Samarqand viloyati tomonidan 2022-yil 11-yanvarda


VIII.  ISHTIROKCHILARNING



Yüklə 174,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix03.08.2023
ölçüsü174,12 Kb.
#138466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sam Best Carpet1

VIII. 
ISHTIROKCHILARNING 
JAMIYAT 
ISHTIROKCHILARI 
SAFIDAN 
CHIQISHI VA UNING OQIBATLARI 
8.1. Jamiyatning har qanday ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari safidan chiqish huquqiga ega. 
Bunday holatda ishtirokchi ustav fondidagi o‘z ulushini qolgan ishtirokchilarga yoxud ularning roziligi 
bo‘yicha uchinchi shaxslarga sotish yoki ularning foydasiga voz kechish huquqiga ega. 
8.2. Ishtirokchi ishtirokchilar safidan chiqishida unga o‘zi tomonidan ustav fondiga kiritilgan 
ulushning haqiqiy qiymati natura yoki haqiqiy qiymatiga teng bo‘lgan pul ko‘rinishida qaytariladi. 
8.3. Jamiyat ishtirokchisi o‘zgartirilganidan keyin jamiyatning ta’sis hujjatlariga zaruriy 
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishi lozim. 
8.4.Jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar uchinchi shaxslar uchun ular davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi. 
IX. JAMIYAT ISHTIROKCHISINING JAMIYAT USTAV FONDIDAGI ULUSHINING 
(ULUSHI BIR QISMINING) JAMIYATNING BOSHQA ISHTIROKCHILARIGA VA 
UCHINCHI SHAXSLARGA O‘TISHI 
9.1. Jamiyat ishtirokchilaridan har biri jamiyatning ustav fondidagi o‘z ulushini yoki ulushining 
qismini jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi shaxslarga sotishga yoki boshqacha shaklda 
ularning foydasiga voz kechishga haqli. 


9.2. Jamiyat ishtirokchisining ulushi to‘liq to‘langan davrgacha bo‘lgan muddatda to‘langan 
qismi bo‘yichagina begonalashtirilishi mumkin. 
9.3.Jamiyat ustav fondidagi ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, 
oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. 
X. JAMIYATNING HUJJATLARINI SAQLASH 
10.1. Jamiyat quyidagi hujjatlarni saqlashi shart: 
— jamiyatning ta’sis hujjatlari, shuningdek jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritilgan hamda 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar; 
— jamiyat muassislari yig‘ilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga 
qo‘shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni, shuningdek jamiyatni 
tashkil etish bilan bog‘liq boshqa qarorlarni o‘z ichiga olgan bayonnomasi; 
— jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat; 
— jamiyatning o‘z balansida turgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar; 
— jamiyatning filiallari va vakolatxonalari to‘g‘risidagi nizomlar; 
— jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi, jamiyatning 
kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari; 
— jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalari; 
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar. 
10.2. Yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlar ijro etuvchi organ joylashgan joyda saqlanadi. 
10.3. Agarda amaldagi qonun hujjatlari bilan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lmasa, jamiyat 
mazkur ustavning 10.1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni doimiy saqlaydi. 
10.4. Jamiyat har qanday ishtirokchining talabi bilan unga axborot, shuningdek ta’sis 
hujjatlarini unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan taqdim qilishi yoki nusxa berishi shart. 

Yüklə 174,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin