Milliy Universiteti Jizzax filali
Amaliy matematika yo’nalishi 101-20 guruh talabasi Normamatova Zulayhoning
Matematika fanidan bir soatlik
Dars ishlanmasi
Jizzax-2023
Sana: 17-Oktabr 2023 –yil
Fan: Matematika
Mavzu: X bob. Geometrik material. 136-138 Uchburchak , uning perimetri va turlari. Uchburchakning yuzi. Aylana uzunli va doira yuzi.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga uchburchak turlari, uning perimetrini topishni o’rgatish. Aylana uzunligini hisoblashni, yuzalar haqida ma’lumotga ega bo’lishni o’rgatish. Doira, uchburchak yuzalarini hisoblashni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning geometrik bilimlarini oshirish. Geometrik shakllar bilan tanishish . Shakllar yuzalari, uzunliklarni osonlik bilan hisoblashni shakklantirish.
Ko’rgazmali qurollar: kitob, daftar, chizg’ich, qalam, elektron doska, turli ko’rgazmali qurollar va boshqalar.
2.O’tgan mavzuni mustahkamlash O’tilgan geometriyaga oid bilimlar savol-javob asosida mustahkamlanib olindi.
1.Uchburchak nima?
2.Uchburchak perimetri qanday hisoblanadi?
3.Burchakning qanday turlari bo’ladi?
4.Tog’ri to’rtburchak yuzi qanday topiladi?
5.Aylana nima?
3. Darsning bayoni.
1.Uchburchak. Uchburchak, uning peripetri tushunchasi bilan quyi sinflarda tanishsiz. Tekislikda A,B,C nuqtalarni belgilaylik (114-a rasm ) A, B, C nuqtalarni AB, AC, BC kesmalar yordamida tutashtiramiz. A, B, C nuqtalar bitta chiziqda yotgan hol qaralmaydi. (114-b-rasm)
Tekislikning AB, BC, AC kesmaning bilan chegaralangan qismi ABC uchburchak deyiladi va ∆ABC kabi belgilanadi. A, B, C nuqtalar uchburchakning uchlari, AB, BC, AC kesmalar uchburchakning tokmonlari deyiladi. (115-rasm).
Uchburchakning ixtiyoriy bir tomoni qolgan ikki tomoni yig’indisidan kichik.
AB < AC + BC
AC < AB + BC
BC < AB + AC