II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. 1. gistogramma orqali qanday jadvallarni aks ettirish qulay?
2. Grafik orqali qanday jadvallar aks ettiriladi?
3. Doiraviy diagrammalar yordamida qanday masalalar yechimlari ko`rsatiladi/
4. Diagarmmalar menyuning qaysi bo`limi orqali hosil qilinadi?
5. Diagrammaning o`lchamlari qanday o`zgartiriladi?
6. Qo`sh gistogrammalar qanday masalalarda qo`llaniladi?
III.Yangi mavzu bayoni : Takrorlash darsi bo`lgani uchun oquvchilarga biror masala, masalan, o`zlarining choralik baholari foizini gistogramma orqali ifoda etish topshiriladi. O`quvchilar bittadan kompyuterga o`tirib, Excel dasturini ishga tushiradilar va avvalgi darslarda bajarishgan choraklik baholar faylini ekranga chaqiradilar. “Мастер диаграмм” bo`limidan olgan topshiriqlari bo`yicha amaliyot bajaradilar. Men esa ularning ishlarini kuzatib kerakli o`rinlarda maslahatlar, ko`rsatmalar berib borishim kerak. O`quvchilarning qaysilari hech qanday yordamsiz topshiriqni to`g`ri bajarganliklari qayd qilib boriladi. Ularni sinfdoshlariga alohida o`rnak qilib ko`rsatishim zarur. Ularga yuqori ballar qo`yiladi. Yaxshi bajara olmagan o`quvchilarga a’lochilarni ko`makchi qilib belgilayman.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Eng avval topshiriqni bajarganlarga qo`shimcha topshiriq beriladi. Masalan, sinf o`quvchilarining metallolom topshiriganliklari hisoboti bo`yicha gistogramma yaratish.
V.Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash.
VI.Uyga vazifa:27- darsni takroran o`qib kelish, savollariga javob topish.
DO’TIBO’: B.R.Sirojeva Sana:_______________ Dars reja
Fan: INFORMATIKA va AT. Sana: 8a ( I )_____( II )_____: 8b( I )_____( II )_____: 8v( I )_____( II )_____: 8g ( I )_____( II )_____ 8d ( I )_____( II )_____