Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish


Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə95/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

  • Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga jadval to`ldirish topshirig`I beriladi.

Daxshatli sud kitobi

Buyuk ozodlik xartiyasi



















Jadvalni to`g`ri to`ldirgan o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Angliya yuz yillik urushlar davrida. 2.Uot Teyler qo`zg`oloni 3.Angliya XV asrda.
Angliyada dexqonlar kurashi XII-XIII asrlardan kuchayadi. Ularning 1 qismi o’z xo’jayinlaridan qochib o’rmonlarda yashaganlar. Qochoqlar birlashib feodallar, yepiskoplar, amaldorlar, qirol sudyalariga xujumlar uyushtirganlar. Ularni axoli qo’llab-quvvatlagan. XIV asrda xalq og’zaki ijodining sevimli qaxramoniga aylangan Robin Gud siymosi ana shu boylarning dushmani, ezilgan mexnatkash xalqning ximoyachisi sifatida tasvirlanadi.
Genrix II (1154-1189) qirolligida Angliyada moliya va xarbiy isloxotlar o’tkazildi. Baronlar xarbiy xizmat o’rniga xazinaga «qalqon puli» solig’i to’lashiga ruxsat berildi. Bu qirolga muntazam Yollanma qo’shin tuzish imkonini berdi.
Normandlarning maxalliy angl-sakslar bilan aralashishi ma’lum muddatni talab etgan. Qirollar XII asr davomida xalqqa «fransuzlar va inglizlar» deb murojaat qilganlar. etnik va til borasidagi farqlar XII asr oxiridan Yo’qola boshlaydi.
«Buyuk ozodlik xartiyasi». Genrix II ning vorislari davrida mamlakatda qirol siyosatidan norozi zodagonlar, xukmdorning o’g’illari boshchiligida qo’zg’olonlar bo’lib turgan. SHunday kurashlar Ioann (1199-1216) qirolligi paytida yanada kuchayadi. O’z kuchiga ishongan qirol gunoxkor xisoblangan baronlarning mulklarini tortib olgan, vassallaridan katta to’lovlar talab etgan. Natijada, bu siyosat barchani qirolga qarshi qilib qo’yadi.
Baronlar, ritsarlar va shaxarliklar ko’magida 1215-yilning baxorida isYon ko’taradilar. Poytaxt London axolisi qo’zg’olonchilarga darvozalarni ochib beradilar. Qirol «Buyuk ozodlik xartiyasi» nomini olgan xujjatni imzolashga majbur bo’ladi.
Uning asosiy moddalari baronlar va ruxoniylar manfaatini ifodalagan. Qirol cherkovning erkin saylovlariga rioya qilishni, vassallardan odatdagidan ko’p to’lovlar olmaslikni, baronlarni qamamaslik, ularning mol-mulkidan maxram etmaslik shartlarini qabul qiladi.
Yorliq 63-moddadan iborat bo’lib, ritsarlar va erkin dexqonlarga xam ayrim engilliklarni beradi. Xususan, ulardan belgilanganidan ko’p xizmat va to’lovlar olish taqiqlanadi. Xujjatda erkin kishilarga qirol amaldorlari o’zboshimchaliklari va qo’shimcha jarimalardan ximoya vada qilingan. Lekin unga amalda to’liq rioya qilinmagan.



Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin