o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, kimyo “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, kimyo “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: Nomenklaturasi. Oddiy ketonlarning nomlari karbonil guruh bilan bog‘langan radikallar nomiga “keton” so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi.Agar radikallar har xil bo‘lsa, radikali kichik bo‘lganidan boshlab aytiladi va oxirida keton so‘zi qo‘shiladi. Olinishi: Alkinlarni gidratlanishi. 1. Alkinlarning (asetilendan tashqari) gidratlanishidan ketonlar olinadi. 2. Bitta uglerodi ikkita galogen tutgan digaloid alkanlarni (galogenlar chetki uglerod atomlarida bo‘lmagan birikmalar) gidrolizlash yo‘li bilan ham olinadi: Fizik xossalari. Ketonlarning quyi vakillari aldegidlar kabi suvda yaxshi eriydi va o‘ziga xos yoqimsiz hidga ega bo‘ladi. Kimyoviy xossalari. Ketonlar ham aldegidlar kabi birikish, oksidlanish reaksiyalariga kirishadi. Reaksiyaga kirish qobiliyati aldegidlarga nisbatan sustroq.Birikish reaksiyalari. Ketonlar katalizator ishtirokida vodorodni biriktirib ikkilamchi spirtlar hosil bo‘ladi: Ketonlar faqat kuchli oksidlovchilar (KMnO4 yoki K2Cr2O7) ta’sirida oksidlanadi. Aseton(dimetilketon) CH3 CO CH3 56,5° C da qaynaydigan, o‘ziga xos hidli, rangsiz suyuqlik. Aseton yog‘ochni quruq haydashdan hosil bo‘lgan sirka kislotaning kalsiyli tuzidan olinadi. Ilgari bu usul aseton olishda yagona hisoblanar edi. Hozirda sanoatda aseton olishning bir necha samarali usullari kashf qilingan. Masalan, asetonni to‘g‘ridan to‘g‘ri sirka kislotaning o‘zidan ham olish mumkin. Buning uchun CH3COOH bug‘lari (Al2O3) katalizatorlar ustidan o‘tkaziladi. Aseton sanoatda keng qo‘llaniladi. Undan xloroform va yodoform olishda, kislotalar, asetat ipagi ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ko‘p miqdorda foydalaniladi. Mavzuga oid masala va mashqlar. 1. Ketonlar qaysi guruh moddalari bilan izomer hisoblanadi? 2. Ketonlarning aldegidlarga o‘xshash va farqli belgilarini aytib bering. 3. C5H10O tarkibga ega bo‘lgan keton struktura formulalarini yozing va ularni nomlang. 4. C4H8O tarkibga ega bo‘lgan keton struktura formulalarini yozing va ularni nomlang.