Samdu urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi 1-kurs Bank ishi va audit yo‘nalishi talabalariga I semestr uchun «O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi» fanidan yakuniy nazorat savollari


Hozirgi o‘zbek imlosining asosiy qoidalari haqida



Yüklə 238,99 Kb.
səhifə20/33
tarix13.02.2023
ölçüsü238,99 Kb.
#84184
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
O\'zbek tili Bank ishi

Imlo qoidalari.

Hozirgi o‘zbek imlosining asosiy qoidalari haqida.


Kirillcha o`zbek yozuvining imlo qoidalari dastlab 1940-yilning 4-iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va shu yilning o`zida «Birlashgan o`zbek alfaviti va orfografiyasi» nomli to`plamda e’lon qilingan. Keyinchalik bu qoidalar yana bir necha marta qayta ishlandi, shular asosida 1952,1953,1955-yillarda «O`zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilindi, nihoyat, uning 5-nashri 1956-yilning 4-aprelida O`zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi. Hozirgi (kirillcha) o`zbek yozuvining imlosi ana shu «… qoidalar»ga asoslangan.
U quyidagi 5 bo`limni o`z ichiga oladi:

  1. Ayrim harflar imlosi (1-30-§ qoidalari)

  2. O`zak-negiz va qo`shimchalar imlosi (31-55-§ qoidalari).

  3. Qo`shma so`z va so`z birikmalari imlosi (56-58-§ qoidalari).

  4. Bo`g`in ko`chirilishi (59-62-§ qoidalari)

  5. Bosh harflarning yozilishi (63-72-§ qoidalari).

Yangi (lotincha) o`zbek yozuvining imlo qoidalari 1995-yilning 24-avgustida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan va shu yilning o`zida «O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari» nomi bilan kitobcha shaklida nashr qilingan. U quyidagi 7 bo`limni o`z ichiga oladi:
1.Harflar imlosi:
Unlilar imlosi (1-7-qoidalar)
Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar)

  1. Asos va qo`shimchalar imlosi (33-37-qoidalar).

  2. Qo`shib yozish (38-50-qoidalar).

  3. Chiziqcha bilan yozish (51-56-qoidalar) Ajratib yozish (57-65-qoidalar) 6 Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar).

  4. Ko`chirish qoidalari (75-82-qoidalar).

Amaldagi «…qoidalarning» ayrim paragraflari yangi «…qoidalar»ga kiritilmagan. Masalan: 2-paragraf (3-moddasi); 6-paragraf (2 va 3-moddalari); 8-paragraf (1-moddasi); 9paragraf («yo» harfi), 10 paragraf («yu» harfi), 11-paragraf («ya»harfi), 12-paragraf (2moddasi), 13-paragraf (v>b kabi holatlar), 21-paragraf, 22-paragraf (2-moddasi), 26paragraf (1-moddasi), 27-paragraf, 28-paragraf, 31-paragraf, 40-paragraf, 41-paragraf,48paragraf, 49-paragraf, 50-paragraf (2-moddasidagi «u(yu» ga aloqador qism), 52-paragraf, 58-paragraf, 14-paragraf va boshqalar. Yuqorida berilgan qoidalarning yangi qoidalar to`plamiga kiritilmaganligi bir qator omillarga asoslanadi: «e» harfining yangi yozuvda faqat «e» unlisini ifodalashi («y»+e»ni emas), yo,yu,ya harflarining yangi alifboda yo`qligi, ayrim qoidalarning o`zini oqlamaganligi kabi sabablar shular jumlasidandir. Faktlar tahliliga murojaat etaylik:

  1. 1956-yil «…qoidalari»ning 2- paragrafida «u» harfining yozilishiga oid 3 ta qoida berilgan bo`lib, shulardan bittasi (2-qoida) qovun, sovun, tarvuz, tasavvur, quvur kabi so`zlar imlosiga taalluqlidir. Bu qoidaga ko`ra so`zlarning oldingi bo`g`inlarida o,a,u unlilaridan biri bo`lsa va shu unlidan keyingi yopiq bo`g`in boshida v undoshi kelsa, «v»dan so`ng «u» yoziladi. Yangi (lotincha) o`zbek yozuvi imlosida bu qoida faqat «o» unlisidan keyingi yopiq bo`g`inga (qovun, sovun, tovush so`zlaridagi «v»dan so`ng «u» yozilishiga) nisbatan saqlangan, oldingi bo`g`inda «a» (masalan, tarvuz so`zida) yoki «u» (masalan, quvur so`zida) bo`lgan holatlar yangi «qoidalar»dan tushirib qoldirilgan.

1956-yil «…qoidalari»ning 31-§ da osh-osha, bosh-boshla, sog`-sog`ay, yosh-yoshla kabi so`zlarda talaffuziga ko`ra o yoki yo yozilishi, ammo son, ong, yosh, ot kabi bir bo`g`inli ba’zi so`zlarda yasovchi qo`shimchalar qo`shilganda, «o» tovushi «a» ga, «yo» tovushi «ya» ga aylanishi aytilgan: son>sanamoq, sanoq; ong>angla, anglatmoq, anglashiladigan; yosh>yasha, yashamoq, yashasin; ot>ata, atamoq, ataladi kabi. 1995-yil imlo to`plamida bu qoida berilmagan.
1956-yil «…qoidalari»ning 40-§da «isimoq, achimoq, qotmoq kabi fe’llardan sifat yasalganda, ba’zan o`zakdagi s,ch va t undoshi takrorlanadi va shunga muvofiq yoziladi»,- deyilgan: isimoq-issiq, achimoq-achchiq, qotmoq-qattiq kabi. Shuningdek fan so`ziga –iy qo`shib yasalgan sifat ham ikki n bilan yozilishi aytilgan: fanniy kabi. 1995-yil to`plamida bu qoida yo`q.
1956-yil to`plamida bor bo`lgan quyidagi qoidalar ham 1995-yil to`plamida yo`q: «yoz, kel, ter, kuzat, keltir kabi undosh bilan tugagan fe’l o`zak-negizlariga –uv+chi, uv+chiliq -uv+chan qo`shimchalari qo`shilib, yangi so`z yasalganda, bu qo`shimchalar -uvchi, -uvchilik -uvchan shaklida v bilan yoziladi: yoz-yozuvchi, yozuvchilik kel-keluvchi, terteruvchi, kuzat-kuzatuvchilik, keltir-keltiruvchi, kul-kuluvchi, kuzatuvchan kabi» (41-§.).
«Sifat va otlarni bir-biridan farq qilish uchun ishlatiladigan –li va –lik qo`shimchalari quyidagi o`rinlarda yoziladi…» (48-§).
«Familiyani bildiruvchi qo`shimchalar undosh bilan tugagan kishi otlariga –ov, -ova shaklida: Sodiqov, Sodiqova… kabi; unli bilan tugagan otlarga esa –yev, -yeva shaklida: Xayrullayev, Xayrullayeva… kabi qo`shilib yoziladi» (49-§).
Ayni paytda bir qator qoidalar yangi to`plamda yangicha talqinda, ba’zan jiddiy o`zgarishlar bilan berilganligini ham ko`ramiz. Chunonchi:

  1. Rus grafikasi asosidagi o`zbek orfografiyasida «-uq»(-iq) qo`shimchasining imlosi qoidalashtirilmagan, lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi orfografiyasida esa bu qo`shimchaning imlosiga oid maxsus eslatma bor, unda shunday deyiladi: «Undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo`shiladi: uz-uzuq, yut-yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchiriq (shuningdek, bulduriq) kabi so`zlarning uchinchi bo`g`inida «i» aytiladi va shunday yoziladi. (Q:. 33- qoidaning eslatma qismi);

  2. Ma’lumki, otlarga egalik qo`shimchalarining qo`shilishida har xil holatlar uchrab turadi. Masalan, bobo va avzo so`zlariga egalik qo`shimchasi ikki xil tarzda – bobo so`ziga «-m» va «-ng» shakllarida (bobom, bobong kabi), avzo so`ziga esa «y+im», «y+ing» shakllarida («o»dan so`ng bir «y» orttirilib) qo`shiladi: avzo+y+im, avzo+y+ing Bunday holatni «u» bilan tugagan ayrim so`zlarda ham uchratamiz: uyqu+m, uyqu+ng, ammo mavzu+y+im, mavzu+y+ing kabi. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvining imlosida bunday holatlarni me’yorlashtiruvchi qoidalar yo`q. Bu hol ayrim grammatik formalarning yozuv amaliyotida turlicha ifodalanishiga (orzum va orzuyim, inshong va inshoying shakllarida yozilishiga) sabab bo`layotir. Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvining imlo tizimida esa yuqoridagi kabi holatlar hisobga olingan. Unda, xususan, shunday qoida berilgan: «o,o`,u,e»unlilari bilan tugaydigan so`zlarga egalik qo`shimchalari quyidagicha qo`shiladi:

  3. ko`pchilik so`zlarga egalik qo`shimchalari –m, ng, -si; -miz, -ngiz (yoki-lari) shaklida tovush orttirmay qo`shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi

(yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz orzungiz, orzusi, kabi;

  1. parvo, obro`, mavqe, mavzu, avzo, so`zlariga I, II shaxs egalik qo`shimchalari qo`shilganda bir «u» tovushi qo`shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro`yim, obro`ying; obro`yimiz, obro`yingiz kabi; III shaxs egalik qo`shimchasi parvo, avzo, obro`, mavqe so`zlariga –yi shaklida, xudo, mavzu so`zlariga esa «-si» shaklida qo`shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi «u» undoshi bilan tugagan so`zga ham III shaxsda «-si» qo`shiladi: dohiysi kabi). (Qarang: 35-qoidaning 3bandi).

  2. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra shovul, ovul, quvur so`zlarida «v»dan so`ng «u», shovillamoq, lovillamoq, guvillamoq kabi so`zlarda (taqlidiy so`zlardan yasalgan fe’llarda) esa «v»dan so`ng «i» yoziladi. (Q.: 2 va 50-paragraf qoidalari). Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvida yuqoridagi ot va fe’llar uchun bitta umumiy qoida berilgan, bu qoidagi ko`ra taqlidiy so`zlardan yasalgan fe’llarda ham «v»dan so`ng «i» emas, «u» yoziladi: shovullamoq, lovullamoq, gurullamoq kabi. (Qarang: 37-qoidaning 1bandi).

  3. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosida («…qoida»ning 42-paragrafida) fe’llarning orttirma daraja yasovchi «-dir» qo`shimchasi jarangli undosh bilan tugagan ko`p bo`g`inli so`zlarga «-tir» shaklida qo`shilishi aytilgan, aslida esa jarangli «z»dan so`ng «-tir» emas, «-dir» qo`shiladi. Qiyos qiling: cho`miltirmoq, sevintirmoq, ammo tomizdirmoq, oqizdirmoq Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosida bu kamchilikka barham berilgan. Unda shunday qoida bor: «nisbat shaklini yasovchi –dir qo`shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo`g`inli so`zlarga (kel so`zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchidan keyin qo`shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o`tkazdir, tomizdir kabi». (Qarang: 37-qoidaning 2-bandi).

  4. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosida («qoidalar»ning 34-paragrafida) «g`» yoki «g» bilan tugagan so`zlarga «g» bilan boshlangan qo`shimchalar qo`shilganda, so`z oxiri va qo`shimcha boshidagi undoshlar, aytilishiga mos holda yozilishi qoidalashtirilgan: bog`-boqqa, tog`-toqqa, barg-barkka, teg-tekkan Lotin grafikasiga asoslangan yangi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra esa bunday so`zlar talaffuziga (fonetik prinsipga) ko`ra emas, morfemalarning asl holiga mos ravishda (morfologik prinsip asosida)yoziladi: bog`ga, tog`ga, sog`ga, og`gan, sig`guncha, bargga, teggan kabi (qarang: 37- qoidaning «d» bandi).

  5. 1956-yil «qoidalari»ning 43-paragrafiga ko`ra «-gin», «-gir», «-giz», «-gaz» qo`shimchalari jarangsiz undosh bilan tugagan so`zlarga qo`shilganda aytilishiga muvofiq «kin», «-qin», «-kir», «-qir», «-kiz», «-qiz», «-kaz», «-qaz» shakllarida yoziladi: tortkin, topkin, tushkin, tortqiz, o`tkaz, o`tkir, chopqir Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra «-gin» qo`shimchasi «-k» yoki «-q» bilan tugagan so`zlardan boshqa so`zlarga qo`shilganda, so`z qanday tovush bilan tugashidan va qo`shimchalarning bosh tovushi k yoki g aytilishidan qat’iy nazar, «‘g» bilan yozilishi aytilgan. Qiyos qiling: tortkin (1956- yil qoidasiga ko`ra), tortgin (1995- yil qoidasiga ko`ra), topkin (1956 yil qoidasiga ko`ra), topgin (1995 yil qoidasiga ko`ra). Biroq, «-gir»,»-giz»,»-gaz» qo`shimchalari bu qoida doirasiga kiritilmagan.

  6. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvining «…asosiy qoidalari»da ikki otdan tuzilgan qo`shma sifatlarning ajratib yozilishi aytilgan: dutor bo`yin (ot+ot=qo`shma sifat), havo rang (ot+ot=qo`shma sifat), bodom qovoq (ot+ot=qo`shma sifat), qo`y ko`z (ot+ot=qo`shma sifat), g`o`za po`choq (ot+ot=qo`shma sifat) kabi (58-paragraf, 3-qoida). Qo`shma sifatlar imlosiga oid bu qoida amalda o`zini oqlagani yo`q: orombaxsh, bug`doyrang, ilhombaxsh so`zlari “ot+ot=qo`shma sifat » qolipida tuzilgan bo`lishiga qaramay, deyarli barcha imlo lug`atlarida qo`shib yozilgan, devsifat, odamsifat so`zlari esa (ular ham»ot+ot=qo`shma sifat» qolipida shakllangan) lug`atlarda har xil berilmoqda. Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi «qoidalari»da bu tipdagi qo`shma sifatlarning imlosi bir qadar tartibga solingan: «qoidalar»ning 38-bandida, xona, noma, baxsh, rang, mijoz, sifat kabi so`zlar yordamida yasalgan qo`shma ot va qo`shma sifatlarning qo`shib yozilishi qayd etilgan: qabulxona, tabriknoma, orombaxsh, kamquvvat, bug`doyrang, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi. (Qarang: 38-qoida). Shu qoida talablaridan kelib chiqqan holda, havo rang, jigar rang, bodom qovoq, qo`y ko`z kabi qo`shma sifatlarning komponentlari ham lotincha o`zbek yozuvida qo`shib yozilishi kerak: havorang, bodomqovoq, qo`yko`z, jigarrang kabi.

  7. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlo qoidalariga ko`ra ming boshi, o`n boshi, so`z boshi kabilar «birikmalik xususiyatini saqlagan so`zlar» sifatida ajratib yoziladi (qarang: 58-paragraf, 12-qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra esa «qaratuvchili birikmaning bir so`zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo`shma otlar qo`shilib yoziladi: mingboshi, so`zboshi, olmaqoqi»(qarang: 46-qoida).

  8. 1956-yil «qoidalari»da ikkinchi komponenti «yo»lashgan tovush bilan boshlangan sher yurak, muz yorar, ish yoqmas, qo`l yozma tipidagi so`zlarning ajratib yozilishi aytilgan (qarang: 58-paragraf, 14-qoida). Lotin grafikasidagi yangi yozuvda bunday so`zlar qo`shilib yoziladi: sheryurak, muzyorar, ishyoqmas kabi (qarang: 39-qoida).

  9. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra yeru osmon, oru nomus, tunu kun, kechayu kunduz, yoshu qari, qo`yu qo`zi kabi juft so`zlarda defis (chiziqcha) qo`yilmaydi (58-paragraf, eslatma). Lotin grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra ham bunday so`zlar ajratib yoziladi, ammo ularning qismlari orasida -u(-yu) bog`lovchisi kelsa, shu elementlardan oldin chiziqcha qo`yiladi: dost-u dushman, kecha-yu kunduz kabi (51-qoidadagi eslatmaning 2-bandi).

  10. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra yil va oylarni (chislolarni) ko`rsatuvchi arabcha raqamdan so`ng chiziqcha (defis) yozilmaydi: 1956-yil 22sentyabrkabi (47-paragraf qoidasi). Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra bunday o`rinlarda chiziqcha qo`yiladi: 1991-yilning 1-sentabri, 60-yillar kabi (56qoida).

  11. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra alla, qay elementlari so`zga qo`shib yoziladi: allakim, allaqanday, qaybir, qayvaqt kabi (58-qoida, 13-bandi). Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra qay so`zi o`zidan keyingi yoki oldingi so`zdan ajratib yoziladi: qay kuni. Agar qay so`zi yoq, yer so`zlari bilan ishlatilganda, bir «u» tovushi tushsa, bu so`zlar qo`shilib yoziladi: qayoqqa, qayerga kabi(60qoida).

Izoh: lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek imlosida alla (alla) komponentli so`zlarga qoida berilmagan, ularga munosabat ham bildirilmagan.

  1. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra bir oz ravishi komponentlari ajratib yoziladi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra biroz so`zining komponentlari qo`shib yoziladi (60-qoida).

  2. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosida ko`pdan-ko`p tipidagi birliklar juft so`zlar doirasida qaralgan, shu bois ularning komponentlari orasida chiziqchaning (defisning) yozilishi qoidalashtirilgan (57-paragraf, 1-qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosiga ko`ra birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo`nalish kelishigida bo`lgan birikmalarning komponentlari, shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi kopdan kop, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizigan kabilar ajratib (chiziqchasiz) yoziladi (64-qoida).

  3. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosida izofali so`zlarning (nuqtai nazar, oynai jahon, dardi bedavo kabilarning) ajratib yozilishi nazarda tutilgan (58-paragraf, 7qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosida bu qoidagi bitta o`zgarish kiritilgan: endilikda (yangi yozuvda) izofa undosh bilan tugagan so`zlarga «i» shaklida (masalan, dardi bedavo kabi), unli bilan tugagan so`zlarga esa «yi» shaklida (masalan, nuqtayi nazar kabi) qo`shiladi (65-qoida).

  4. Rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi «qoidalari»ning 69 va 71-paragraflari bir xil hodisaning birikmali nomlarini ikki xil yozishga yo`l ochadi: birikma muhim yig`ilish nomi bo`lganda, undagi har bir so`z bosh harf bilan, birikma muhim tarixiy voqea nomi bo`lganda esa undagi birinchi so`z bosh harf bilan, qolganlari kichik harf bilan boshlanadi, Qirim Konferensiyasi (69-paragraf qoidasiga mos) – Qirim konferensiyasi (71-paragraf qoidasiga mos).

Izoh: birinchi misolda Qirim Konferensiyasining muhim yig`ilish nomi ekanligi, ikkinchi misolda esa shu birikmaning muhim tarixiy voqea nomi hisoblanishi nazarda tutilgan.
Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosida shu ikki qoidadan faqat bittasi saqlangan, unga ko`ra «Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so`z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navroz bayrami kabi» (70-qoida). Demak, lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosida yuqoridagi ikki qoidaning parallel yashashiga chek qo`yilgan, shu bilan mazkur qoidaning izchil bo`lishi ta’minlangan.

  1. Lotin grafikasi asosidagi yangi o`zbek yozuvi imlosining «Ko`chirish qoidalari»da rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosida berilmagan quyidagi qoidalar bor:

77- qoida: o`zlashma so`zlarning bo`g`inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko`chiriladi:

  • ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko`chiriladi: dia-gramma, monografiya kabi;

  • uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko`chiriladi: silin-drik kabi.

79-qoida: …bo`g`inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar satrdan satrga bo`lib ko`chirilmaydi: ToshDU kabi.
Izoh: 79-qoidaning bosh harflardan tuzilgan qisqartmalarga (AQSh, BMT kabilarga), shuningdek, ko`p xonali raqamlarga (16,245, 1994, XIX kabilarga) aloqador qismi rus grafikasi asosidagi o`zbek yozuvi imlosida ham bor.
80-qoida: Harflardan iborat shartli belgi o`zi tegishli raqamdan ajratib ko`chirilmaydi: 5-«A» sinf, V «B» guruh, 110 kg, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi. 81-qoida: Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko`chirilmaydi: «Navroz-92» (festival), «,Oqituvchi-91» (ko`rik tanlov), «Andijon-9», «Termiz-16» (g`o`za navlari), «Boing-767» (samolyot), «Foton-774» (televizor) kabi.
82- qoida: A.J. Jabborov, A.D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko`chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so`zdan ajratib ko`chirilmaydi.

6



Yüklə 238,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin