Samarqand viloyati
Urgut tumani hokimining
Qarori
Bayram kunlarida tuman hududida Davlat bayrog‘ini ko‘tarish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda)
talablaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi PQ-1984-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, mazkur bayramni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududining “Mustaqillik” bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadigan Mustaqillik maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i 2013-yil 27-avgust kunidan boshlab 3-sentabrgacha, har kuni soat 06-00 da ko‘tarilib, 22-00 da tushirilsin.
2. Tuman hududida yuqorida belgilangan kun va vaqtlarda Davlat bayrog‘i ko‘tariladigan korxona,
muassasa, tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilangan kunlarda Davlat bayroqlarini ko‘tarish va tushirish 1-ilovada* ko‘rsatilgan
barcha tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlari zimmalariga yuklatilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
4. Tuman ichki ishlar bo‘limi “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun hamda mazkur qaror talablarini bajarilishi yuzasidan qat’i nazorat o‘rnatsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G‘. Madarov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim H. OQBO‘TAYEV
Urgut t.,
2013-yil 8-avgust,
693-q-son