5. 1,2-digidroksibenzolni tarkibidagi σ va π bog’larning sonini toping. 6. 1,2,3-trigidroksibenzol) tarkibidagi σ va π bog’larni yig’indisini toping. 7. 2 mol fenol xlor bilan reaksiyaga kirishganda reaksiyadan so’ng 146 g galogenovodorod hosil bo’lgan bo’lsa, benzol halqasidagi vodorod bilan o’rin almashgan atom(lar) miqdorini toping.8. 0,25 mol fenol brom bilan reaksiyaga kirishganda reaksiyadan so’ng 60,75 g galogenovodorod hosil bo’lgan bo’lsa, fenol halqasidagi vodorod bilan o’rin almashgan atom(lar) miqdorini toping. IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash: 1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi. 2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish. V. Dars yakunlarini chiqarish: O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi. VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash. O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________
Sana “ ”_____________________201___-yil. Mavzu: OKSOBIRIKMALAR. ALDEGIDLAR. OLINISHI VA XOSSALARI
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: B1 Jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun kundalik hayotda uchraydigan kimyoviy birikmalar va mazkur birikmalarning nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda ham bilish.
B1+ o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish layoqati.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: B1 mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish. Xavfsizlik choralari haqida bilish.