Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə128/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga savollar beriladi.
1.Oltin Orda xonligi qay tariqa vujudga keldi?
2.Oltin O`rda boshqaruv tizimi haqida gapirib bering.
3.Oltin O`rda xonligida qanday soliq va majburyatlar joriy qilingan?
4.Oltin O`rda yuritgan tashqi siyosat haqida gapirib bering.
5.Amir Temur va Oltin O`rda haqida gapirib bering.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Iqtisodiy taraqqiyot. 2.Shaharlar va hunarmandchilik. 3.Mo`g`ullar istilosi. 4.Min sulolasi boshqaruvi. 5.Xitoy XV asrda.
Sun sulolasihukrtidorlari qanchalik urinmasin, mamlakat tarqoqligiga barham bera olmagan. Aksincha, u tobora kuchayib borgan. Natijada Xitoy amalda to`rtta davlatga bo`linib ketgan. Buning ustiga ko`chmanchi xalqlar hujumi ham imperiyani qiyin ahvolga solib qo`ygan. Oqibatda u zaiflashgan. Bu omil mo`g`ullar istilosini muqarrar qilib qo`ygan. Mo`g`ullar bosqini va uning oqibatlari. 1211- yilda mo`g`ullar Xitoyga hujum qilgan. Tez orada Shimoliy Xitoy bosib olingan. 1215yilda Pekin shahri egallangan. Mo`g`ullar Xitoyni to`la bosib olish uchun qariyb 70 yil vaqt sarflaganlar. Nihoyat, 1279- yilda Xitoy to`la bosib olingan. Bu bosqinchilik Chingizxonning nabirasi Xubilay (Tuluning o`g`li) tomonidan amalga oshirilgan. Oqibatda Sun imperiyasi barham topgan. Shu tariqa Xitoyda mo`g`ullar sulolasi hukmronligi o`rnatilgan. Bu sulola yuan sulolasi deb atalgan. Mo`g`ullar istilosi Xitoyga ham xarobalik keltirgan. Istilochilar Xitoy yerlarini o`z mollari uchun yaylovlarga aylantirganlar. 1351- yilda Xitoyda mo`g`ullarzulmigaqarshi qo`zg`olon ko`tarilgan. Qo`zg`olonchilarning asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Bu qo`zg`olon tarixga ,,qizil peshanabog`liklar" nomi bilan kirgan. Qo`zg`olonga rohib Chju Yuan Chjan rahbarlik qilgan. Qo`zg`olonchilar 1368- yilda Pekin shahrini ishg`ol qilganlar. Qo`zg`olon natijasida mo`g`ullar sulolasi hukmronligi barham topgan. Chju Yuan Chjan imperator deb e'lon qilingan. U Xitoy tarixida min sulolasi deb atalgan sulola hukmronligiga asos solgan. Minlar 1644- yilgacha hukmronlik qilganlar.
Dehqonchilik va hunarmandchilikning taraqqiy etishi tashqi savdoning rivqjlanishiga sabab bo`lgan. Xitoyda tibbiyot ilmi ham rivojlangan. Chunonchi, Xitoy tibbiyoti kishilarni chechak kasalligiga qarshi emlashni kashf etganligi buning yorqin dalilidir. Xitoyda tarix ilmiga ham katta e'tibor berilgan. Bu xitoylarning o`z mamlakatlari tarixiga qiziqish bilan qarashlari natijasi edi. Xitoylarning bu qiziqishlari ularning: ,,O'tmish - kelajakning ustozi, shuning uchun o`tmishni unutma", - degan maqolida o`z ifodasini topgan edi. Imperatorlar tarix uchun barcha davlat hujjatlarining saqlanishiga alohida e'tibor berganlar. Xitoyda geografiya fani ham taraqqiy etgan. 62 kema va 30 ming dengiz harbiy jangchisidan iborat Xitoy harbiy dengiz floti yetti marta (1405 - 1433) harbiy dengiz ekspeditsiyasi uyushtirgan. Ularga admiral Chjan Xe qo`mondonlik qilgan edi. Bu ekspeditsiyalar natijasida Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyo dengiz sohillarining mukammal xaritalari tuzilgan.


Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin