Respublikamiz prezidenti farmonlari, hukumat qarorlari va farmoyishlarida qo’yilgan vazifalar respublikamiz yer fondining holatini kuzatish, undagi o’zgarishlarni o’z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda yer resurslarini hisobga olish va boholashni, tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirishga hamda fermer xo’jaliklarini rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida 2008 yilda qishloq xo’jaligida 4,5 foiz o’sishga erishilganligi qayd etilgan. Sabzavot yetishtirish uchun fermerlarga ajratilgan yer maydonlari 10 gektardan 24,7 gektargacha yoki 2,5 barobar ko’paytirildi.