I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga tushunchalar tahlili topshirig`I beriladi. Bunda o`quvchilar atamalarni izohini yozadilar.
Levant -
Tovar xo`jaligi -
Ganza -
Bank -
Faktoriya -
Yarmarka -
Marko Polo -
Birja -
Doskada va daftarda topshiriqni bajargan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.O`rta asr shaharlari. 2.Shaharlar hayoti. 3.Hunarmandchilik. 4.Savdo.
Osiyoda shaharlar Yevropadagi kabi alohida mustaqil shahardavlatlarga aylanmagan. Ularni davlat hukmdori tomonidan tayinlangan amaldor boshqargan. Shaharning barcha boshqaruv tashkilotlari davlat hokimiyatiga bo`ysungan.
XI-XV asrlarda Xitoyning Chan'an, Loyan, Xanchjou; Yaqin Sharqning Qohira, Damashq va Bag`dod; o`rta Osiyoning Samarqand va Buxoro; Yaponiyaning Kamakura, Kioto va Osaka, Hindistonning Dehli kabi shaharlari Osiyoning eng yirik shaharlari edi.
XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Samarqand shahri har tomonlama yuksaldi. U Temur davlati poytaxti sifatida jahonga mashhur bo`ldi.
Samarqand o`zining go`zalligi tufayli ,,sayqali ro`yi zamin", ya'ni ,,dunyoning husni" deb ta'riflangan.Buxoro esa islom dini markazi sifatida ulug`langan.