Samarqand viloyati tomonidan 2022-yil 11-yanvarda



Yüklə 174,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix03.08.2023
ölçüsü174,12 Kb.
#138466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sam Best Carpet1

XV. IJRO ETUVCHI ORGAN 
15.1. Jamiyatning ijro etuvchi organi bo‘lib jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga 
oshiruvchi direktor hisoblanadi. 
15.2. Jamiyatning direktori ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi. 
15.3. Jamiyat va jamiyatning direktori o‘rtasidagi shartnoma, jamiyat nomidan, direktor 
tayinlangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida raislik qiluvchi yoki jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan 
imzolanadi. 


15.4. Direktor lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Direktor 
bilan tuzilgan mehnat shartnomasini direktorni saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgan jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi raisi imzolaydi. 
15.5. Direktor lavozimidan ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan lavozimidan ozod 
qilinishi mumkin. 
15.6. Jamiyatning direktori: 
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va 
bitimlar tuzadi; 
jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi; 
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga 
nisbatan rag‘batlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qo‘llaydi; 
jamiyatning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi; 
qonun hujjatlari va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi va 
jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
15.7. Direktor ishtirokchilar umumiy yig‘ilishiga hisobot beradi va uning oldida jamiyat 
faoliyatining amalga oshirilishi hamda unga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning bajarilishi uchun 
javobgardir. 
15.8. Direktor jamiyat mol-mulkini tasarruf etishi va ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi 
qarori bo‘yicha yirik bitimlar tuzishi mumkin. 

Yüklə 174,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin