qarorlar  qabul  qilishni 

takomillashtirish masalalari bilan ham shug‘ullanadi. 

 

Mutaxassislarning fikricha G‘arbiy Evropa firmalarida to‘garaklarning joriy 



bo‘lishi Yaponiyanikidan jadalliroq ekan. 

 

Belgiyada  shunday  to‘garaklar  tashabbuskorlari  sifat  to‘garagining  amaliy 



assosiasiyasiga  birlashgan.  Mamlakat  bo‘ylab  sifat  to‘garaklari  faoliyat 

ko‘rsatayotganliklari qayd qilingan. Mamlakatdagi ko‘pgina firmalar sifat nazoratini 

yalpisiga joriy qilish yo‘lini tutdi. Bu esa o‘z navbatida sifat to‘garagining mavqeini 

birmuncha oshirdi. 




71 

 

 



1986 yili Italiya milliy assosiasiyasi sifat to‘garaklarini tashkil qildi va hozirga 

kelib bu mamlakatda 400 dan ortiq korxonalarda sifat to‘garaklari  mavjud bo‘lib, 

ularning soni 4 mingdan ortib ketdi. 

 

Mutaxassislarning  fikrlariga  qaraganda  korxonalarda  tuzilgan  sifat 



to‘garaklari 96 foiz yutuqlarga ega bo‘lmoqda. 

 

Sifat to‘garagining Shved assosiasiyasi 110 korxonani birlashtirgan, hammasi 



bo‘lib  mamlakatda  500  shirkatlar  o‘z  rejalariga  ega.  Bulardagi  eng  faol  sifat 

to‘garaklarining soni 30 dan ortiqni tashkil qiladi. 

 

Xitoy  Xalq  Respublikasida  sifat  to‘garaklari  ham  asta-sekin  ko‘paya  bordi. 



1980  yilda  mamlakat  bo‘yicha  400  mingdan  ortiq  "Sifat  to‘garaklari"  bor  deb 

hisoblanar edi. 1985 yilga kelib, ularning soni 500 mingdan oshdi. Xitoy to‘garaklari 

muxandis-texnik xodimlarni, ishchilarni va boshqaruv bo‘g‘inidagi xizmatchilarni 

birlashtiradigan to‘garaklarni o‘z ichiga oladi. 

Bu  tadbirlarning  hammasi  nimalarga  olib  keladi,  sanoatga  nima  beradi? 

Dastavval, korxona xodimlari tomonidan o‘zlarining maqsadlari va vazifalarini aniq 

bilish  va  ko‘rishdan  iborat.  Sifat  to‘garaklari  kollektivga  ta’sir  ko‘rsatib,  ularni 

mahsulotning  sifatini  yuqori  darajada  ta’minlashga  xodimlarni  safarbar  qiladi. 

Shuning uchun ko‘pgina mamlakatlarda bu masalaga birinchi navbatdagi masala deb 

qaralmoqda.  Bu  muammoni  echishda  korxona  rahbari  va  kollektiv  tadbirlarga 

ishonch  hosil  qilib,  qo‘lni  qo‘lga berib bir  tanu, bir  jon  bo‘lib  harakat  qilishlarini 

hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Ana shundagina sifat to‘garaklari o‘z samaralarini 

bera boshlaydi.  


Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin