TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish;ularning xavfsizligini ta’minlay olish.
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: doimiy ravishda o‘zini o‘zi intellektual rivojlantirish, o‘z hatti-harakatini baholay olish.
doimiy ravishda o‘zini-o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektual rivojlantirish;kamolotga intilish;
hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish;o‘z hatti-harakatini baholay olish.
TK4- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisani tushunish va jarayonlarga daxldorlikni his etish;ularda faol ishtirok etish; o‘zining burch va huquqlarini bilish.
TK5- Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanini sevish, sadoqatli bo‘lish, insonlarga mehr-oqibatli, hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;insonlarni hurmat qilish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish va orasta kiyina olish.
TK6- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarni tuza olish; kundalik faoliyatda turli formuladan foydalana olish.
FK-fanga oid kompetensiyalar
FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi: operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi. axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi.
sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi;izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi;izlab topilgan matnli axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;
matn protsessorining belgi, so‘z, satr, xatboshi, matn, blok, sahifa tartib raqami kabi tushunchalarini biladi va amalda qo‘llay oladi;
axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi; axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi; turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari, multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega bo‘ladi; elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi; Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi; kompyuter texnikasi va vositalarining rivojlanish tarixi, taraqqiyot davrlari va avlodlarini biladi;taqdimot tayyorlash va loyihalashni biladi;kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi.