Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə125/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga jadvalli test topshiriq beriladi. To`g`ri keladiganini belgilang.(Ekranda ishlaydilar)

1.

Mo`g`ullarning asosiy mashg`uloti

A

Ibtidoiy diniy shakllaridan biri

2.

Shomonlik nima

B

Ko`chmanchi xo`jalik

3.

Mo`g`ul zadagonlari bu …

C

Xonlar

4.

Ayllar nima

D

1206-yilda

5.

Qabila ittifoqlarini kimlar boshqargan

E

Maxsus gvardiya

6.

Chingizxon davlatiga qachon asos solgan

F

Bahodir,botir,mergan,sechan,no`yonlar

7.

Keshik nima

J

No`yonlar ,bahodirlar,botirlar

8.

Kimlar mo`g`ul harbiy zadagonlarini tashkil etgan

K

Ko`chmanchi chorvachilik

Jadvalli testing javobi ekranda chiqadi o`quvchilar o`zlarini tekshirib baholaydi.Tog`ri ishlagan o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Yangi bosqin. 2.Boshqaruv tizimi. 3.Soliqlar. 4.Tashqi siyosat. 5.XIV-XV asrlarda Oltin O`rda
Oltin o`rda xonligi XIII asrning 40- yillarida Chingizxonning nabirasi Botuxon (Jo`jining o`g`li) tomonidan tashkil etilgan. Bu davlat Rus manbalarida ,,Oltin o`rda", sharq manbalarida esa ,,Jo`ji ulusi" deb atalgan. Botuxon keyinchalik olib borgan istilochilik urushlari natijasida Dashti Qipchoqni, Volga, Qrim va g`arbiy Sibirni Jo`ji ulusiga qo`shib olgan. Shu tariqa Oltin o`rda davlati tashkil topgan. Quyi Volga Oltin o`rdaning markaziga, xon qarorgohiga aylantirilgan. Botuxon tez orada o`z davlati poytaxti - Saroy Botu shahrini bunyod ettirgan. Botuxon o`ta tadbirkor, uddaburon va uzoqni ko`ra oluvchi chingiziy hukmdor edi. U imperiyada Buyuk xondan so`ng ikkinchi shaxsga aylangan. Botuxon 1255yilda 48 yoshida vafot etgan. o`g`illarining qisqa vaqt hukmronliklaridan so`ng Oltin o`rda taxtini Botuxonning ukasi Berkaxon egallagan (1257 - 1266). Berkaxon tez orada yangi poytaxt - Saroy Berka shahrini qurdirgan. Berkaxon davrida Oltin o`rda to`la mustaqil davlatga aylangan.
Buyuk xon Munke vafot etgach, (1259- y.) imperiyada ichki kurash yanada avj oldi. Bundan foydalangan Chig`atoy va o`qtoy xonadonlari o`z uluslarini yana qaytarib olishga erishganlar. Oltin o`rdaning Movarounnahrga ta'siri butunlay barham topgan. XIV asrda O`rdanmg gullab-yashnashi o`zbekxon (1312 - 1342) nomi bilan bog`liq. U Oltin o`rda taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkin bo`lgan barcha ishlarni amalga oshirgan. Saroy Berka shahrini obod qildirib, poytaxtni shu shaharga ko`chirgan.

Mo`g`ullarning o`zi aholi tarkibida ko`pchilikni tashkil etmagan. Ular nihoyatda oz bo`lganliklari sababli hatto bora-bora o`z tillarini ham yo`qotganlar. Aholi tarkibida turkiy xalqlar ko`pchilikni tashkil etgan. Shahzodalar eng katta yer-mulk egalari edi. Beklar va noyonlar ham katta yer egalari bo`lgan. O`zbekxon vafotidan so`ng tushkunlik davri boshlandi. Toj-taxt uchun kurash avj oldi. Oqibatda 1360- yildan 1380-yilgacha 25 marta xon almashgan. 1380- yilda Mamayning Rusdan yengilishidan so`ng toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Amir Temur To`xtamishxonga qarshi uch marta yurish qilgan. 1395- yildagi uchinchi yurishda To`xtamishxonning qo`shinini to`la tor-mor etgan. XV asrda Sibir, No`g`oy, Qozon, Qrim, Qozoq va Astraxan xonliklari ajralib chiqdi.Oltin o`rda XVI asr boshlariga kelib butunlay barham topdi.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin