3.7-Amarant navlarining transpiratsiya jadalligi
Transpiratsiya jadalligiga anatomik va morfologik xususiyatlar, yaruslanishga qarab barglarning tuzilishi ta’sir qiladi. Zalenskiy qonuniga ko’ra, yuqori yarusning barglari suv bilan yaxshi ta’minlanmaganligi sababli quyi yarus barglariga nisbatan yuqori transpiratsiyaga ega .
Traspiratsiyani ishni amalga oshirish uchun avvalo torsion tarozining 0 nuqtasini topib olish kerak. 0 nuqtani topib olgach, arretir berkitiladi va tarozi qutichasidagi ilgakka o‟rnatilgan pallachaga o‟simlik bargidan parma yordamida yumaloq (doira) shaklida kesib olingan material qo‟yiladi. So’ngra tarozi eshigi berkitilib arretir ochiladi. Arretir ochilishi bilan tsiferblatning pastki tomonidagi strelka chap tomonga siljiydi. Tsiferblat pastidagi strelkani 0 ga keltirish uchun o’simlik vaznini ko’rsatuvchi strelka dastasi o’ngdan chapga ko’tariladi. Pastdagi strelka 0 ga kelishi bilan arretir berkitiladi, vazn joylashtiradigan quticha eshigi ochiladi. So‟ngra esa buyum vaznini ko’rsatuvchi strelka holatiga qarab, shkala bo’yicha barg og’irligi topiladi.Quticha eshigini ochib qo’yilishiga sabab, bargdan normal suv bug‟lanishiga imkoniyat yaratib berishdir. Barg og‟irligining o’zgarishini har 2 daqiqada olib borilganligi sababli ham, kuticha eshigi 2 daqiqaga ochib qo’yiladi.Vaqt o‟tishi bilan quticha eshigi yopiladi va arretir ochiladn. Arretir ochilishi bilan pastki strelka o‟ng tomonga siljiydi. Bu transpiratsiya natijasida, o‟simlik vaznining kamayganligini ko‟rsatadi. Bunday paytda og‟irlikni ko‟rsatuvchi strelka qaytadan nolga keltiriladi. Strelkani nolga keltirish bilan arretir berkitiladi va quticha eshigi ochiladi. Barg og’irligining o’zgarilishini yuqoridagi tartibda yana 2-3 marta o’lchash bilan aniqlanadi.Shunday qilib, 10 daqiqa davomida barg og‟irligining o‟zgarishini 5 marta tarozida tortib ko‟rish orqali transpiratsiya tezligi aniqlandi.
Xarkovskiy-1 navi yuqori yarus barglarida transpiratsiyaning eng yuqori jadalligi (13,88 g/m2soat), transpiratsiyaning eng past jadalligini esa Amarantus gibridus navi (10,57 g/m2soat) ko’rsatdi. Quyi yarus barglarida transpiratsiyaning eng yuqori intensivligi Krepish navida (11,96 g/m2soat), eng past transpiratsiya intensivligi Xarkovskiy-1 va Amaranthus hybridus navlarida (5,5 g/m2soat) aniqlandi (3.8-jadval).
Amarant navlarining transpiratsiya jadalligi
Amarant navlari
|
Yarus
|
5 ta bardan suvning yo‘qolishi, mg
|
Barning yuzasi , sm²
|
Transpiratsiya jadalligi, g/m²soat
|
Amarantus hybridus
|
Yuqori
|
1,94
|
91,76
|
10,57
|
Quyi
|
1,86
|
79,16
|
5,5
|
Xarkovskiy 1
|
Yuqori
|
1,84
|
66,27
|
13,88
|
Quyi
|
0,44
|
40
|
5,5
|
Krepish
|
Yuqori
|
0,84
|
50
|
8,4
|
Quyi
|
0,76
|
31,76
|
11,96
|
Shuni ta’kidlash kerakki Amaranthus hybridus, Xarkovskiy-1 navlari pastki yarus barglariga (1,1-2,5 marta ko’p) nisbatan yuqori yarus barglarida yuqori transpiratsiya jadalligini ko’rsatdi: quyi yarusning mayda barglari, yuqori yarusdagi katta barglar soyasi (yorug’lik va haroratning kombinatsiyalashgan) ta’sirida bo’lganligi hisobga olindi. Krepish navida biz quyi yarus barglarida transpiratsiyaning yuqori jadalligini (1,4-1,5 marta ko’p) qayd etdik, bu barglarning kseromorf tuzilishini ko’rsatadi: quruq sharoitda o’stirilgan o’simliklarning barglari xuddi shunday o’zgarishlarni ko’rsatadi [6]. Bunday o’simliklar qurg’oqchilikka ko’proq chidamli hisoblanadi.
2-rasm. Amarant navlari yuqori va quyi yaruslari barglarining transpirasiya jadalligi, g/m²soat
Shunday qilib, Samarqand viloyati sharoitida amarant navlarining suv rejimini, xususan, transpirasiya jarayonini o’rganish bo’yicha dala tajribalari natijalari, transpirasiya jadalligining tashqi omillar (ayniqsa, harorat va yorug’lik) ta’siriga bog’liqligini ko’rsatdi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, amarant navlarining transpirasiya jadalligi asosiy muhit omillariga (yorug’lik, namlik, harorat), amarant navlarining anatomo-morfologik tuzilishiga, yuqori va quyi yarus barglarining transpirasiya xususiyatlariga, nav xususiyatiga qarab barglarning transpirasiya jadalligiga bog’liq.
Amarantning turli navlari tomonidan vaqt birligida o’zlashtirgan suv miqdori bo’yicha suvning transpirasiya jadalligi (suv zaxirasidan foydalanish tezligi) aniqlandi va ma’lumotlar 3.8-jadvalda keltirildi.
Suvdan foydalanishning eng yuqori ko’rsatkichi Amarantus gibridus va xarkovskiy 1 navlarida quyi yaruslarda bo’lganligi aniqlandi, ya’ni navlarga mos ravishda umumiy og’irlikka nisbatan 0,66 % va 0,85 %ni tashkil etdi. Krepish navida suvdan foydalanishning eng yuqori ko’rsatkichi yuqori yarusda bo’lganligi aniqlandi. Amrantus gibridus navi har ikkala yarus bo’icha ham suvdan foydalanishning eng past ko’rsatkichini namoyon etdi. (3.9-jadval).
Amarant navlarining suv zaxirasidan foydalanishi, min/g
Amarant navlari
|
Yarus
|
Jami massa 5 ta barg , g
|
20 minut davomida sarflangan suv miqdori, g
|
1 minutda sarflangan suv miqdori, g
|
Suvdan foydalanish darajasi,%
|
Amarantus gibridus
|
Yuqori
|
11,14
|
1,3
|
0,07
|
0,58
|
Quyi
|
5,42
|
0,72
|
0,04
|
0,66
|
Xarkovskiy-1
|
yuqori
|
10,22
|
1,58
|
0,08
|
0,77
|
quyi
|
2,34
|
0,4
|
0,02
|
0,85
|
Krepish
|
yuqori
|
3,94
|
0,65
|
0,03
|
0,82
|
quyi
|
3,57
|
0,51
|
0,03
|
0,71
|
2-rasm. Amarant navlari yuqori va quyi yaruslari barglarining suvdan foydalanish darajasi,%
Tadqiqotlar asosida xulosa qilib aytganda, barcha o’rganilgan amarant navlari Samarqand viloyatining sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlari sharoitida noqulay tashqi omillarga yaxshi moslashadi, transpirasiyaning yuqori jadalligi tufayli ular yaxshi rivojlanadi va yuqori harorat va past havo namligi sharoitlarida ham yaxshi o’sib, rivojlanadi hamda yuqori hosildorlikni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |