13.2. Jamiyatda kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi belgilangan tartibda tashkil etilishi
mumkin.
XIV. ISHTIROKCHILARNING UMUMIY YIG‘ILISHI
14.1. Jamiyatning oliy boshqaruv organi bo‘lib jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi
hisoblanadi.
14.2. Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida
jamiyatning ustav fondidagi o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi.
14.3. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar
kiradi:
a) jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini
belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining
boshqa birlashmalarida ishtirok etish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
b) jamiyat ustav fondining miqdorini o‘zgartirish;
v) ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;
g) jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini
muddatidan ilgari
tugatish;
d) jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan
ilgari tugatish;
ye) agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, uni saylash va
uning vakolatlarini
muddatidan ilgari tugatish;
j) yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
z) jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul
qilish;
i) jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);
k) auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda
ularning xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng ko‘p
miqdorini aniqlash;
l) boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
m) jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
n) tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining a), b), v), z) va m) kichik bandlarida ko‘rsatilgan
masalalar yuzasidan qarorlari jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qolgan qarorlari, jamiyat ishtirokchilari umumiy
ovozlar sonining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: