Mavzu:28- dars. Ma’lumotlarni tartiblash. Maqsad: 1. Ta’limiy: Avvalgi darslarda o`quvchilar tomonidan olingan bilim, ko`nikmalarni amaliyotga tadbiq eta olish malakasiga ega ekanliklarini aniqlash. 2. Tarbiyaviy: O`quvchilarda kompyuterda ishlash va Excel dasturida ishlash qoidalarini shakllantirish, bajarayotgan ishlarida tartib, mutanosiblik va go`zallik namumalarini namoyon qilish 3. Rivojlantiruvchi: Avvalgi darslarda o`quvchilar tomonidan olingan bilim, ko`nikmalarni amaliyotga tadbiq eta olish malakasiga ega ekanliklarini aniqlash va rivojlantirish.
TK1-kommunikativ kompetensiya: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash;muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, hamkorlikda, jamoada samarali ishlay olish.
fanga oid voqea va hodisalarni mustaqil fikrlaydi, idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi;
TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish;ularning xavfsizligini ta’minlay olish.
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: doimiy ravishda o‘zini o‘zi intellektual rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini baholay olish.
doimiy ravishda o‘zini-o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektual rivojlantirish;kamolotga intilish;
hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish;o‘z hatti-harakatini baholay olish.