TK6- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarni tuza olish; kundalik faoliyatda turli formuladan foydalana olish.
FK-fanga oid kompetensiyalar
FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi: operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi. axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi.
sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi;izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi;izlab topilgan matnli axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
matn protsessorining belgi, so‘z, satr, xatboshi, matn, blok, sahifa tartib raqami kabi tushunchalarini biladi va amalda qo‘llay oladi;
axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi; axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi; turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari, multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega bo‘ladi; elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi; Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi; kompyuter texnikasi va vositalarining rivojlanish tarixi, taraqqiyot davrlari va avlodlarini biladi;taqdimot tayyorlash va loyihalashni biladi;kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi.
FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi: matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi;matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritishni, tahrir qilishni va saqlashni bajara oladi; matn protsessorida hujjatga rasmlar, chizmalar, jadvallar, formulalar joylashtira oladi va formatlay oladi; matn protsessori yordamida ijodiy ishlar va sodda hujjatlarni tayyorlay oladi;operatsion tizim yoki maxsus dasturlar yordamida fayllarni arxivlay oladi; taqdimot slaydlarini hosil qiladi;ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi; axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi; elektron pochta, Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi. Web-sahifa ko‘rinishida sodda axborot resurslarini tayyorlay oladi.