TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan foydalana olish;ularning xavfsizligini ta’minlay olish.
FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi: axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi;axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;elektron pochta orqali axborot uzata oladi va qabul qila oladi;axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, media-savodxonlikka rioya qiladi.
Darsning turi: Guruhlarda ishlash,
Darsning jihozi: Darslik, tarqatma material.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliyhujum,savol-javob,bahs-munozara.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish. b)Davomatni aniqlash. c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. III.Yangi mavzu bayoni :Ushbu jadvalning ikkinchi ustuni bo`sh holatda har bir guruhga beriladi. Ular darslikdan foydalangan holda ushbu ustunni to`ldiradilar. Ma’lum vaqtdan keyin har bir guruhga jadvalning har ikkala ustuni to`ldirilggan holati beriladi va ular o`zlari yozganlari bilan solishtiradilar.
“Kompyuterning dasturiy ta’minoti” mavzusining tushunchalari tahlili.
Tushunchalar
Mazmuni
Foydalanuvchi
Kompyuterni ishlatuvchi shaxs
Texnik vositalar
Kompyuterning turli qurilmalari. Masalan: sistemalar bloki, klaviatura, monitor va hokazolar
Dasturiy vositalar
Kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar. Masalan: Windows, Delphi, Basic, Paskal va hokazolar
Hardware
“Qattiq mahsulotlar” degan ma’noni bildiradi. Bular texnik vositalardir
Software
“Yumshoq mahsulotlar” degan ma’noni bildiradi. Bular dasturiy vositalardir
Brainware
Algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usuli va uslublarini o`rganish bilan bog`liq bo`lgan yo`nalish
Dasturiy ta’minot turlari
Sistema dasturlari, Amaliy dasturlar va Uskunaviy dasturlar
Sistema dasturlari
Asosan boshqarish va tekshirish vazifalarini bajaradigan dasturlar
Amaliy dasturlar
Foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida ma’lunotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jami dasturlar
Uskunaviy dasturlar
Kompyuter uchun yangi dasturlar tayyorlash va tahrir qilishni yengillashtiruvchi dasturlar