I.Tashkiliy qism:Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash 1. Xaritadan uchta slavyan qabilalari guruhlari yashagan hududlarni topib ko‘rsating. 2. Slavyanlar xo‘jalik mashg‘ulotlarini sanab bering. 3. Slavyanlar xo‘jaligi, ijtimoiy tuzum va dinlarida qanday o‘xshashlik hamda tafovutlar mavjud? 4.Bolgariya kimining davrida o‘z taraqqiyoti cho‘q qisiga chiqadi? 5. Knyaz Vatslav Chexiya davlati tarixida qanday o‘rin tutgan? 6. Polsha davlatiga kim asos solgan? III.Yangi mavzu bayoni: Sharqiy slavyanlar joylashuvi, ijtimoiy tuzumi. Sharqiy slavyan qabilalari: drevlyanlar, rodimichlar, tiverlar, dregovichlar, vyatichlar, sevoryanlar va hokazolar ilk o‘rta asrlarda Dnepr daryosi havzasida yashaganlar. Keyinchalik aynan shu qabilalar birlashuvidan Kiyev Rusi davlati vujudga kelgan.Arxeologlar slavyanlarning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganliklarini qazishmalardan topilgan mehnat qurollari, kulolchilik buyumlari, jez va kumushdan yasalgan zeb-ziynatlar orqali aniqlashgan. Vizantiyada VIII asrda yozilgan «Ziroatchilik qonunlari»ga ko‘ra, qishloq jamoasining a’zolari — erkin dehqonlarning yerlari alohida bo‘lib, ular bug‘doy, tariq, arpa va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Qabilalar hayotiga oid muhim masalalar xalq yig‘ini — «veche»da muhokama etish bilan hal qilingan. Slavyanlar yo‘lboshchilari — otliq drujinachilar faqat o‘z hududlarini himoya qilibgina qolmay, qo‘shni o‘lkalarga yurishlar ham uyushtirishgan. Davlatning tashkil topishi. Yilnomalarda yozilishicha, Sharqiy slavyan qabilalari varyaglarga (skandinaviyalik nor- mannlarga) elchi jo‘natib, ulardan o‘zlariga knyaz yuborishlarini so‘raydi. Bu taklifga binoan uch aka-uka: Ryurik, Sineus va Truvorlar Rusga kelib, Ryurik Novgorodda, Sineus Beloozeroda, Truvor Izborskda knyazlik qiladilar. Ko‘p o‘tmay ukalari vafot etib, Ryurik yakka hukmronlik qila boshlaydi.
Ryurikning vafotidan so‘ng, o‘g‘li Igor yosh bo‘lganligi sababli hokimiyat uning qarindoshi Olegga o‘tadi. Uning boshqaruvi davrida Kiyev Rusi tarixida muhim voqealar bo‘lib o‘tadi. Oleg 882-yilda o‘z lashkari bilan Kiyevni egallab, ayni paytda Kiyev Rusi nomini olgan davlatga asos soladi. Oleg va keyingi knyazlarning asosiy vazifalari: Xazar xoqonligi zulmidan ozod bo‘lish, sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirishni davom ettirish, tashqi dushmanlardan davlat chegaralarini asrash, Vizantiya bilan manfaatli savdo munosabatlarini o‘rnatishdan iborat bo‘ladi. Slavyan qabilalarini birlashtirish siyosati shimolda Ladoga ko‘lidan, janubda Dneprning quyilishigacha yerlarning Oleg qo‘lida to‘planishiga imkon beradi. Oleg Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzadi. Unga ko‘ra, Rus savdogarlariga Vizantiyada bojsiz savdo qilishga ruxsat beriladi.
Igor o‘z knyazligini (912—945) ko‘chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urushdan boshlay- di. Tuzilgan shartnoma Konstantinopol tomonidan bajarilmaganligi tufayli Igor Vizantiyaga qarshi ikki marta yurish qiladi. Natijada Vizantiya jangsiz tinch- lik shartnomasini tuzib, katta o‘lpon to‘laydi.
Igor 945-yilda drevlyan qabilalari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lganidan so‘ng, uning rafiqasi Olga o‘g‘li Svyatoslav balog‘atga yetgunicha boshqargan. URus mavqeini hukmdori Olga harbiy yurishlar, istilolar bilan emas, mohirona diplomatiya orqali yuksaltirishga intilgan. Olga X asrning 50-yillari o‘rtalarida Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qiladi. Lekin Olganing o‘g‘li Svyatoslav yangi dinni qabul qilishdan bosh tortadi.
Xazarlarga qarshi kurash. Yilnomalarda yozilishicha, Svyatoslav 964-yilda 22 yoshida knyazlik taxtiga o‘tir- gach, Sharqqa yurish boshlagan. Svyatoslav Itil (Volga) va Don daryolari oralig‘ida tashkil topgan Xazar xoqonligini mag‘lub etib, uning poytaxti Itil shahrini egallagan. Keyinchalik Svyatoslav Bolgariyaga, ko‘chmanchi bijanaklarga, Vizantiyaga qarshi urushlar olib borgan.
Xristianlikning qabul qilinishi.
Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash so‘ngida Vladimir (980—1015) taxtni egallaydi. Dastlab u slavyan qabilalarining isyonini bosti- rib, Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdira- di. Shundan so‘ng knyaz Dunay bo‘ylarida yashagan bulg‘orlarga qarshi harbiy yurish uyushtiradi.