Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumani 59 –umumta`lim maktabning biologiya fani o`qituvchisi Ochilov Shoxruxning Innovatsion ped texnologiyalar asosida
Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumani 59 –umumta`lim maktabning biologiya fani o`qituvchisi Ochilov Shoxruxning Innovatsion ped texnologiyalar asosida 8- sinflar uchun “Vitaminlar” mavzusida tayyorlagan ochiq DARS ISHLANMASI
MAVZU:VITAMINLAR Darsning maqsadi:
1. Darsning ta’limiy maqsadi: Oquvchilarga vitaminlar, ularning turlari, vazifalari, meva va sabzavotlarda uchraydigan vitaminlar,ularning yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar haqida tushuncha berish.
2. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Darsdan olgan bilimlarini kundalik hayotga qo’llay bilish malakasiga erishish,ekologik va gigiyenik ta’lim-tarbiya berish.
3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Ovqat tarkibidagi vitaminlarning miqdori, odam organizmining vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini o’rganish orqali salomatlik haqidagi bilim va malakalarini yanada rivojlantirish.
4. shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Fk-1, Fk-3
Dars turi: Nazariy, yangi bilimlarini o’zlashtirish darsi.
Darsning uslubi:Guruhlarda ishlash, KVN darsi, BBB texnologiyasi, “Matbuot anjumani” metodi
Darsning jihozi: Turli xil meva va sabzavotlarning asli, rasmlari, garuhlar uchun topshiriqlar,darslik, vitamin dori preparatlari : pikovit, duovit va h.o.
Dars jarayonini tashkil etish I. Tashkiliy qism ( 2 daqiqa )
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa )
III. Yangi mavzuni tushuntirish ( 20 daqiqa )
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash ( 13 daqiqa )
V. O’quvchilarni baholash ( 3 daqiqa )
VI. Uyga vazifa berish ( 2 daqiqa )
Darsning shiori: Sog’ tanda sog’lom aql. Sog’liging – boyliging
Tashkiliy qism :