Buxoro viloyati G‘ijduvon tumaniga qarashli 6-umumiy oʻrta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani pedagogik amaliyotchisi M. Narzullayevaning 8-"A"sinfida “Aniqlovchi va uning turlari" mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili
BAYONNOMASI
Sana: “___”-_________202__-yil
Tahlilda ishtirok etdilar:
Maktab direktori: Sh.Sharopova
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi: S.Jumayeva
Koʻrilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi.
1. 8-"A" sinfda ona tili fani boʻyicha “Aniqlovchi va uning turlari" mavzusida oʻtkazilgan ochiq dars tahlili.
Masala yuzasidan maktab direktori soʻzga chiqdi. U oʻz soʻzida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida toʻxtalib oʻtdi. U pedagogik amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib oʻtdi:
Yutuqlari: Darsda oʻquvchilar faolligiga erishildi, darsda koʻrgazmali qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi.
Yigʻilishda fan oʻqituvchilari ham dars toʻgʻrisida oʻz fikrlarini aytdilar:
Jumladan, S.Jumayeva oʻz soʻzida dars davomida ba’zi oʻquvchilar oʻqituvchi nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida oʻquvchilarga darsda berilishi kerak boʻlgan BKM (bilim, koʻnikma, malaka) elementlari oʻzlashtirilmay qolganligi ta’kidlab oʻtildi. Darsda erishilgan yutuqlar xususida toʻxtalib, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari koʻp ekanligini aytib oʻtdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan koʻpgina afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy oʻqitishning interfaol uslub metodlardan foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga toʻxtaldi.
Koʻrilgan masala yuzasidan yigʻilish qarori:
1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan oʻtkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin.
2. Darsda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin.
Yigʻilish raisi: Sh.Sharopova
Kotib(a): O.Safarova